Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi” yo’nalishi 18. 10 – guruh talabasi Tolibova Ruxsoraning



Download 295,96 Kb.
bet4/12
Sana12.06.2022
Hajmi295,96 Kb.
#657719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Дўншрфдфқрешкшқр

1.Kichik guruhlarda ishlash. Kichik guruhlarda ishlash asosan alohida masalalar yuzasidan o‘z fikrini ishlab chiqqan holda uni guruhda muhokama qilishga va har xil fikrlar asosida mushtarak nuqtai nazarga kelishga o‘rgatadi.
2.Aqliy hujum. Sinfdagi har bir o‘quvchiga o‘qituvchi qo‘ygan savol yoki muammo yo‘zasidan o‘z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o‘quv usuli. Usul moxiyati «bir kalla —yaxshi, yigirma beshtasi undan yaxshi» prinsipi bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol yo‘zasidan ehtimol tutiladigan hamma fikrlar variantini bir yerga jamlay olishda bo‘lib, istisno tariqasida bilim oluvchilarning barcha fikrlari, shu jumladan, to‘g‘ri bo‘lgan javob o‘rganiladi.
3. Har kim har kimga o’rgatadi. Har kim har kimga o‘rgatadi‖ usuli o‘quvchilarga o‘rgatuvchiga aylanish, ma‘lum bilimlarni o‘zlashtirgach, o‘rtoqlari bilan baham ko‘rish imkonini beruvchi o‘qitish usulidir.
4. Modifikatsiyalangan ma’ruza. Bu o‘qitish usulida o‘qituvchi mavzu mazmunini og‘zaki nutq orqali o‘quvchilarga yetkazadi. Ammo an‘anaviy ma‘ruzadan farqli o‘laroq, o‘qituvchi va o‘quvchi orasida faol muloqot bo‘ladi.
5. Bingo. Bu so‘rash va takrorlash usullaridan biri bo‘lib, o‘quvchilar diqqatini, tafakkurini, bilimdonligini aniqlaydi.
6. Klaster (Tarmoqlar usuli). Bu fikrlarning tarmoqlanishi, ya‘ni pedagogik strategiya bo‘lib, u biror mavzuni chuqur o‘rganishga yordam beradi, mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda, o‘zviy ketma-ketlikda tarmoqlashga o‘rgatadi. Bu usul mavzuni chuqur o‘rganishdan avval o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni yaxshi o‘zlashtirish, mustahkamlash, umumlashtirish hamda shu mavzu bo‘yicha o‘quvchilar tasavvurini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
7. Fikrlay olasanmi? Bunda o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini o‘stirish maqsadida qiziqarli fizikaviy o‘yin o‘tkaziladi.


1.2.Fizika o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish.

Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida interfaol uslublar (inovatsion pedagogik va axborot texnologiyalar)dan foydalanib, ta‘limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e‘tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonoviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar talaba (o‘quvchi)lar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, taxlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga qaratilgan.O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchanlik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi.Bu o‘quv jarayonida talaba (yoki o‘quvchi) asosiy figuraga aylanadi.


Qanday qilib samarali va natijali o‘qitish mumkin? degan savolga javob qidirar ekanmiz. Bu esa, olim va amaliyotchilar tamonidan ishlab chiqilgan, o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish, ya‘ni o‘qitishni ishlab chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga har bir o‘qituvchi urinib ko‘rish mumkin, degan fikrga olib keldi. Bunday fikrning tug‘ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo‘nalishini yuzaga keltirdi. Bugungi kunda ta‘lim muassalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida etibor berilayotganligining asosiy sababi quyidagilardir:
-Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta‘limni amalga oshirish inkoniyati kengligida. Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da rivojlantirishi ta‘limni amalgam oshirish masalasiga alohida e‘tibor qaratilgan.
-Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
-Uchinchidan, pedagogik texnologya o‘qituvchini ta‘lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tizish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo‘lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
-To‘rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo‘llashga asoslanganligi sababli, ularning qo‘llanilishi kadrlar tayorlash milliy dasturi‖ talablarini amalga oshirishni ta‘minlaydi.
O‘quv- tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning joriy etilishi o‘qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishga olib keladi. Bu esa talaba(yoki o‘quvchi)dan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi.
Har qanday pedagogik texnologiyaning o‘quv tarbiya jarayonida qo‘llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, talaba (o‘quvchi)ni kim o‘qitayotganini va o‘qituvchi kimni o‘qitayotganligiga bog‘liq.
Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muamolariga o‘z munosabatlarni bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Hozirda davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta‘lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarni o‘zlari tamonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Shuning uchun ham, ta‘lim muassasalarning o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonoviy o‘qitish uslublari –interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta‘limda qo‘llanilishiga oid bilimlar, tajriba talaba(o‘quvchi)larni bilimli va yetuk malakaga ega bo‘lishini ta‘minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba (yoki o‘quvchi) faoliyatiga yangilik, o‘zgarish kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
Interfaol (inter bu o‘zaro, act – harakat qilmoq) – o‘zaro harakat qilmoq, yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, o‘qitishning interfaol uslubiyotlari bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bolib, unda ta‘lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘ladilar, ular biladigan va o‘ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Interfaol darslarda o‘qituvchining o‘rni qisman talaba (yoki o‘quvchi) larning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo‘naltirishga olib keladi. Bu uslublarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talaba (o‘quvchi)larning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalgam oshiriladi. Bunday pedagogik jarayoni o‘ziga xos xususiyatga ega ularga:
-talaba (yoki o‘quvchi)ning dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;
-talaba (yoki o‘quvchi)larning o‘quv jarayonida fanga bo‘lgan qiziqishlarini doimiyligini ta‘minlashi;
-talaba (yoki o‘quvchi)larning fanga bo‘lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirilishi;
-pedagog va -talaba (yoki o‘quvchi)larning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi.
Pedagogik texnologiya masalalarni va muammolarini o‘rganayotgan ba‘zi o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya – faqat axborot texnologiyalari bilan bog‘liq hamda o‘qitish jarayoniga qo‘llanilishi zarur bo‘lgan o‘qitishning texnik vositalari kompyuter, proektor yoki boshqa texnik vositalar. Bizning fikrimizcha pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi o‘qituvchi va talaba( yoki o‘quvchi)ning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bogliq. O‘qitish jarayonida maqsad bo‘yicha kafolatgan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta‘lim texnologiyasi o‘qituvchi va talaba ( yoki o‘quvchi) o‘rtasida hamkorlikda faoliyatini tashkil qila olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida talaba ( yoki o‘quvchi)ning mustaqil fikrlab, ijobiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o‘zlari xulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, bizning fikrimizcha, ana shu- o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o‘quv predmatining o‘ziga xos bo‘lgan texnologiyasi bor. O‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo‘lib, u talaba ( yoki o‘quvchi)ning ehtiyozidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish o‘qituvchi va talaba ( yoki o‘quvchi)ning hamkorlikdagi faoliyati, ular qo‘ygan maqsad, tanlagan mazmun, uslub, shakl, vositaga, ya‘ni texnologiyaga bog‘liq.
O‘qituvchi va talaba ( yoki o‘quvchi)ning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga qaratilgan bo‘lib, bunda talaba (yoki o‘quvchi)larning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitiga qarab ishlatadigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film (yoki tarqatma material, chizma va plakat, axborot texnologiyasi , tirli adabiyotlar) kerak bo‘lar. Bularning hammasi o‘qituvchi va talaba ( yoki o‘quvchi) larga bog‘liq.
Ta‘lim- tarbiya jarayonilarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda o‘tmish allamalarimizning g‘oya va qarashlaridan foydalanish talaba (o‘quvchi)larni o‘qitish va tarbiyalashni yanada samarali bo‘lishini ta‘minlaydi.
O‘qituvchi o‘qitayotgan fanining har bir mavzusi, har bir mavzusi, har bir dars mashg‘uloti bo‘yicha tuzgan texnologik xaritasi, unga fanni yaxlit holda tasavvur etib yondashishga, tushunishiga, yaxlit o‘quv jarayonining boshlanishi, maqsadidan tortib, erishaladigan natijasini ko‘ra olishiga yordam beradi. Ayniqsa, texnologik xaritaning talaba (o‘quvchi)larning inkoniyati va extiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta‘limning markaziga olib chiqishga va bu bilan o‘qitishning samaradorligini oshirishga imkoniyat beradi.
Ta‘limning innovatsionligini tavsiflovchi boshqa muhim omil innovatsion dinamikadir. Bu, jarayonning bosqichlarini, boshlang‘ich ilmiy bilimlarni natijalovchi mahsulotga aylantirish metod va usullarini ifodalaydi. Ta‘limning innovatsionligi nafaqat uning didaktik tuzilishiga, balki ijtimoiy muhim natijalarga o‘qituvchining psixologik siymosiga ham tegishlidir. O‘qituvchining innovatsion faoliyati borliqni o‘zgartirishga,muammoli vaziyatlarni aniqlash va ularni hal etish usullariga qaratilgan. O‘qituvchi bilan talabaning yangicha munosabatlarida majburlash va buyruqlariga bo‘ysundirish bo‘lmasligi, balki teng hamkorlik va birgalikda ishlash tuyg‘u-hislari bo‘lishi lozim.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati quyidagi asosiy vazifalari bilan tavsiflanadi:
- kasbiy faoliyatni iroda bilan tizimli tahlil etish; normativlar van qoidalarga tanqidiy munosabatda bo‘lish;
-kasbiy yangiliklarga ochiqligi;
-atrof borliqqa ijodiy qayta qurish munosabatida bo‘lish; o‘zini ifodalashga, o‘zining niyat va g‘oyalarini kasbiy faoliyatida mujassamlantirishga intilish.
O‘qituvchining innovatsion faoliyatiga yangilikni tahlil qilish va baholash, kelgusidagi harakatlarining maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, bu rejani amalga oshirish va uni to‘g‘rilash, samarasini baholash kiradi. O‘qituvchi innovatsion faoliyatining samaradorligi quyidagi shartlarga bog‘liq:

  • o‘qituvchining talabalar bilan konstruktiv muloqatga tayyorligi;

  • talabalarning qarshi fikrlariga beg‘araz munosabatda bo‘lish;

  • kasbiy refleksiyaga qobiliyati;

  • innovatsion faoliyatga zaruriyatni sezish, idrok etish;

-shaxsiy maqsadlarning innovatsion faoliyat bilan muvofiqlashtirilganligi (uyg‘unlashtirilganligi);
- ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni yengishga tayyorligi.
O‘qitishning innovatsion texnologiyalariga shartli «Fikrlarni ulashish vaqti» va «Fikrlarni yig‘ish vaqti», deb ataluvchi texnologiya kiradi. Bu umumlashtirilgan texnologiya bo‘lib, unga muammoli o‘qitish texnologiyalari, o‘qitishning kreativ texnologiyalari, loyihalar metodlarini qo‘llanib,o‘qitish-texnologiyalarining elementlari kiradi. «Fikrlarni ulashish vaqti» bosqichida avval yechish zarur bo‘lgan muammoli vaziyat, masala yoki savol qo‘yiladi. Bu tanqidiy fikrlash asoslariga muvofiq chaqiriq bo‘ladi. Bu bosqichda:

  • muammoli vaziyat, masala yoki savolning dolzarbligi belgilanadi;

  • o‘rganishga qiziqish uyg‘otiladi (kasbiy asoslash); buning natijasida o‘qish maqsadi talabaning shaxsiy maqsadi bo‘lib qolishi lozim;

  • faol fikrlash faoliyati rivojlantiriladi.

Keyin talabalar o‘qituvchidan va boshqa manbalardan muammo, masala yoki savolni yechish uchun zarur bo‘lgan o‘quv axborotini oladi. Bu – axborotni idrok etish bosqichi bo‘ladi. Keys usuli asosidagi o’quv mashg’ulotlarida o’quvchilar faoliyatini turli shakllarda tashkil qilish imkoniyati mavjud. Masalan, taklif etilayotgan vaziyat sahnalashtirilishi hamda "Aqliy hujum", bahs-munozara, ilmiy bahslashuv metodlari orqali muhokama qilinishi mumkin.
Keyslarning bir nechta turi mavjud.
1.Amaliy keyslar. Bunday vaziyat yoki hodisa real aks etadi. Uning asosini tarixiy manba, rea lxujjat, statistik ma‘lumotlar tashkil qiladi. Bu turdagi keyslarning maqsadi tarixdagi real hodisani, ekologik yoki texnologik muammoni hal etish yo’llarini modellashtirish, olingan bilimdan hayotda foydalanish ko’nikmasini shakllantirishdan iborat.
2.Ta‘limiy keyslarning vazifasi ta‘lim berish bo’lib, asosini o’quv vaziyatlar tashkil etadi. Bu keyslarni bajarish jarayonida shakllangan ko’nikmalar malakaga aylanadi.
3.Ilmiy keyslar o’quvchini tadqiqotga yo’naltirish maqsadida ishlab chiqiladi.
Keys texnologiyasini tashkil etishda o’qituvchining faoliyati ikki bosqichdan iborat bo’ladi:
Birinchi bosqich — keysni va uning tahlili uchun savollarni ishlab chiqish uchun o’qituvchining ijodiy ishi. Bu bosqich o’quv mashg’ulotidan oldin amalga oshiriladi va pedagogning ilmiy-tadqiqot, metodi va konstruktiv faoliyatini qamrab oladi.
Ikkinchi bosqich—o’qituvchining auditoriyadagi faoliyati. Bunga o’qituvchining kirish so’zi, xulosasi, kichik guruhlarda ishni tashkil etishi, baxs-munozarani boshqarishi, vaziyat tahlili bo’yicha o’quvchilar faoliyatini baholashi kiradi.
O’tiladigan mavzudagi muhim so’zlar bilan nomlansa, juda ham maqsadga muvofiq bo’lar edi.



Download 295,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish