IV BOB YUZASIDAN MUHIM XULOSALAR
•
Ionlar orasida Kulon tortishish kuchi orqali vujudga keladigan kimyoviy
bog‘lanish ionli bog‘lanish deb ataladi.
•
Suyuqliklarda ionlarga ajraladigan va shu sababli elektr tokini o‘tkazadigan
moddalar elektrolitlar deb ataladi.
•
Elektrolitdan tok o‘tayotganda elektrodlarda modda ajralib chiqish hodisasi
elektroliz deb ataladi.
•
Faradeyning birinchi qonuni: elektroliz vaqtida elektrodlarda ajralib chiqqan
moddaning massasi elektrolitdan o‘tgan zaryadning miqdoriga to‘g‘ri
proporsional, ya’ni m = kq yoki m = kIt.
•
Elektroliz vaqtida elektrodda ajralib chiqadigan moddaning massasi shu
moddaning molyar massasiga, tok kuchiga hamda vaqtga to‘g‘ri proporsional,
valentligiga teskari proporsional.
•
Faradeyning ikkinchi qonuni: moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti shu
moddaning molyar massasiga to‘g‘ri proporsional, valentligiga teskari
proporsionaldir.
•
Elektroliz yordamida mis, alyuminiy, magniy, natriy, kaliy, kalsiy kabi
metallar ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |