Kondensatorning uchlariga berilayotgan kuchlanish oshgan sari kondensator plastinalari orasiga qo‘yilgan dielektrik materialda elektrostatik maydon ham oshib boradi. Ma’lumki, kuchlanish oshgan sari, ihotalangan har qanday material o‘zining dielektrik xususiyatini yo‘qotadi va natijada bu dielektrik teshiladi va ishga yaroqsiz ahvolga keladi. Elektr teshilish gazlarda va qattiq jismlarda har xil bo‘ladi. Gazlarda, normal holatlarda bir necha erkin elektronlar, musbat va manfiy ionlar mavjud. Shuning uchun kichik elektr maydonda o‘tkazuvchanlik juda kichik bo‘ladi va u hisobga ham olinmaydi. Lekin gaz dielektrigining elektr holati elektrostatik maydon kuchlanishida sezilarli o‘zgaradi. Erkin elektr zaryadlarining harakati tezlashadi va kinetik energiyani zaryadi ham oshadi. Elektrostatik maydon kuchlanishi ma’lum bir qiymatga etganda, erkin zaryadlarning kinetik energiyasi shunday ko‘payadiki, ular molekulalar bilan to‘qnashganda urilish ionizasiyasi sodir bo‘ladi. Bu jarayon gazlarda ko‘proq uchraydi hamda ba’zan ro‘y berib, ba’zan ro‘y bermasligi kuzatiladi.
Erkin zaryadlarning gazlardagi o‘zgarishi uning holatini keskin o‘zgartiradi va buning oqibatida gazlarda elektr tokining oshishi yuz beradi va dielektrikda
elektr chaqnashi paydo bo‘ladi. Bunga misol sifatida havodagi to‘yingan razryadlardan kelib chiqadigan chaqmoqni keltirish mumkin.
Qattiq jismlardagi bu jarayon gazlardagidan boshqacharoq bo‘ladi. Qattiq jismlarda erkin elektronlarning atomlar va molekulalar orasidagi harakati juda kam bo‘ladi. Shuning uchun, ular tez harakat qilolmaydi va urilish ionizasiyasi yuz bermaydi. Qattiq jismlarning elektr teshilishi asosan bu dielektriklarni ko‘p vaqt ichida elektr maydon ostida bo‘lishidir. Agar dielektrik qalin materiallardan tayyorlangan bo‘lsa energiyaning bu materialdagi yo‘qolgan qismi shu materialning temperaturasini o‘zgarishiga olib keladi. Temperaturaning oshishi bilan materialning qarshiligi kamayadi. Bu hodisa teskari temperatura koeffitsiyentiga asosan yuz beradi. Bunda dielektirikning tok o‘tkazuvchanligi oshib, uning yana ham qattiq qizishiga olib keladi. Natijada dielektrikning mustahkamligi buzilib, uni teshilishi yuz beradi. Qattiq jismlar tarkibining buzilishiga issiqlikdan teshilish deyiladi.
6-jadval. Materiallarninng elektr mustahkamligi
Kondensator dielektrigining qalinligi qanchalik kichik bo‘lsa, issiqlikdan teshilish kondensatorning issiqligini almashtirishiga bog‘liq bo‘ladi. Lekin yupqa qatlamli qattiq dielektriklarda ionizasiyadan teshilish ehtimoli ham mavjud. 6jadvalda elektrotexnikada ishlatiladigan dielektriklarning ayrim turlari berilgan.
52