109
Agar ikkita magnitni bir xil qutbli tomon-
lari
bilan yaqinlashtirsak, ular bir-biridan ita-
riladi. Ularni
turli qutbli tomonlari bilan
yaqinlashtirganimizda esa ular bir-biriga
tortiladi (134-rasm).
Magnitlar orasiga temir plastina qo‘yilsa,
ular bir-biriga ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki, te-
mir material magnit maydonni to‘sadi. Lekin
mis,
alyuminiy, shisha, plastmassa kabi ma-
teriallar magnit maydonni to‘smaydi.
Yerning magnit maydoni
Kompas strelkalari yoki iðga osilgan mag-
nit janubdan shimolga tomon yo‘nalishda joy-
lashib qoladi (135-rasm).
Bunga sabab, Yer
sharining magnit maydon bilan o‘ralganidir.
Yerning magnit kuch chiziqlari shimoliy
magnit qutbdan
janubiy magnit qutb tomon
yo‘nalgan bo‘ladi (136-rasm).
Yerning
janubiy magnit qutbi (S) 75° shi-
moliy kenglik va 99° g‘arbiy
uzunlik yaqinida,
Yer sharining shimoliy geografik qutbidan tax-
minan 2
100 km uzoqlikda joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: