Kepler qonunlari - sayyoralarning Quyosh atrofidagi harakati bo‘ysunadigan uchta qonun logan Kepler tomonidan kashf qilingan. Qisqacha: har bir sayyora ellips bo‘ylab harakatlanadi, uning hamma sayyoralar uchun umumiy bo‘lgan fokusida Quyosh yotadi. Jism Quyoshdan qancha uzoqda bo‘lsa, u shuncha sekin harakatlanadi.
Kichik yarim o‘q - katta yarim o‘qqa perpendikular holatda, ushbu egrining ikki qarama-qarshi nuqtalarini tutashtirib turuvchi, b kattaligi bilan belgilanadigan, ellipsning markazidan o‘tuvchi kesmaning yarim i.
Koma - Quyosh qizdirishi natijasida hosil bo‘ladigan, o‘zagini o‘rab turuvchi, bulut ko‘rinishidagi kometaning bir qismi. Uning tarkibi o‘zak sirtidan bug'lanayotgan gazlar va ajralib chqqan chang zarralaridan iborat.
Koinot - zamon va makon bilan cheklanmagan va materiya o‘zi- ning taraqqiyoti jarayonida kiradigan shakllariga qarab haddan tashqari xilma - xil bo‘ladigan obyektiv borliq. Koinot cheksiz ko‘p kosmik jismlardan tashkil topgan bo‘lib, ular Yerga qara- ganda bir necha million marta katta. Materiyaning Koinotdagi makon va zamonda taqsimlanishi, turli kosmik jismlar va ulaming sistemalari astronomiyada o‘rganiladi, Koinotning umumiy tuzilishi, o'tmishi va kelajagiga oid masalalar kosmologiyada o‘rganiladi.
1970-yilgacha Metagalaktikaning quyidagi xususiyatlari aniq- landi: 1) unda galaktikalar bir tekis taqsimlangan, juda ko‘pchiligi galaktikalar to‘dalarida va gruppalarida joylashgan. Bizning Gallaktika uncha katta bo‘lmagan galaktika to'dasiga kiradi; 2) barcha galaktikalar ulaming oralaridagi o‘zaro masofaga proporsional tezlik bilan bir - biridan uzoqlashadi. Bu hodisa Koinotning kengayishi deyiladi; 3) Koinotning biz o‘rganayotgan qismi millimetrli diapazonda nurlanuvchi va temperaturasi 3°K bo‘lgan absolyut qora jismning nurlanishiga mos keladigan radionurlanish bilan bir tekis bo‘lgan.
Koinotning bu uch xususiyati ko‘pdan-ko‘p kosmologik gipo- tezalar asosida yotadi. Ilgari Koinotdagi barcha jismlar massasi, asosan yulduzlarda to‘plangan, sayyoralar va mayda jismlar (kometa, meteor jism, gaz, chang va b.) uning ozgina qismini tashkil etadi deb faraz qilinar edi. Endilikda yulduzlaming paydo bo‘lishi va taraqqiyotida galaktikalar yadrosining aktiv markaz ekanligi aniqlandi, ulkan massali kvazarlar kashf qilindi va Koinot massasining asosiy qismi galaktikalarda va kvazarlarda to‘plangan deyish mumkin.
Kometalar - massasi bo‘yicha asteroidlarga yaqin bo‘lgan, Quyosh sistemasidagi kichik jismlar. Chang va muzlab qolgan gazlardan iborat bo‘lib, Quyoshga yaqinlashgani sari uning sirt qatlami bug‘lanib koma va dum hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |