Yo‘nalishi qaytar reaksiya – berilgan tashqi sharoitda o‘z-o‘zidan ham to‘g‘ri ham teskari yo‘nalishda sodir bo‘ladigan reaksiya.
Sistemadagi moddaning kimyoviy potensiali – berilgan sharoitda moddaning mol qiymatiga to‘g‘ri keladigan Gibbs energiyasi.
Eritma – ikki yoki ko‘p moddadan iborat o‘zgaruvchan tarkibli – muvozanat holatdagi gomogen sistema.
Eritma komponentlari – eritmani tashkil etuvchi moddalar.
Elektrolitlar eritmasi – ionlarga dissotsialanuvchi tuzlar kislotalar va asoslar eritmasi.
Elektolitlar eritmasi – ionlarga dissotsialanuvchi tuzlar, kislotalar va asoslar eritmasi.
Noelektrolitlar eritmasi – suvda qariyb dissotsiatsiyaga uchramaydigan moddadar eritmasi.
Amfolitlar eritmasi – ham kislotali ham asosli dissotsialanadigan moddalar eritmasi.
Polielektrolitlar eritmasi – tarkibiga ionlanishga qobiliyatli ko‘p miqdorda funksional guruhlar saqlovchi yuqori molekulyar birikmalar eritmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |