SED chizig‘i solidus chizig‘i deyiladi va qattiq faza chegarasini ifodalaydi. Undan pastda konsentratsiya hisobga olinmaydi. U erda faqat harorat erkinlik darajasi bo‘ladi.
4 sohada A ning yirik kristali, A va V ning mayda kristallari;
5 sohada V ning yirik kristali va A va V ning mayda kristallari bor.
Diagrammadagi E nuqta eng past kristallanish nuqtasi bo‘lib, unda A va V moddalar baravar kristallanadi. Bu nuqtaga to‘g‘ri keladigan aralashma evtektik aralashma deyiladi, harorat esa evtektik harorat deyiladi. Bu haroratdan pastda sistema suyuq holatda bo‘lmaydi. Evtektik haroratda ikkala komponentning kristallari suyuq evtektik aralashma tarkibiga proporsional ravishda kristallanadi va oxirigacha shunday davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |