Fizika texnika


Yog`ochning egilishga chidamlilik xossasi



Download 1,29 Mb.
bet6/10
Sana09.07.2022
Hajmi1,29 Mb.
#759060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi MAHSULOT TAYYORLASH

Yog`ochning egilishga chidamlilik xossasi. Yog`ochning egilishga chidamliligi quyidagicha sinaladi. O`lchamlari 10x30x500 mm bo`lgan bruscha shaklidati yog`och namunasi almashtiriladigan andazalarda ketma-ket egiladi; andazaning dastlabki radiusi 50 sm va namuna andazaning qavariq sirtiga tekkuncha egiladi. Keyin namuna qavariq tomonining radiusi 45 sm bo`lgan andazada egiladi. Keyin andaza radiusining kattaligi namunalarda yemirilish (sinish, bukilish) belgilari paydo bo`lguncha kamaytira boriladi. Namunada yemirilish boshlangan andaza radiusi yog`ochning egilishga chidamlilik xossasini xarakterlaydi, Yaproqli halqasimon naychali daraxt (eman, shumtol) va tarqoq nayli (qayin) daraxtlar yog`ochi eng ko`p egiladi. Nina bargli daraxt yog`ochi ko`p egilmaydi. Nam yog`och quruq yog`ochga nisbatan ko`proq egiladi.
Yog`ochning yeyilishga chidamliligi. Yog`ochning yeyilishga chidamliligi uning ishqalanish jarayonida yeyilishga (siyqalanishga) qarshilik ko`rsatish xossasi bilan xarakterlanadi. Sinash usulida (GOST 14347 – 69) pollar va to`shamalarda haqiqiy yemirilish sharoitlari yaratilib sinaladi. Bunday sinashlar uchun yog`ochning ilgarilama-qaytma harakat qilishi bilan bir vaqtda namunaning buriladigan yemirilishini ham ta‘minlaydigan maxsus mashinadan foydalaniladi. Yog`och tores tekisligiga nisbatan yon sirtida ko`proq yediriladi. Yog`ochning qattiqligi va zichligi ortishi bilan yeyilishi kamayadi. Nam yog`och ko`p yeyiladi.
Yog`ochning yoriluvchanligi. Yoriluvchanlik deganda yog`ochning kuch ta‘sirida tolalari bo`ylab darz ketish xossasi tushuniladi. Yog`ochning yorilishi kuchning ta‘sir etishi va xarakteriga ko`ra tolalarga ko`ndalang cho`zilishni eslatadi hamda yog`och uzunligi bo`yicha tolalarning bo`sh birikishi kabi tushuntiriladi. Yog`ochning bu xususiyati amaliy ahamiyatga ega, chunki bir qator yog`ochlarning sortimenti (bochka taxtasi, gardish, kegay, rezgi taxta) yorib tayyorlanadi. Sinash uchun kir kisqichga o`xshash namunadan foydalaniladi. Yog`och radil va tangensial tekisliklarda yorilishi mumkin. Yaproqli daraxt turlarida radial tekislik bo`yicha yorilishga qarshilik tangensialga nisbatan kamroq. Bunga sabab (eman, shamshod, grabdagi) o`zak nurlarining ta‘siridir. Nina bargli daraxtlarda, aksincha, radial tekislikka qaraganda tangensial tekislikda yorilish qiyinroq. Nina bargli daraxt turlarida tangensial tekislikda yorilganda ajralish mustahkamligi kech yetilgan yog`ochlik mustahkamligidan ancha kichik bo`lgan erta yetilgan yog`ochlikdan boshlanadi.
Hozirgi vaqtda yorib sinash o`z mohiyatini yo`qotmoqda, chunki yorilgan sortimentlarning ko`p qismi arralash bilan almashtirilmoqda. Yog`ochning yorilish xususiyatini yog`och elementlari mix, bolt va hokazolar bilan biriktirishda xisobga olish kerak. Yog`ochning yorilishga qarshiligi GOST 16483. 22 – 73 ga binoan aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda qishloq xo`jaligi va sanoatning barcha tarmoqlarida xomashyo , yarim tayyor mahsulot sifatida yog`ochning roli kundan-kunga oshib bormoqda. Yog`ochdan asosan tabiiy yoki qayta ishlangan holda foydalaniladi. Shu bilan ayrim turli-tuman buyumlarning asosi yog`och hisoblanadi. Xalq xo`jaligida ishlatilish hajmi va turli-tumanligi bilan yog`och boshqa materiallarga nisbatan ko`proq ishlatiladi. Yog`och deganda, biz arralab yiqitilgan va ildiz hamda shoxshabbalardan tozalangan daraxt tanasini tushunamiz. Yog`ochdan qurilishda rom, eshik, pollar qurishda keng foydalaniladi. Undan shuningdek, mebel, idishlar, shpallar, sport inventari ko`prik va kemalarning elementlari, musiqa asboblari va hokazolar yasashda foydalaniladi. Tabiiy va presslangan yog`ochdan mashinasozlikda foydalaniladi. U kon sanoatida mahkamlash materiali sifatida ishlatiladi. Yog`och sellyuloza-qog`oz sanoatida, oziq achitqilari olishda, kord (shina sanoatida), viskoza tolasi (to`qimachilik sanoatida), furfurol (plastmassa, sintetik tolalar) ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bo`lib xizmat qiladi.
Respublikamizda mavjud bo`lgan tabiiy va sun‘iy o`rmonzorlar yog`ochninig qimmatbaho xomashyo bazasi hisoblanadi. Shuning bilan birgalikda yog`ochning bir qismi chetdan, masalan, Rossiyadan keltirilardi.
Yog`ochning ko`p ishlatilishiga sabab, uning yuqori fizika-kimyoviy xossalari, yaxshi ishlanuvchanligi, shuningdek, kimyoviy va mexanikaviy ishlov berish yo`li bilan yog`ochning ayrim xossalarini samarali o`zgartirishning usullari mavjudligidir. Yog`och oson ishlanadi va issiqlik o`tkazuvchanligi past, yetarli darajada mustahkam, zarba hamda tebranish nagruzkalariga yaxshi qarshilik ko`rsatadi.
Yog`och quruq sharoitda uzoq vaqt chidaydi, shu bilan birgalikda yog`ochning kamchiliklari ham mavjud, u yonadi, chiriydi, hashorat va zamburug`lar ta‘sirida yemiriladi. Gikroskopligi sababli shishadi va quriydi egiladi va yoriladi.
Yog`ochdan buyumlar tayyorlashda yelimlar, lak, bo`yoqlar, pardozlash plyonkalari, plasmassalar va boshqa materiallardan ham foydalaniladi. Yog`ochning xossalari hisobga olingan holda undan qishloq xo`jaligi va sanoatning turli sohalarida foydalaniladi.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish