Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari;Dialogik yondashuv muammoli ta’lim pinbord aqliy hujum peradokslar
Adabiyotlar: A1; A3; A4 Q: ;3 Q4; Q9
Yadroviy kimyo.Radiokimyo. Atom yadrosining tarkibi,izatoplar.Radioktivlik. Radioktiv-yemirilish qatorlari.Radioktiv izatoplardan fydalanish .Sun’iy radioktivlik ,yadroviy reyaksiyalar .Yadro energitikasi.Toriy, uron , plutoniy va boshqa radioktiv elementlar kimyosi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari;Dialogik yondashuv muammoli ta’lim pinbord aqliy hujum peradokslar
Adabiyotlar: A1; A3; A4 Q: 7; Q4; Q9
3.
|
«KIMYO» FANI BO’YICHA MA’RUZA VA LABORATORIYA MASHG’ULOTLARINING TA’LIM TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI
|
O’zbekiston milliy taraqqiyotning eng mas’uliyatli bosqichi – ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning keskin burilish davrini boshidan kechirmoqda. Jamiyatimiz har bir fuqarosi XXI asri ibtidosida, ortda qolgan yillarni sarhisob qilish va kelajak hayotning turli jabhalari rejasini belgilab olish muammosiga duch kelishi o’qituvchilar zimmasiga katta vazifalarni yuklaydi. Bu borada Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti professor-o’qituvchilari o’quv fanlari buyicha yaxlit ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirish va amalga oshirish ishlarini keng qamrovli olib bormoqdalar.
Hozirgi davrda ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’limni takomillashtirish masalalarini ilgari surmoqda. «Ta’lim xalq ma’naviyatiga yaratuvchilik kayfiyatini baxsh etadi. O’sib kelayotgan yosh avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi. Kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o’tadi», - deya ta’kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining «O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lida» nomli asarida. Bugungi kunda oldimizda jahon fani va madaniyatining eng ilg’or yutuqlarini o’zida mujassamlashtirilgan, inson aql-zakovati yaratgan boyliklardan bahramand bo’lgan yangi avlodni shakllantirish vazifasi turibdi. Faqat shu asosdagina millatning taraqqiyot sari intilishini ta’minlovchi intellektual kuchni vujudga keltirish mumkin.
Inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi respublikada amalga oshirilayotgan o’zgartirishlarning bosh maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir.
Mamlakatning o’ziga xos mentalitetini hisobga olgan holda O’zbekiston tanlab olgan o’z rivojlanish modeli shunga olib keldiki, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotning taraqqiy etgan mamlakatlarda umume’tirof etilgan tamoyillari hamda me’yorlari xukmron va muqarrar xususiyat kasb etib, ular respublikaning nafaqat hozirgi holatini, balki uning taraqqiyotini belgilaydi.
Zamonaviy iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimini yaratish mamlakatni taraqqiy ettirishning eng muhim sharti hisoblanadi. Tizimning amal qilinishi kadrlarning istiqbolga mo’ljallangan vazifalarni hisobga olish va hal etish qobiliyatiga, yuksak umumiy va kasbiy madaniyatiga ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda yo’nalish ola bilish mahoratiga ega bo’lgan yangi avlodni shakllantirishni ta’minlaydi.
Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta’lim-tarbiya modelini amaliyotga tatbiq etish o’quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog’liqdir. Shu boisdan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «O’quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash» uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosqichi ta’lim jarayonidagi sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo’lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarni yechimini topib ularni amalda keng qo’llash oliy ta’lim tizimi personali oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Bunda aniq vazifalar sifatida bevosita o’quv jarayonini yaxshilash, o’quv dasturlarini yanada takomillashtirish, o’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amalga joriy qilish, texnik vositalaridan keng foydalanish va shu asosda masofadan o’qitishni keng joriy qilishdan iboratdir.
Yurtimizda iqtisodiy ta’limda o’qitish texnologiyalari, avvalo, insonparvarlik tamoyiliga asoslangandir. Falsafa, pedagogika va psixologiyada ta’kidlanganidek, bu yo’nalishning asosiy farqli tomoni shundaki, bunda butun diqqat-e’tibor talaba shaxsiga qaratiladi. Chunki, talaba – bu bo’lajak mutaxassis, u – shaxs. Shuning uchun ta’lim jarayonidagi o’qitish texnologiyalari talabaning o’ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda, mustaqil, faol bilish faoliyatini tashkil etishga qaratilgandir. Shundan kelib chiqqan holda, «Axborot tizimlari» o’quv fani bo’yicha ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlarni ko’rsatib o’tamiz:
• Ta’limning shaxsga yo’naltirilganligi. O’z mohiyatiga ko’ra bu yo’nalish ta’lim jarayonidagi barcha ishtirokchilarning to’laqonli rivojlanishini ko’zda tutadi. Bu esa Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilgan holda o’quvchining intellektual rivojlanishi darajasiga yo’naltirilib qolmay, uningning ruhiy-kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishni ham
anglatadi.
• Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam qilishi zarur: jarayonning mantiqiyligi, undagi qismlarning o’zaro aloqadorligi, yaxlitligi.
• Amaliy yondashuv. Shaxsda ish yuritish xususiyatlarini shakllantirishga ta’lim jarayonini yo’naltirish; o’quvchi faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha layoqati va imkoniyatlarini, sinchkovligi va tashabbuskorligini ishga solishni shart
qilib qo’yadi.
• Dialogik yondashuv. Ta’lim jarayonidagi ishtirokchi subyektlarning psixologik birligi va o’zaro hamkorligini yaratish zaruratini belgilaydi. Natijada esa, shaxsning ijodiy faolligi va taqdimot kuchayadi.
• Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratiya, tenglik, subyektlar munosabatida o’qituvchi va o’quvchining tengligi, maqsadini va faoliyat mazmunini birgalikda aniqlashni ko’zda tutadi.
• Muammoli yondashuv. Ta’lim jarayonini muammoli holatlar orqali namoyish qilish asosida o’quvchi bilan birgalikdagi hamkorlikni faollashtirish usullaridan biridir. Bu jarayonda ilmiy bilishning obyektiv ziddiyatlarini aniqlash va ularni hal qilishning dialektik tafakkurni rivojlantirish va ularni amaliy faoliyatda ijodiy ravishda qo’llash ta’minlanadi.
• Axborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydalanish, ya’ni o’quv jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini jalb qilish. Yuqoridagi konseptual yondashuv va «Axborot tizimlari» fanining tarkibi, mazmuni, o’quv axborot hajmidan kelib chiqqan holda o’qitishning quyidagi usul va vositalari tanlab olindi.
• O’qitish usullari va texnikasi: muloqot, keys stadi, muammoli usul, o’rgatuvchi o’yinlar, «aqliy hujum», insert, «Birgalikda o’rganamiz», pinbord, ma’ruza (kirish ma’ruzasi, vizual ma’ruza, tematik, ma’ruza-konferensiya, aniq holatlarni yechish, avvaldan rejalashtirilgan xatoli, sharhlovchi, yakuniy).
• O’qitishni tashkil qilish shakllari: frontal, kollektiv, guruhiy, dialog, polilog va o’zaro hamkorlikka asoslangan.
• O’qitish vositalari: odatdagi o’qitish vositalari (darslik, ma’ruza matni, tayanch konspekti, kodoskop)dan tashqari grafik organayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalari.
• O’zaro aloqa vositalari: nazorat natijalarining tahlili asosida o’qitishning diagnostikasi (tashxisi).
• Boshqarishning usuli va vositalari. O’quv mashg’ulotini texnologik karta ko’rinishida rejalashtirish o’quv mashg’ulotining bosqichlarini belgilab, qo’yilgan maqsadga erishishda o’quvchi va o’qituvchining hamkorlikdagi faoliyatini talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini aniqlab beradi.
• Monitoring va baholash. O’quv mashg’uloti va butun kurs davomida o’qitish natijalarini kuzatib borish, o’quvchi faoliyatini har bir mashg’ulot va yil davomida reyting asosida baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |