Mavzu: Elektr hodisalarini o’rganish tarixi.
Topshiriq. Elektr hodisalarini o’rganish tarixini ketma-ketligini topib raqamlang.
Guruh bahosi
|
Guruh javobi
|
To’g’ri javob
|
Yakka
javob
|
Yakka baho
|
Elektr hodisalarini o’rganish tarixi.
|
|
|
|
|
|
Abu Rayhon Beruniy ayrim jismlar bir-biriga ishqalanganda yengil jismlarni o’ziga tortishini aniqlagan.
|
|
|
|
|
|
Ingliz fizigi Ernest Rezerford atom yadrosining planetar modelini berdi.
|
|
|
|
|
|
Tomson tomonidan elektron tajriba yo’li bilan aniqlandi.
|
|
|
|
|
|
Yunon faylasufi Fales Miletskiy mo’ynaga ishqalangan qahrabo o’ziga yengil buyumlarni tortishini aniqlagan.
|
|
|
|
|
|
Fransuz fizigi Sharl Kulon elektr zaryadlarining o’zaro ta’sirini o’rgandi.
|
|
|
|
|
|
Ingliz fizigi Maykl Faradey elektr maydon atamasini kiritdi.
|
|
|
|
|
|
Fransuz fizigi S.H.Dyofe birinchi bo’lib ikki xil elektr zaryadlar mavjud bo’lishini aniqlagan.
|
|
|
|
|
|
Maykl Faradey elektrostatik himoya hodisasini birinchi marta payqagan.
|
|
|
|
|
|
X.K.Ersted harakatlanuvchi elektr zaryadlarga magnit maydon ta’sir ko’rsatishini tajriba yo’li bilan aniqladi.
|
Evrika (Topdim) o’yini.
1. Quyida berilgan kvadratdagi fizikaviy kattaliklar ichidan birligi “joul” bo’lgan qatorni topib ustidan chizing.
-
Javob: Q-issiqlik miqdori. A-ish. W-energiya
2. Molekulalar tuzilishi bo’yocha farq qilmaydigan moddalar qatorini toping va ustidan chizing.
-
Muz
|
Tosh
|
Qor
|
Suv
|
Sut
|
Spirt
|
Bug’
|
Gaz
|
kisloroq
|
Javob: Suv. Muz. Bug’.
3. “Nyuton” birligi bilan o’lchanadigan fizikaviy kattaliklar formulasining qatorini toping va ustidan chizing.
-
F=-kx
|
F= G
|
|
F=ma
|
Fog’=mg
|
FA= sgVj
|
V=hs
|
A=mgh
|
P=
|
Javob:
-
“Kim chaqqon “ o’yini.
Quyidagi jadvalda berilgan savollarning javobini toping va harflarni o’zingizga belgilab oling. Agar to’g’ri topsangiz va harflarni ketma-ket qo’ysangiz fizikaviy atama hosil bo’ladi.
Kartochka-1
Mavzu: Mexanik harakat tezligi.
T/R
|
Tushunchalar
|
Vaqt
formulasi
|
Tezlik birligi
|
Masofani topish formulasi
|
Tezlik formulasi
|
Masofa birligi
|
Vaqt birligi
|
1
|
|
A
|
B
|
S
|
T
|
Q
|
W
|
2
|
1m/s
|
P
|
e
|
U
|
Y
|
T
|
R
|
3
|
S= t
|
L
|
k
|
Z
|
H
|
f
|
M
|
4
|
t=
|
L
|
S
|
A
|
W
|
h
|
N
|
5
|
1m
|
N
|
m
|
H
|
U
|
i
|
z
|
6
|
1s
|
A
|
c
|
B
|
J
|
l
|
k
| Javob: Tezlik. Baholash: Topgandan so’ng “Evrika” deb xitob qiladi. O’qituvchisiga topgan so’zini aytadi, agar “tezlik” so’zi kelib chiqqan bo’lsa o’qituvchi belgilagan balini qo’yadi. Agar javobi xato chiqsa bola o’z ishini yana davom ettiradi. Kartochka-2. Mavzu. Modda zichligi.
T/R
|
Tushunchalar
|
Massa
formulasi
|
Zichlik birligi
|
Hajmni topish formulasi
|
Zichlik
formulasi
|
Massa birligi
|
Hajm birligi
|
1
|
|
A
|
B
|
S
|
Z
|
Q
|
W
|
2
|
m= V
|
I
|
E
|
U
|
Y
|
T
|
R
|
3
|
V=
|
L
|
K
|
Ch
|
H
|
f
|
M
|
4
|
1kg/sm3
|
L
|
L
|
A
|
W
|
h
|
N
|
5
|
1kg
|
N
|
M
|
H
|
U
|
i
|
z
|
6
|
1m3
|
A
|
C
|
B
|
J
|
l
|
k
|
“Meni tushun” o’yini
O’yinga 2 o’quvchi taklif etiladi. Birtasi ikkinchisiga qarab biror asbobning qanday tuzilganligi, nimani o’lchanishi, qayerda ishlatilishi haqida so’zlab beradi. 2chi o’quvchi buni nimaligini topadi. Agar topolmasa sinfda o’tirgan qolgan o’quvchilardan so’raladi. Keyin ikkinchi o’quvchiga navbat beriladi. Ikkinchi o’quvchi birinchi o’quvchiga biror fizik kattalik haqida gapirib beradi. Birinchi o’quvchi qanday kattalik ekanligini aytishi lozim. Fizik hodisa, fizik olimlar haqida ham suhbatlashish mumkin.
Men darsimda bu o’yinni quyidagicha o’tkazdim.
1.Butun sinfga murojaat qildim va quyidagilarni aytdim.
-Taxtacha,prujinasi va ilgagi bor.Darajalangan.
O’quvchilar “Bu kuchlarni o’lchovchi asbob dinamometr “ – deb javob berdilar.
2, o’quvchilarga quyidagi misralarni o’qib berdim.
Chopsa, chopilmas,
Bo’lsa, bo’linmas.
Kessa, kesilmas,
Ko’msa, ko’milmas.
Oquvchilar “soya” deb javob berdilar.
3. Tunda ko’rib, cho’g’ deysan,
Tongda ko’rib , yo’q deysan.
O’quvchilar yulduz deb javob berdilar.
4. O’yinni o’quvchilarim davom ettirdi.
- Osmonda quyosh charaqlab turibdi. Yomg’ir yog’di va osmonda 7 xil rang paydo bo’ldi.
O’tirganlar “Kamalak” deb javob berdilar.
“Bingo” o’yini.
Sinf doskasiga yoki katta plakatda quyidagi tartibda fizikaga doir formula, birlik, asboblar nomi yozib qo’yiladi. Bolalar soniga mos qilib ko’paytirish ham mumkin. Bolalarga jadvalni daftarlariga chizib olishni taklif qilinadi. O’yinni boshqaruvchi jadvalning kataklarida yozilgan fizik kattaliklar haqida birma-bir ayta boshlaydi. Bola o’sha katakdagi yozuv ystidan uradi. Qator gorizontal, vertikal yoki dioganal bo’yicha to’lsa o’sha zahoti bola tomonidan bingo deyiladi. Barcha kataklar urilgancha o’yin davom etadi. G’oliblar rag’batlantiriladi.
Men bu o’yinni quyidagicha o’tkazdim.
Sinf taxtasiga quyidagi jadvalni chizib, ichini quyidagicha to’ldirdim.va barcha o’quvchilarga jadvalni daftariga yozib olishni taklif etdim.
Quyidagi savollarni berdim.Savollarni chalkash qilib berdim.
1) Kuch birligi 2) Massa birligi 3) Yo’l birligi 4) Nyutonning II qonuni formulasi 5) Tezlanish birligi 6) Kuch belgisi. 7) Tezlik birligi. 8) Burchag tezlanishi. 9) Vaqt birligi. 10) Markazdan qochma kuch formulasi. 11) Nyutonning II qonuni ifodasi. 12) Massa belgilanadigan harf. 14) Tezlik belgisi? 15) Yo’l va vaqt berilganda tezlanish qanday topiladi. 16) Vaqt qaysi harf bilan belgilanadi
“Men kim men” o’yini
3 ta o’quvchining boshiga sozlar yozilgan peshonabog’lar kiygiziladi. O’quvchilarning vazifasi peshonabog’ida yozilgan fizik olimning nomini topishdir. Ular turli savollar beradilar. O’tirgan o’quvchilar “Ha” yoki “Yo’q” deb javob beradilar.
“Men kim men” o’yinini o’tkazish uchun uchta “peshonabog’lar”(tojga o’shash) tayyorladim. Ularga “Ibn Sino”, “Ahmad Donish”, “Aristotel” deb yozdirdim.
O’quvchilar o’zlarini kim ekanligini topish uchun quyidagi savollarni berdilar.
1-O’quvchi. Men Samarqandda tugilganmanmi?
O’tieganlar “Yo’q” deb javob berdilar.
2- O’quvchi. Men Buxoroda tug’ilganmanmi?
O’tirganlar “Ha” deb javob berdilar
3- O’quvchi. Men Fizika faniga asos slogan insonmabni?
O’tirgan o’quvchila “Ha” deb javob berdilar.
O’yinni birinchi o’quvchi davom ettirib quyidagi savolni berdi.
1-O’quvchi. Men Buxoroda tug’ilganmi?
O’tirgan o’quvchilar “Ha “deb jabob bergilar.
2-Oquvchi. Men Oy va quyosh tutilishini oldindan aytganmanmi?
O’tirgan o’quvchilar “Ha“ deb javob berdilar.
3- O’quvchi. Men birinchi bolib “Fizika” kitobini yozgan insonmanmi?
O’tirganlar “Ha” deb javob berdilar.
O’yinni birinchi o’quvchi davom ettirdi.
1- O’quvchi .Men Ibn Sinomanmi?
O’tirganlar “Ha“ deb javob berdilar. (G’olib bo’lgan o’quvchini rag’batlantirib o’rniga o’tirishga ruxsat berildi. )
2-o’quvchi. Men Ahmad Donishmanmi?
O’tirgan o’quvchilar “Ha” deb javob berdilar.
(Uni ham rag’batlantirib o’rniga o’tirishga ruxsat berildi.)
3-o’quvchi. Men “Arastu” deban nom bilan mashhur bo’lganmanmi?
O’tirgan o’quvchilar. ”Ha” deb javob berdilar.
3- - O’quvchi. Men Aristotelmanmi?
O’tirgan o’quvchilar “Ha” deb javob berdilar.(Uchunchi o’quvchini ham maxtab, rag’batlantirib o’z o’rniga o’tirishga ruxsat bergim.O’yin juda ham qiziqarli o’tdi.)
Xulosa
O‘yin inson faoliyatining mehnat va o‘quv turlari bilan bir qatorda turadi va mavjudlikning muhim sharti hisoblanadi. O‘yin o‘qitish metodi sifatida avlodlar to‘plagan tajribani yosh avlodga yetkazishi qadimdan ma’lum.O‘yin o‘zbek xalq pedagogikasida, maktabgacha ta’limda, maktabdan tashqari korxonalarda keng tarqalgan. “O‘yinli pedagogik texnologiyalar” tushunchasi turlicha pedagogik o‘yinlar shaklida pedagogik jarayonni tashkillashtirish metodlari va usullarining yetarlicha keng guruhini qamrab oladi.
Mashg‘ulotlarning o‘yinli shakli darsda o‘yin usullari va vaziyatlari yordamida yaratilib, talabalarni o‘quv faoliyatiga rag‘batlash va qiziqtirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘yinga oid usullar va vaziyatlarni amalga oshirish quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha boradi: didaktik maqsad talabalar oldiga o‘yinli masalalar ko‘rinishida qo‘yiladi; o‘quv faoliyati o‘yin qoidalariga bo‘ysinadi; o‘quv materialidan uning vositasi sifatida foydalaniladi; o‘quv faoliyatiga musobaqa unsurlari kiritilib, ular didaktik masalalarini o‘yin vazifalariga o‘tkazadi; didaktik topshiriqlarning muvaffaqiyatli bajarilishi o‘yin natijalari bilan bog‘lanadi.
O‘quv jarayonida o‘yin texnologiyalarining o‘rni va mavqeyi, o‘quv va o‘yin elementlarini chog‘ishtirish ko‘p jihatdan o‘qituvchining pedagogik o‘yinlar funuksiyalari va tasniflarini tushunishiga bog‘liq. O‘yinni o‘tkazish vaqtida o‘qituvchi va talabalarning haq-huquq va vazifalari, alohida bosqichlar ketma-ketligi, mazmun va vaqt bo‘yicha taqsimlanishi, qadam va bosqichlar qatnashchilarning o‘zaro harakatlanish tartibi qayd etiladi.
O‘yinni informatsion ta’minlashning muhim tarkibi hujjatlashtirish hisoblanib, qatnashchilarga qabul qilinadigan yechimlarni sinchiklab o‘rganish uchun beriladigan dastlabki va rejali hujjatlarni va bu yechimlarni bajarish natijalari qayd etilgan hisobot hujjatlarini mujassamlashtiradi.
Me’yoriy va sonli ma’lumotlar, o‘yin mashg‘ulotida qatnashchilar foydalaniladigan hujjatlarning maxsus to‘plamidan iborat bo‘ladi.
O‘yin samarasi o‘qitish metodi sifatida an’anaviydan ko‘ra, moddiy texnik ta’minotga bog‘liq bo‘lib, uning tarkibiga auditoriya, o‘yin uchun maxsus jihozlar, ma’lumotlarni aks ettiruvchi vositalar, boshqarish vositalari, trenajerlar, hisoblash texnikalari va h.k. Tabiiyki, moddiy texnik ta’minot tarkibi va joylashish o‘yin mashg‘uloti shakli, qatnashchilar soni va boshqa qator omillarga bog‘liq bo‘ladi.
O‘yinlarni o‘tkazish tajribasini o‘rganish va umumlashtirish davomida qator muammolarga duch kelindi: o‘yin rahbari butun o‘yin davomida talabalrni uzluksiz ishchi yuklama bilan ta’minlashi zarur.Takomillashuv ko‘pchilik yechimlarning izchil qabul qilinishi, o‘yinni boshqarishning mantiqiy tartibi bilan bog‘liq.Fizika darslarida fizikaga oid o’yinlardan foydalanish kata ahamiyatga ega.O’quvchilarni o’zlashtirishlari oson bo’ladi.
Farg’оna davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika va astronomiya o’qitish metodikasi yo’nalishi 4-kurs 16.10-guruh talabasi Dilnoza Foziljonovaning “Fizika darslarida turli o’yinlardan foydalanish” mavzusidagi kurs ishiga
T A Q R I Z
Respublikada ta’lim tizimi tubdan takomillashtrilmoqda. Umumiy ta’lim maktablari Akademik litsey va oliy ta’lim tizimida o’quvchilarni bilim ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash tizimi tubdan o’zgartirilmoqda. Ushbu kurs ishi “Fizika darslarida turli o’yinlardan foydalanish” mavzusiga bag’ishlangan bo’lib kirish, ikkita bob, xulosa va adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
Kirish qismida: Kurs ishining maqsadi, vazifasi to’la ochib berilgan.
Birinchi bobda turli xil metodik va qiziqarli o’yinlardan foydalanish haqida ma’lumot berilgan.
Ikkinchi bobda esa fizika darslarida turli o’yinlardan foydalanish metodlari haqida ma’lumot ko’rsatilgan. Jumladan “Bingo”, “So’z tuzish”, “Evrika” kabi o’yinlardan foydalanilgan.
Kurs ishining so’ngida bajarilgan ishlar haqida xulosa chiqarilib, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.
Yuqoridagilarga asoslanib, Dilnoza Foziljonovaning “Fizika darslarida turli o’yinlardan foydalanish” mavzusidagi kurs ishini talab darajasida bajarilgan deb hisoblayman va uni himoyaga tavsiya qilaman.
Fizika kafedrasining katta o’qituvchisi D.Yusupova
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni. T., 1997y.
2. “Tarbiya” jurnali 46 va 35- sonlari (27 va 30- sahifalar). 2011-yil
3.O’zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T. «Sharq» 1997 yil.
4. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat - T., 2006.
5. Tojiyev M. Va boshqalar. Pedagogik texnolgiya: Zamonaviy ilmiy – nazariy asosi. T. 2008 y.
6. Kamoldinov M., Vaxobjonov B. Innovasion pedagogik texnologiya asoslari. T; “Talqin”. 2010.
7. Xodiyev B. Golish L. Sposobы i sredstva organizasii samostoyatelnoy uchebnoy deyatelnosti. T. TGEU. 2007.
8.Ishmuhamedov R. J. va boshqalar Tarbiyada innovasion texnologiyalar T.: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi. 2010.
9. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar – T., 2000.
Qo’shimcha adabiyotlar:
Bogolyubov V.I. Leksii po osnovam konstruirovaniya pedogicheskix texnologiy. Petigorsk PGLU, 2001, 188 st.
Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar.-T., Moliya, 2003. 172 b.
Saydahmedov N.S. Pedagogikada yangicha fikrlash.T., «Istiqbol», 2002. 62 b.
Farberman B.L. va boshqlar. Oliy o’quv yurtlarida o’qitishning zamonaviy usullari. – Toshkent; 2003y.
Pedagogicheskiye texnologii: Uchebnoye posobiye dlya studentov pedagogicheskix spesialnostey /Pod obщyey red. V.S. Kukushina/ Moskva; 2004 god.
Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi: T.: 2010,
Avliyakulov N.X. Novыye pedagogicheskiye texnologii. Uchebnik dlya vыsshix uchebnыx zavedeniy. 145 s. Pedagog.uz.
Saydaxmedov N.S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar.T., 2003.
9. Mavlanova R.A., M. Arabova “Pedagogik texnologiya” T.: Fan, 2008.
Internet manbalari:
1. www.ziyonet.uz
2. www.eduportal.uz.
3. www.fizika.uz
4. www.tabiat.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |