112
V bob. Magnit maydon
Tok o‘tayotgan spiral shaklidagi simni iðga osib
qo‘yilsa, uning o‘qi
Yerning janub va shimol
tomoni bo‘ylab yo‘nalib qoladi. Spiralning janub
tomondagi
uchi janubiy, ya’ni S qutb, shimol
tomondagi
uchi esa shimoliy, ya’ni N qutb bo‘ladi.
Biz soddalik uchun g‘altak o‘rniga spiral shakli-
dagi tokning magnit maydonini ko‘rdik. G‘altakda
o‘ralgan aylana simlar soni spiraldagi kabi 5−10 ta
emas, balki 50−100 ta va undan ortiq bo‘ladi. Spi-
ral uchun tajriba xulosalari g‘altak
uchun ham
o‘rinlidir. Bunda spiral o‘rniga g‘altak olinganda,
magnit maydon kuchli bo‘ladi.
Bunga sabab,
g‘altakda o‘ramlar sonining ko‘pligidir.
Odatda, g‘altak plastmassali o‘zakka o‘raladi.
G‘altakni gorizontal shaklda iðga osib, undan tok
o‘tkazilsa, u magnit strelkasi
kabi Yerning janubiy
va shimoliy qutblari bo‘ylab buriladi (145-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: