Xaron - Pluton yo'ldoshi.
CH
Chiqish tuguni - osmon jismi orbitasi va ekliptika tekisliklarining, osmon sferasidagi kesishadigan nuqtasi, aynan shu nuqtada osmon jismi ekliptikaga nisbatan, osmon sferasining janubiy qismidan shimoliy qismiga o‘tadi. Uning qarama-qarshi nuqtasida esa, osmon jismi ekliptikaga nisbatan osmon sferasining shimoliy qismidan janubiy qismiga o‘tadi. Chiqish nuqtasining uzunlamasi ushbu nuqtaning ekliptikadagi holati bilan xarakterlanadi. Uzunlama, shimoldan turib qaralganda, bahorgi tengkunlik nuqtasidan soat strelkasi yo'nalishiga qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab hisoblanadi va graduslarda o‘lchanadi.
E
Ekliptika - osmon sferasida Quyoshning yillik ko‘rinma yo‘li. Ekliptika tekisligi Yer orbitasining tekisligi bilan mos tushadi.
Elongatsiya - quyi sayyora (Merkuriy va Venerajlaming geosent- rik ekliptik uzunligi Quyoshdan eng katta farq qilgan vaziyati.
Elongatsiya sharqiy va g‘arbiy bo‘ladi. Elongatsiya paytida Venera Quyoshdan 48°, Merkuriy esa 18° -28° burchak uzoqlikda bo‘ladi.
YU
Do'stlaringiz bilan baham: |