O‘tkazgich sirtida zaryadlarning taqsimlanishi
Zaryadlar metall sharning sirtida bir tekis
joylashishiga ishonch hosil qildik. Lekin ixtiyoriy
shakldagi o‘tkazgich sirtida zaryadlar qanday taq-
simlanadi?
29-rasmda tasvirlangan shakldagi o‘tkazgichni
olaylik. Rasmda ko‘rsatilgandek, o‘tkazgichning turli
joylariga folga yaproqchalarini qo‘yaylik. Bunday
o‘tkazgich zaryadlanganda uning sirtidagi zaryadlar
ta’sirida yaproqchalar turlicha tarzda ochiladi.
Murakkab shakldagi yakkalangan o‘tkazgichda
elektr zaryadlari notekis taqsimlangan bo‘ladi. O‘t-
kazgichning uchli joylarida zaryadlar zich, tekis
joylarida siyrakroq, botiq joylarida esa juda siyrak
joylashadi.
«Elektr shamol»
Yakkalangan o‘tkir uchga ega sharni o‘tkazgich sim orqali elektr
zaryadlari manbayiga ulab, uni uzluksiz zaryadlab turamiz. Sharning
o‘tkir uchida zaryad eng zich ekanligi ma’lum. Sharning uchiga yonib
turgan shamni yaqinlashtiramiz. Bunda alanganing shamol ta’siridagidek
Do'stlaringiz bilan baham: |