Orbitaning og‘maligi - Yer orbitasi va osmon jismi orbitasi tekisliklari orasidagi burchak.
Osmon sferasi - osmon yoritqichlarining vaziyatini ko‘rsatib beruvchi xayoliy va ixtiyoriy radiusli sfera. Yoritkichlaming o‘mini va uning ko‘rinuvchi harakatini o‘rganishda osmon koordinatalaridan foydalaniladi.
Osmon jismi - kosmosda harakatlanadigan barcha narsalar: (kosmosda hamma narsalar harakatlanadi): chang zarrasidan to galaktikalargacha.
Osmon ekvatori - osmon sferasi markazidan o‘tadigan va olam o‘qiga tik bo‘lgan tekislik Yer tekisligiga parallel bo‘lgan xayoliy aylana chiziq.
Ofeliya - Uran yo‘ldoshi.
Ot Boshi - ma’lum va mashhur bo‘ Igan qora tumanlik.