50sm uzunlikdagi ipga osilgan sharcha quyi holatidan 20sm balandlikka og`dirilib qo`yib yuboriladi. Sharchaning harakati davomida ipdagi maksimal taranglik kuchi minimal taranglik kuchidan necha marta katta bo`ladi?
Cho`zilmaydigan yengil ipga og`ir sharcha osilgan. Sharchani muvozanat vaziyatidan qanday burchakka og`dirilib qo`yib yuborilganda ipdagi maksimal taranglik kuchi minimalidan 4 marta katta bo`ladi?
Sharcha uzunligi 2m bo’lgan yengil cho'zilmas ipda osilib turibdi. Sharchaga gorizontal yo’nalishda qanday eng kichik tezlik berilganda sharcha vertikal tekislikda to'liq aylanib chiqadi? g=10m/s2.
Massasi 1.3kg bo’lgan sharcha yengil cho’zilmas ip yordamida vertikal tekislikda aylanmoqda. Ipning maksimal taringlik kuchi minimal taranglik uchiga nisbatdan qanchaga farq qiladi? g=10m/s2.
Uzunligi 1m bo’lgan ipning bir uchiga sharcha ilingan va sharcha vertikal tekislikda ipning ikkinchi uchi qotirilga gorizontal o’q atrofida aylanmoqda. Sharchaning yuqori nuqtadagi tezligi 5m/s ga teng bo’lsa, ipning pastgi uqtadagi taranglik kuchi yuqori nuqtadagi taranglik kuchidan necha marta katta? g=10 m/s2.
Massasi 0,5kg bo’lga tosh uzunlgi 0,5mbo’lgan ipga bog’langan holatda vertikal tekislikda erkin aylana oladi. Ipning ing pastdagi taranglik kuchi 45N ga teng. Agar ip toshning tezligi vertikal yuqoriga yo’nalgan paytda uzilgan bo’lsa, aylananing eng quyi nuqtasidan boshlab hisoblaganda tosh qanday balandlikga ko’tariladi? g=10m/s2.
Gorizontal o’q atrofida aylana oladigan yengil sterjin uchlariga massalari 0,5kg bo'lgan yuklar ilingan. O’q sterjinni 1:3 nisbatda bo’ladi. Sterjin gorizontal holatga keltirildi va qo’yib yuborildi. Sterjin vertikal holatni egalagan vaqtda sterjin o’qqa qanday kuch bilan tasir ko’rsatadi? g=10m/s2.
Vazinsiz sterjin uchiga massasi 3kg bo'lgan yuk o’rtasiga massasi 4kg bo'lgan yuk ilingan va sterjin ikkinchi uchi orqali o’tadigan gorizontal o’q atrofida aylana oladi. Sterjin yuqori vertikal holatga keltirildi va qo’yib yuborildi. Sterjin pastgi nuqtadan o’tayotgan vaqtda u o'qqa qanday kuch bilan tasir ko’rsatadi? g=10m/s2.
Katta bo’lmagan jism yarimsferaning yuqori nuqtasidan ishqalanishsiz toyishni boshladi. Yarimsfera asosidan qanday balandlikda(sm) jism yarimsferadan uzuladi. Yarimsferaning radiusi 0,75m.
Katta bo’lmagan jism balandligi 6m bo’lgan qiya tekislikdan radiusi 3m bo’lgan ''o'lik sirtmoq''ga o’tmoqda. Jism sirtmoq asosidan qanday balandlikda sirtmoqning ichki yuzasidan ajraladi. Ishqalanish kuchini hisobga olmang.
Jism qiya tekislikdan radiusi 2m ga teng bo’lgan ''o’lik sirtmoq''ga o’tmoqda. Jism kamida qanday balandlikdan tushganda u sirtmoqni to’liq aylnib chiqadi? Balandlkni sirtmoq asosidan boshlab hisoblashni boshlang. Ishqalanishni hisobga olmang.
Katta bo’lmagan aravacha vertikal tekislikda aylana olish imkonini beruvchi eng kichik balandlikdan tushib 2m radiusli o’lik sirtmoqdan o’tmoqda. Sirtmoq asosidan qanday baladlikda aravaning relslarga beradigan bosim kuchi aravaning og’irlik kuchidan 3/2 marta katta bo’ladi? Ishqalanishni hisobga olmang.
Ingichka ipga sharcha ilinib vertikalga nisbatda 900ga og’dirildi va qo’yib yuborildi. Osilish nuqtasiga nisbatdan necha santimetr pastdagi nuqtaga mix qoqilsa ip mixga urilgandan so’ng uzilib ketadi? Tinch holatda ip sharchadan 8 marta og’ir yukni ko’tara oladi. Ipning uzunligi 0,63m.
Uzunligi 75sm bo’lgan ip unga ilingan sharcha bilan 900 ga og’dirildi va qo’yib yuborildi. Osilish nuqtasidan vertikal bo’ylab qanday eng kichik masofada(sm) mix qoqilsa, sharchaning keyingi harakati davomoida ip har doim tarang turadi?
Uzunligi 54sm bo’lgan ipga sharcha bog’lab 900 ga og’dirilib qo’yib yuborildi. Ip osilish nuqtasidan vertikal bo’ylab 27sm pastda qoqilgan mixga urulib harakatlanishni boshladi. Eng pastgi nuqtadan boshlab hisoblaganda shar ko’pi bilan qanday balandlikga chiqadi(sm)?