Fizikadan masalalar to’plami


§. Impulsning o’zgarishi va o’rtacha kuch



Download 1,64 Mb.
bet41/112
Sana24.06.2022
Hajmi1,64 Mb.
#700428
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   112
Bog'liq
FIZIKADAN MASALALAR TO\'PLAMI.

20§. Impulsning o’zgarishi va o’rtacha kuch.



  1. Zambarakdan snaryad 600 ms tezlik bilan uchib chiqdi. Agar poroxning snaryadga ko’rsatadigan o’rtacha bosim kuchi 2700 kN ga teng bo’lsa va snaryad zambarak stvoli ichida 0,002 s harakatlangan bo’lsa, snaryadning massasi nimaga teng?


  1. Massasi 100 g bo’lgan koptok 2 ms tezlik bilan uchib ketayotgan vaqtda ushlab olindi. Agar ushlash vaqti 0,02 s bo'lgan bo’lsa, koptokning qo’lga ko’rsatadigan o’rtacha kuchi nimaga teng?


  1. Massasi 1000 kg bo’lgan bolg’a sandonga 1,8 m balandlikdan tushdi. Urilish vaqti 0,1 s. Urilish noelastik bo’lgan bo’lsa, bolg’aning sandonga ko’rsatadigan o’rtach bosim kuchi nimaga teng(kN). g =10m/s2


  1. Massasi 20 g bo’lgan shar 5 ms tezlik bilan tushayotib og'ir po’lat plastinaga urilib undan dastlabki yo’nalishiga qarama-qarshi tomonga o’shanday tezlik bilan qaytdi. Agar urilish vaqti 0,01 s ni tashkil qilgan bo’lsa, sharning plastinaga ko’rsatayotgan o’rtacha bosim kuchi nimaga teng? Urilish vaqtida sharga tasir etayotgan og’irlik kuchini hisobga olmang.




  1. Po’lat sharcha 0,2 m balandlikdan tushib undan qaytib yana o’sha balandlikga ko’tarildi. Agar urilish vaqti 0.04 s bo’lsa, urilish vaqtida sharchaning plastinaga ko’rsatadigan o’rtach bosim kuchini toping. Shar massasi 0.1 kg. g =10m/s2




  1. Po’lat sharcha stolning gorizontal joylashgan sirtiga 45 sm balandlikdan tushib unda qaytib yana 20 sm balandlikga ko’tarildi. Sharning massasi 20 g. Agar urilish vaqti 10-4 s ni tashkil qilgan bo’lsa, urilish vaqtida sharning stolga ko’rsatadigan o’rtach bosim kuchi nimaga teng? Urilish vaqtida og’irlik kuchini hisobga olmang. g =10m/s2


  1. Massasi 300 g bo’lgan koptok devorga 20 ms tezlik bilan urilgandan so’ng dastlabki yo’nalishiga to’g’ri burchak ostida 15 ms tezlik bilan qaytadi. Agar urilish vaqti 0,05 s ni tashkil qilgan bo’lsa, sharchaning devorga ko’rsatadigan bosim kuchi nimaga teng?


  1. Massasi 0,5 kg bo’lgan shar poldan urilib qaytishdan oldin, vertikal bilan 600 burchak tashkil qilgan 10 ms tezlikka ega bo’lgan bo’lsa, urilish vaqtida sharning polga ko’rsatadigan o’rtacha bosim kuchini toping. Urilish vaqti 0,1 s ga teng. Urilish absolyut elastik bo’lgan deb hisoblansin. g =10m/s2




  1. Massasi 40 g bo’lgan po’lat sharcha gorizontal yo’nalishda 20 ms tezlik bilan uchayotib gorizont bilan 300 burchak tashkil qilgan qiyatekislikka urildi. Agar urilishni absolyut elastik deb hisoblansa va urilish vaqti 0,01 s bo'lgan bo’lsa, shar va tekislik orasidagi o’rtacha tasir kuchini toping. Urilish vaqtida og’irlik kuchini etiborga olmang.


  1. Quroldan o’q uzish vaqtida qurolning yelkaga ko’rsatadigan o’rtcha bosim kuchini aniqlang. O’qning massasi 10 g va o'q quroldan 300 ms tezlik bilan uchib chiqadi. Bir daqiqada qurol 300 marta o’q uzadi.


  1. Massasi 2 Т bo’lgan raketa pastga tezligi 1250 ms ga teng bo’lgan gaz chiqargan holatda havoda ,,osilib’’ turgan bo’lsa, raketadan 1 s ichida chiqadigan gazning massasini toping. g =10m/s2


  1. Massasi 1 Т bo’lgan raketa yuqoriga qanday tezlanish bilan ko’tariladi agar u har soniyada 10 kg qizigan gazni 1500 ms tezlik bilan chiqarsa? g =10m/s2


  1. Massasi 3 Т bo’lgan raketa yerdan 1600 km balandlikda 5,6m/s2 tezlanish bilan ko’tarilmoqda. Raketadan 1 s ichida chiqadigan gazning massasini aniqlang agar chiqayotgan gazning tezligi 1800 ms bo'lgan bo'lsa? Yerning radiusi 6400 km. g =10m/s2


  1. Massasi 5 Т bo’lgan raketa chuqur koinotda 6 km/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Raketa burilishi uchun uning yon dvigatellari ishga tushdi. Yon dvigatellardan chiqayotgan gazning tezligi 2 km/s ga teng va gaz sarfi 10 kg/s ga teng bo’lsa, burilishni aylana bo’ylab bo’layapti deb hisoblab burilishning egrilik radiusini toping(km).


  1. Massasi 4 Т bo’lgan raketa radiusi yer radiusidan ikki marta katta bo’lgan aylana orbitaga ko’tarildi. Manyovr vaqtida raketa o’sha orbita bo'ylab o'zining tezligiga nisbatdan ikki marta katta tezlik bilan harakatlangan. Raketa bunday harakat qilishi uchun undan har sekundda qanday massali gaz chiqishi kerak agar uchib chiqayotgan gazning tezligi 1500 ms ga teng malum bo’lsa. g =10m/s2


  1. Atmosferaga ega bo’lmagan sayoraga qo’nish uchun raketa uni kichik balandlikda o’chirilgan dvigatellar bilan aylanib chiqadi. So’ngra raketa tezligini kamaytirishni boshlaydi va tezligini 20% ga kamaytirgan paytda dvigatellar ishlashni boshlaydi va gaz sarfi 3 kg/s ni tashkil qiladi. Raketaning tezligi yana ikki marta kamaygan vaqtda raketa dvigatellarining yoqilg'i sarfi nimaga teng bo’ladi(kg/s)? Gaz har doim raketadan bir xil tezlik bilan uchib chiqadi.


  1. Vertikal devorga katta tezlikli ingichka suv oqimi perpendikulyar holatda urilmoqda va urilishdan so'ng pastga oqib tushmoqda. Agar suv oqimining ko’ndalang kesim yuzasi 5 sm2 ga va tezligi 8 ms ga teng bo’lsa, uning devorga ko’rsatayotgan kuchini aniqlang.


  1. Sakrashga tayyorlanayotgan ilon yerdan boshini 10 sm/s tezlik bilan ko’taradi. Agar ilonning massasi 2 kg va bu massa uning butun uzunligi bo’yicha bir xil taqsimlangan bo’lsa, ilonning bu vaqtda yerga ko’rsatayotga bosim kuch necha millinyutonga ortadi. Ilonning uzunligi 80 sm.


  1. Massasi 200 g bo’lgan ingichka zanjirni bir uchidan shunday ko’tarib turilibdiki bunda uning ikkinchi uchi stolga tegib turibdi. Zanjirni qo’yib yuborilgandan so’ng, uning har bir qismi erkin tushayapti deb hisoblab, zanjirning yarimi hali havoda bo’lgan vaqtda zanjirning stolga ko’rsatayotga bosim kuchini aniqlang. g =10m/s2




Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish