FANNINIG MA`RUZA MAVZULARI BO’YICHA TAYANCH KONSPEKTI VA MUSTAQIL TA`LIMGA OID TOPSHIRIQLAR
1-mavzu. «Soliq sohasida axborot tizimlari» fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Soliq xizmati organlarida axborot tizimi hamda axborot texnologiyalarining shakllanishi va huquqiy asoslari Reja: «Soliq sohasida axborot tizimlari» fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Axborot tizimlari va texnologiyalari, ularni iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda qo‗llashdagi yutuq va muammolar.
O‗zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalarini keng joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar.
Soliq tizimida axborot texnologiyalarini qo‗llashning zaruriyati va dolzarbligi.
Soliq xizmati organlarida axborot tizimi hamda axborot texnologiyalarining shakllanishi va huquqiy asoslari
Davlat soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo‗llanilishi.
1. «Soliq sohasida axborot tizimlari» fanining maqsadi, predmeti va vazifalari.Axborot tizimlari va texnologiyalari, ularni iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda qo„llashdagi yutuq va muammolar. Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo`nalishlariga hamda halqaro standartlar talablariga mos keladigan Oliy ta`lim tizimini yaratish bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
―Hududlarda yangi Oliy ta`lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayorlashning zamonaviy ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo`limlarning ochilishi, Oliy ta`lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo`nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi‖1.
Soliq tizimida axborot texnologiyalari» fanining asosiy maqsadi - talabalarni davlat soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalaridan amalda foydalanishni o‗rgatishdan iborat bo‗lib, unda davlat soliq xizmati organlarida dasturiy mahsulotlar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini qo‗llash va ulardan amaliy masalalarni yechishda foydalanish bo‗yicha yo‗nalish profiliga mos bilim, ko‗nikma va malaka shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari quyidagilardan iborat:
davlat soliq xizmati organlarida axborot tizimlari va texnologiyalarini joriy qilishning huquqiy asoslarini o‗rgatish;
davlat soliq xizmati organlarining ma‘lumotlarni uzatish korporativ tarmog‗ining tuzilmasi, maqsadi, vazifasi, asosiy tamoyillari va
yo‗nalishlarini o‗rgatish;
davlat soliq xizmati organlarida joriy etilgan dasturiy mahsulotlar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan ishlashning nazariy-amaliy va uslubiy asoslarini berish;
soliqqa oid ma‘lumotlarni ishlash va tahlil qilishning yagona kompyuter tizimining ish jarayonida zarur bo‗ladigan ma‘lumotlarni kiritish, saqlash, tahlil qilish va ulardan foydalanish ko‗nikmasini shakllantirish;
Davlat soliq qo‗mitasining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasidan foydalana olishning amaliy jihatlarini o‗rgatish;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko‗rsatiladigan elektron davlat xizmatlari bo‗yicha zarur bilimlarni berish.
Ushbu fan soliqqa oid axborotlarni to‗plash, saqlash va qayta ishlash, soliq tizimidagi axborot tizimlari, axborot texnologiyalarini o‗zlashtirishda o‗ziga xos o‗ringa ega. Fanni o‗zlashtirish davomida talabalar ma‘lumotlarni uzatish korporativ tarmog‗ida ishlash, davlat soliq xizmati organlarida joriy etilgan dasturiy mahsulotlar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish ko‗nikmalariga ega bo‗ladilar. Olgan bilimlarini esa davlat soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlarida qo‗llashlari mumkin.