2-masala
Qo‘zg‘almas blok orqali o‘tkazilgan arqonning uchlariga 50 g va 75 g li yuklar osilgan. Arqon va blok massasi hisobga olinmaydigan darajada kichik. Arqonni cho‘zilmas deb olib, yuklarning harakatlanish tezlanishini va arqonning taranglik kuchini toping. (Javobi: 1,96 m/s2; 0,6 N).
3-masala
Arava ustida suyuqlik quyilgan idish qo‘yilgan. Arava gorizontal yo‘nalishda a tezlanish bilan harakatlanmoqda. Suyuqlik sirti barqaror holatda bo‘lganida, gorizont bilan qanday burchak tashkil qiladi? (Javobi: α = tgα).
4-masala
O‘zgarmas kuch ta’sirida harakat boshlagan jism birinchi sekundda 0,5 m yo‘l bosdi. Agar jismning massasi 25 kg bo‘lsa, ta’sir etuvchi kuch nimaga teng? (Javobi: 25 N).
Do'stlaringiz bilan baham: |