IV BOB BO‘YICHA QO‘SHIMCHA SAVOL VA MASALALAR
1. Mis kuporosi eritmasi orqali tok o‘tayotganda plastinkalardan birida sof mis ajralib
chiqadi. Mis simdan tok o‘tayotganda esa mis ajralmaydi. Nima uchun?
2. Katodda sof kumush ajratish uchun kumush nitrat eritmasi orqali tok
o‘tkazilmoqda. Bunda eritmada qanday hodisalar yuz beradi? Katodda kumush ajralib
chiqish jarayonini qanday tezlashtirish mumkin?
3. Tok manbayidagi mis kuporosining eritmasi orqali 500 C miqdordagi zaryadli
ionlar o‘tgan. Qoplamalardagi kuchlanish 2 V bo‘lsa, tok qancha ish bajargan?
4. Mis kuporosi eritmasi bilan to‘ldirib, ichiga ikkita ko‘mir elektrod o‘z uzunli-
gining yarmigacha tushirilgan elektrolit vanna orqali elektr tok o‘tkazilmoqda.
Quyidagi shartlardan faqat bittasi o‘zgartirilsa, katodda bir xil kichik vaqt ichida
ajralib chiqadigan mis miqdori qanday o‘zgaradi: a) ko‘mir anod xuddi shunday
shakldagi va hajmdagi mis anod bilan almashtirilsa; b) ko‘mir katod mis katod
bilan almashtirilsa; d
) elektrodlardagi kuchlanish orttirilsa; e) o‘shanday
Do'stlaringiz bilan baham: |