Andromeda tumanligi (M31) - yirik galaktikalardan eng yaqini. Bizga qushni galaktika. Andromeda yulduz turkumida joylashgan, ekvotorial koordinatalari a=0h40ra, 5=+41°. Uzoqligi 700 kps, diametri 40 kps. Ko‘rinish ravshanligi +3m5; uni teleskopsiz ko‘rish mumkin. Absolyut ravshanligi -21m. Massasi Quyosh massasi (2-1033 g) dan 1012 marta katta. Andromeda tumanligi tarkibida o'zgaruvchan yulduzlar, ayniqsa sefeidlar, gaz tumanliklari va yulduzlaming sharsimon to‘dalari mavjud. 24 ta galaktika, jumladan Galaktikamiz va Andromeda tumanligi mahalliy guruh deb ataluvchi galaktikalar to‘dasini tashkil etadi. Andromeda tumanligi 10 asrdan buyon ma’lum. O‘rta kengliklarda yoz, kuz va qishda ko‘rinadi.
Antares - Aqrab yulduz turkumidagi yorqin yulduz. Qizil gigantlar turiga mansub.
Do'stlaringiz bilan baham: |