6 - LABORATORIYA ISHI
MAVZU 6. GALVANIK ELEMENTNING ELEKTR YURITUVCHI KUCH
(EYUK) INI ANIQLASH.
6.1. GALVANIK ELEMENTNING EYUK INI VA ALOHIDA
ELEKTROD POTENSIALLARINI ANIQLASH.
Ishdan maqsad: Galvanik elementning EYUK ini aniqlash asosida alohida elektrod potensiallarini hisoblash va eritma rN ini hisoblab topishni o‘rganish.
Ximiyaviy reaksiya natijasida elektr energiyasi hosil qiladigan qurilma galvanik element deb ataladi. Bunday asbobda ximiyaviy energiya elektr energiyasiga aylanadi. Galvanik elementda o‘ziga xos EYUK paydo bo‘ladi. EYUK elektrolitga tushirilgan metallar tabiatita, elektrolit konsentratsiyasiga va temperaturaga bog‘liq. EYUK metall bilan elektrolit chegarasida hosil bo‘ladigan potensiallar farqiga tengdir: E = P1 - P2.
Ish bajarish tartibi: elementlarning EYUK ini kompensatsion moslama yordamida o‘lchash mumkin. Moslama o‘zgarmas elektr toki manbai bo‘lishi uchun 1,8-2,0 V kuchlanishli akkumulyatordan va N simon shisha idishdan iborat normal Veston elementidan tashkil topgan. Veston elementi doimiy EYUK ga ega (25°S da E =1,1 V), faqat tashqi temperatura o‘zgarganda bir muncha o‘zgarishi mumkin. Bu ishda:
birinchidan, YAkobi-Daniel elementining EYUK ini aniqlash mumkin;
ikkinchidan, alohida elektrodlarning potensiallarini aniqlab, olingan natijalarni Nernst tenglamasi bo‘yicha nazariy hisoblangan qiymatlar bilan solishtirish mumkin;
uchinchidan, galvanik elementning (YAkobi-Daniel) EYUK ini temperaturali koeffitsientini aniklab, termodinamik kattaliklarni hisoblash mumkin.
Y Akobi-Daniel elementlarining EYUK ini aniqlash uchun quyidagi
zanjir tuziladi (8-rasm):
8-rasm
Ikki stakanlarning biriga rux sulfat, ikkinchisiga mis (P) sulfat eritmalari quyilib, ularga tegishli rux va mis elektrodlari rasmda ko‘rsatilganidek tushiriladi. Har ikkala stakan tuz ko‘prikchasi yordamida tutashtiriladi. Tuzilgan element potensiometrga ulanib, uy temperaturasida va eritmalarning turli konsentratsiyalarida EYUK o‘lchanadi.
Galvanik elementlar (elektroximiyaviy zanjir), bizni misolda YAkobi-Daniel elementi, quyidagicha yoziladi:
(-)Zn (ZnSO4) KCl (CuSO4) Cu(+)
C1 C2
EYUK potensiallar ayirmasiga teng: E = P1 – P2.
S1 va S2 lar eritmalarning normal konsentratsiyalari, ularning qiymatini o‘qituvchi beradi. Olingan natijalar hisoblanganlar bilan taqqoslanadi.
R-307 potensiometr yordamida EYUK o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |