Fizikada izchillik prinsipining paydo bo’lishi va rivojlanishi



Download 158,4 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.07.2022
Hajmi158,4 Kb.
#833346
Bog'liq
188-Article Text-579-1-10-20201018



FIZIKADA IZCHILLIK PRINSIPINING PAYDO BO’LISHI VA 
RIVOJLANISHI 
Ashirboyeva M., Ashurmatov R. 
rustamjon1395@mail.ru 
Toshkent kimyo texnologiyalari instituti Yangiyer filiali 
 
Annotatsiya
: Uzluksiz ta’lim tizimida fizika o’qitishda izchillik prinsipini 
qo’llash, uning metodologik va didaktik asoslarini aniqlash hamda ushbu prinsipni 
fizika o’qitish sifatini oshirishdagi rolini ko’rsatib berishdan iborat. 
Kalit so’zlar
: izchillik prinspi, falsafiy kategoiya, inkor qonuni, moddiy ob’ekt, 
kumulyativ, fizik parametr, empirik umumlashtirish, integratsiya 
 
THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF THE PRINCIPLE OF 
TRACK IN PHYSICS 
 
Ashirboyeva M., Ashurmatov R. 
rustamjon1395@mail.ru 
Yangiyer branch of the Tashkent Institute of Chemical Technology 
 
Abstract: 
It consists of the use of the continuous principle in the teaching of 
physics in the system of continuing education, the determination of its 
methodological and didactic bases, and the demonstration of the role of this principle 
in improving the quality of teaching physics. 
Keywords
: principle of consistency, philosophical category, law of negation, 
material object, cumulative, physical parameter, empirical generalization, integration 
Izchillik prinsipining metodologik asoslarini aniqlash uchun, uning falsafiy 
mohiyatini qarab chiqaylik. Falsafa tarixida izchillikka birinchi dialektik 
yondoshishni Gegel amalga oshirgan. U inkorni inkor qonunini ishlab chiqish 
jarayonida shuni ko‘rsatganki, inkor qilish eskini butunlay yo‘qotish emas, uning 
ma’lum qismi har doim saqlanib qoladi va u keyingi rivojlanishga asos bo‘ladi [1].
 
G.N.Isaenko izchillikni falsafiy kategoriya sifatida tahlil qilib, quyidagicha 
ta’riflaydi: «Izchillik falsafiy kategoriya bo‘lib, u har qanday rivojlanish jarayoniga 
tegishlidir, natijada yangi sharoitga mos tarzda rivojlanayotgan ob’ektga taalluqli 
ayrim jihatlar o‘zgargan holda o‘tadi, yangi sharoitga mos kelmaydiganlari tashlab 
yuboriladi» [2]. A.V.Timofeeva izchillikni tahlil qilib, uni inkorni inkor qonunini 
namoyon bo‘lishi deb qarab, shuni ko‘rsatdiki, «rivojlanishdagi izchillik yangi bilan 
eskini bog‘lanishida o‘zini namoyon qiladi, inkor qilinayotgan eskining ijobiy 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
49
www.openscience.uz


tomonlarini saqlab qolish - umumiy jarayondir, u tabiatda ham, jamiyatda ham va 
taffakurda mavjuddir» [3]. 
To‘laqonli tarzda izchillik falsafiy kategoriya sifatida E.A. Baller ishlarida o‘z 
aksini topgan, u izchillikka quyidagicha ta’rif bergan: «Izchillik turmush va 
bilishning turli bosqichlari orasidagi bog‘lanish bo‘lib, uning mohiyati shundan 
iboratki, u hozirgi ahvolni o‘tmish va kelajak bilan bog‘laydi, natijada yaxlitlikni 
ta’minlaydi» [4]. Shunday qilib zamonaviy falsafada rivojlanishdagi izchillik aniq 
tushuncha bo‘lib, u moddiy ob’ektning rivojlanish jarayonida yangida eskining 
muhim elementlarini saqlanib qolishini ko‘rsatadi. 
Izchillik faqatgina alohida fanlarga tegishli bo‘lmasdan, ularning tizimiga ham 
taalluqlidir. Turli fanlarning falsafiy asosiga tegishli izchillik mavjud bo‘lib, bu esa 
yagona umumilmiy dunyoqarash va metodologiya bilan ta’minlaydi. Ilmiy bilishning 
rivojlanishidagi izchillik uning integratsiyasidagi asosiy yo‘nalishni ko‘rsatadi, ammo 
izchillikni tushunishda turli qarashlar mavjud, shuning uchun ham ushbu mavzu 
zamonaviy fanlarga tegishli fundamental metodologik muammolardan hisoblanadi. 
Fanning rivojlanishida ob’ektiv xaqiqatlarni to‘plash konsepsiyasiga kumulyativ 
deyiladi. Ammo bu so‘z o‘zining tom ma’nosiga fanda unchalik to‘g‘ri kelmaydi, 
chunki fanning rivojlanish bosqichlarini to‘laqonli aks ettirmaydi, chunki 
nazariyalarni rivojlanishi jarayonida ayrim noto‘g‘ri konsepsiyalar tashlab yuboriladi. 
Bunga misol qilib, teplorod nazariyasini yoki efir tushunchasini ko‘rsatish mumkin. 
Yuqoridagi tahlilga ko‘ra, izchillik g‘oyasi bilishni tarixiy rivojlanishi 
jarayonida o‘zgarib keldi. Bu masalaga fizika XX asr bo‘sag‘asida munosib hissa 
qo‘shdi. Bunga misol qilib N. Borning moslik prinsipini ko‘rsatish mumkin. Unga 
ko‘ra, yangi nazarieaning natijalaridan xususiy holda, undan oldingi nazariyaning 
natijalari kelib chiqadi. Jumladan, kvant mexanika va nisbiylik nazariyasining harakat 
tenglamalaridan xususiy holda klassik mexanikaning harakat tenglamalari kelib 
chiqadi; umumiy nisbiylik nazariyasining tenglamalaridan, xususiy xolda Nyutonning 
gravitatsiya tenglamalari; kvantoviy elektrodinamika tenglamalaridan klassik 
elektrodinamika tenglamalari kelib chiqadi. Ushbu muhim metodologik muammoni 
tadqiq qilishga I.V. Kuznetsovning qo‘shgan hissasi ulkan. Uning ishlarida birinchi 
marta matematik apparatning bog‘lanishi, klassik fizikaning bir qator tushunchalarini 
zamonaviy fizik nazariyalarga bog‘liqligi, almashinayotgan ilmiy nazariyalarda 
moslik g‘oyasinig namoyon bo‘lishi o‘z tasdig‘ini topgan. Bularning barchasi ilmiy 
bilishdagi absolyut va nisbiylik dialektikasini yanada rivojlantirdi [5].
Eski va yangi nazariyalar orasidagi farq, ayniqsa ilmiy revolyusiyalar davrida 
yaqqol ko‘rinadi. Bunga misol qilib, XIX asr oxiri XX asr boshlarida elektromagnit 
nazariyasini yaratilishida, atom tuzilishini murakkabligini kashf qilinishida, kvant 
nazariyani paydo bo‘lishida, fazo va vaqt haqidagi tasavvurlarni o‘zgarishida ko‘rish 
mumkin. Bu kashfiyotlar «fizikadagi krizis»ni yuzaga keltirdi, aslida u olamning 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
50
www.openscience.uz


mexanik manzarasining krizisi edi. Buni yuzaga kelishiga sabab, tabiatni, klassik 
fizikaning falsafiy asoslarini metafizik tushunish tufayli paydo bo‘lgan edi, jumladan, 
atomning bo‘linmasligi, massani o‘zgarmasligi, fazo va vaqtning absolyutligi va 
boshqalar. 
Shunday qilib, eski va yangi nazariyalarning taqqoslanishi, haqiqiy ilmiy va 
haqiqiy bo‘lmagan konsepsiyalarning munosabatlari bilan belgilanadi. Eski 
nazariyalarning haqiqiy mazmuniga kelsak, agar ular kuzatish va tajribada 
tasdiqlangan bo‘lsa, ularni yangi nazariya bilan har doim moslashtirish mumkin. 
Haqiqiy empirik dalillar, asosiy tushunchalar, to‘g‘ri ta’riflagan qonunlar, yangi 
nazariyadan ma’lum shartlar bajarilganda kelib chiqadi. 
Buning uchun dastlab nazariya nima ekanligini aniqlab olishimiz kerak. Ilmiy 
nazariya bilimlarning yaxlit tizimi bo‘lib, bir qator asoslarga, aniq mantiqiy tarkibga, 
prinsiplarga va qonunlarga ega. Nazariya ayrim sohaga tegishli ob’ektlar to‘g‘ri aks 
ettiradi va amaliy tadbiqqa ega bo‘ladi. Yaxlit ilmiy nazariyadan uning qismlarini va 
ularga bo‘lgan
 
yondoshishlarni farqlash kerak. Nazariyani noilmiy yoki noto‘g‘ri 
konsepsiyalar bilan chalkashtirmaslik kerak, ular faqat nazariy jihatlarni, mantiqiy 
tarkibni, dalillarga suyanishni imitatsiya qiladi. 
Har qanday nazariyaning fundamenti bo‘lib empirik dalillar, kuzatish va tajriba 
natijalari hisoblanib, ular ob’ektiv hodisalarni to‘g‘ri aks ettiradi. Dalillar doirasidagi 
izchillik ularning to‘planish yo‘nalishida borib, yanada aniqlik darajasi ortadi, qayta 
kuzatishlar asosida tekshiriladi. Yangi haqiqiy bilimlarning mazmuni to‘g‘risida 
gapirganda shuni aytish lozimki, gap ularning 
ODDIY 
arifmetik yig‘indisi ustida 
ketmasligi kerak. Bunday jarayon tufayli turli fizik parametrlar va doimiyliklar 
yanada aniqroq topiladi. 
Nazariya va dalillar orasida teskari aloqa ham mavjud. Nazariyaning mazmunini 
empirik dalillarga bog‘liqligiga hech qanday shubxa yo‘q. Ammo, dalillarni 
tushunish darajasi nazariyaga bog‘liq bo‘lib, unga diqqatni va qabul qilishga 
tayyorgarlikni shakllantiradi. Agar nazariy yo‘nalishlar bo‘lmasa, empirik natijalar 
dalil sifatida qabul qilinmasligi ham mumkin. Ushbu fikrni tarixiy dalillar isbotlaydi, 
chunki noto‘g‘ri nazariy kotsepsiyalarini tasdiqlaydigan dalillar ham uchraydi. 
Empirik umumlashtirish xali nazariya degani emas. Chunki dalillar dastlab 
bayon qilinishi, so‘ngra ular nazariy jihatdan tushuntirilishi tufayli, yuqori darajadagi 
umumlashtirishga erishiladi. 
Bir qator fanlarda empirik dalillarni to‘plash uchun fundamental nazariyalar jalb 
qilinadi. Ko‘p hollarda fizik nazariyalar asosida ximiyaviy, biologik va boshqa 
hodisalar nazariy jihatdan tushuntiriladi. Bunga o‘xshash jarayonlar ilmiy bilimlarni 
rivojlanishidagi izchillikni ko‘rsatib, hodisalarni asoslashga va tushuntirishga xizmat 
qiladi. 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
51
www.openscience.uz


Nazariyaning asosiy prinsiplarini metodologik rolini ham ko‘rsatish kerak. 
Prinsip - ilmiy qonunni metodologik jihatdan qayta ta’riflash hisoblanadi. U, ayrim 
hodisani qayta tushunishni, uni o‘rganishga qanday yondoshishni ishlatilayotgan 
qonunning mazmuniga asoslanishni ko‘rsatadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, ayrim 
xollarda qonunni qayta ta’riflash, taqqoslash prinsipi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Bunga misol qilib I va II tur abadiy dvigatel yaratishni energiyaning saqlanish va 
aylanish qonuni hamda termodinamikaning ikkinchi qonuni taqiqlashini ko‘rsatish 
mumkin. 
Ilmiy 
bilimning 
rivojlanishidagi 
izchillikni 
amalga 
oshishini, 
ilmiy 
prinsiplarning mazmunini aniqlashdagi izchillik misolida ko‘rsatish mumkin Bu 
holda nazariy qonunlar, ularni ob’etiv haqiqatga yaqinlashish yo‘nalishida 
ta’riflanadi. Nazariy qonunlarning haqiqiylik mezoni sifatida. ularni hodisalarni 
to‘g‘ri tushuntirish qobilyati, oldindan aytib berish jihati hamda ularni amalda 
tasdiqlanishi qatnashadi. Fanning taraqqiyoti va nazariyalarning almashinishi tufayli 
hodisalarni tushuntirishdagi haqqoniylik saqlanib qoladi. Nazariyaning haqiqiylik 
mezoni sifatida, faqatgina undan kelib chiqadigan natijalarning tasdiqlanishigina 
emas, uning amalda qo‘llanishining turli shakllarining samaradorligi xizmat qiladi. 
Ishonchli empirik dalillar, qonunlar prinsiplar, gipotezalar va ishlatiladigan 
modellar nazariyaning muhim elementlari bo‘lib hissblanadi, ammo bular 
nazariyaning mazmunini to‘la qamrab ola olmaydi. Nazariya ma’lum bir mantiqiy 
tarkibga ega bo‘lib. u uning elementlarini bog‘lanishida hamda ularning ketma-
ketligida namoyon bo‘ladi. Nazariyaning mantiqiy tarkibidagi izchillik, ob’ektiv 
haqiqatni har tomonlama tushuntirishda, unga yaqinlashishda va uni amalda 
qo‘llanishini samaradorligida namoyon bo‘ladi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ilmiy bilimlarning o‘sishidagi izchillik ko‘p 
qirrali bo‘lib, bir vaqtning o‘zida u fanlar integratsiyasining muhim shakli, uning 
o‘tmishi va hozirgi holatining birligi, yangi hodisalarni tushuntirishda axborot 
almashinishi, fanlar metodologiyasining dialektik -materialistik tizimida yagona 
samarali tadqiqot metodlarini ishlab chiqish kabi jihatida namoyon bo‘ladi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Gegel. Nauka logiki, Soch. T.5. —M.: 1987
 
2.
Isaenko G.I. Kategoriya preemstvennostiv v filosofii.-M.:Nauka, 1969 
3.
Domracheev G.M., Yefimov S.F., Timofeeva A.V. Zakon otritsaniya. -M.: 
Vыsshaya shkola, 1961. -140s 
4.
Baller E.A. Preemstvennost v razvitii kulturg. —M.: Nauka, 1969 - 294s 
5.
Kuznetsev I.V. Prinsip sootvetstviya i yego filosofskoe znachenie. -M., 
1948 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
52
www.openscience.uz

Download 158,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish