Fizika tarixi fanining vazifalari. Har qanday fanning asosiy vazifasi - shu sohani rivojlantiruvchi qonunlarni ochib berish bo‘lsa, uning tarixini yorituvchi kursning asosiy vazifasi esa - shu qonunlar asosida qanday qilib ushbu fan rivojlanishga erishganligini, bunda kimlarni harakatlari va qanday faoliyatlari natijasida vujudga kelganligini talabalarga yetkazib berishdir.
Har bir fanning o‘z tarixi bor. Har qanday kashfiyot oldingi ochilgan kashfiyotning davomidir. Fan-insonlarning murakkab va nozik faoliyatining maxsulidir.
Fizika fanining tarixi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Tarixiy faktlarni topish va oydinlashtirish; Xodisani o‘rganishda uning tarixiy ma’lumotlariga tayanilsa ko‘prok samara berishi mumkin.
Tarixiy faktlar va materiallarni tahlil (analiz) qilish, ularning mohiyatini ochish;
Fanning tarixini o‘rganish orqali o‘quvchilarda fanning o‘ziga qiziqish xosil qilish mumkin.
Fanning umumiy qonunlarining o‘zaro bog‘liqligini belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |