110
V bob. Magnit maydon
39-§. TOKNING MAGNIT MAYDONI
Ersted tajribasi
Magnit maydonning elektr toki bilan bog‘liqligini tajribada birinchi
bo‘lib 1820-yilda
daniyalik fizik Xans Kristian Ersted (1777−1851)
aniqladi.
Ersted tajribasini o‘zimiz ham o‘tkazib ko‘rishimiz mumkin.
Buning
uchun 137-rasmda tasvirlangan zanjirni yig‘aylik.
O‘tkazgich simlaridan biri janubdan shimolga tomon tarang tortilgan
bo‘lsin. Magnit strelkasini rasmda ko‘rsatilgandek
shu simning ostiga
qo‘yaylik. Bunda strelka simning yo‘nalishida turgan bo‘ladi.
Endi kalitni ulab, o‘tkazgichdan tok o‘tkazaylik.
Shu zahoti tok
o‘tayotgan sim ostidagi magnit strelkasi 90° ga burilib, simga perpen-
dikulyar joylashib qoladi (138-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: