7-masala
Massasi 0,5 kg bo‘lgan jism 4 m/s tezlikda yuqoriga vertikal otildi. Jism maksimal balandlikka ko‘tarilishida og‘irlik kuchining ishini, potensial energiyasining va kinetik energiyasining o‘zgarishini toping. (Javobi: 4 J; 4 J; – 4 J).
8-masala
Massalari 1 kg va 2 kg bo‘lgan noelastik sharlar bir-biriga tomon, mos ravishda, 1 va 2 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. To‘qnashgandan keyin sistema kinetik energiyasining o‘zgarishini toping (Javobi: 3 J).
9-masala
Massasi 15 t bo‘lgan trolleybus joyidan 1,4 m/s2 tezlanish bilan qo‘zg‘aldi. Qarshilik koeffi tsiyenti 0,02. Dastlabki 10 m yo‘lda tortish kuchi bajargan ishni va qarshilik kuchi bajargan ishni toping. Bunda trolleybus qancha kinetik energiya olgan? (Javobi: 240 kJ, – 30 kJ, 210 kJ).
Do'stlaringiz bilan baham: |