Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Akademik litseylarning «aniqfanlar» yo`nalishidagi o`quv guruhlarida fizika fani chufurlashtirib o`rganilganligini inobatga olib, mavzulashtirilgan holda turli qiyinchilik darajadagi masalalarni tanlash, shuningdek tanlov fani sifatida kiritilgan, fizikadan tanlangan masalalarni echish 76 soatli, III kursda turli qiyinchilik darajadagi masalalarni tanlash bitiruvishining asosiy maqsadi hisoblanadi. SHu maqsadda quyidagi vazifalarni bajarish rejalashtiriladi.
Bitiruv malakaviy ishining vazifasi:
1. Qiyinchilik daraja bo`yicha 5 guruh masalalarga tavsif berish, ularning o`zaro farqli tomonlarini belgilash.
2. Fizikaning barcha bo`limslariga oid ayrim mavzularga tegishli turli qiyinchilik darajali masalalarni mavjud adabiyotlardan foydalanibtanlash.
3. Mavzulashtirilgan turli qiyinchilik darajali masalalardan foydalanib fizika darslarini tashkil etish, o`tkazilgan tajribalarga umumlashtirish.
Bitiruvmalakaviyishiningo’rganilganlikdarajasi:
Bitiruv malakaviy ishining nazariy kontseptsiyasini ishlab chiqishda quyidagi pedagog, didakt va metodist olimlarning fundamental tadqiqot ishlariga tayandik: A.I.Bondarenko, A.A.Margolis, N.E.Parfent’eva, A.A.Pokrovskiy, I.I.Sokolov o`rta maktabda fizikadan namoyishli tajribalar tizimi to`g’risida; A.I.Markushevich va V.A.Fabrikant ta`lim mazmunini o`quv fanlari bilan tarixiy jihatdan bog’lab o`rganishning negiz va qobig’i haqida;, P.Q.Habibullaev maktab fizika kursining tuzilishi va mazmuni to`g’risida; A.V.Usova, e.Mambetakunov ilmiy tushunchalarni shakllantirish to`g’risida; S.A.Arxangel’skiy, N.I.Jinkin, N.M.SHaxmaev, S.Imanov, V.G.Popov o`qitishda texnik vositalar to`g’risida; YU.I.Dik, S.E.Kamenetskiy, A.A.Pinskiy, e.E.Evenchik, N.A.Rodina maktab kursida fundamental fizik nazariyalarni bayon qilish metodikasi haqida; V.F.Efimenko o`rta maktab fizika kursining metodologik masalalari va o`quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish muammolari to`g’risida; A.I.Bugaev o`rta maktabda fizika o`qitish metodikasining nazariy asoslari to`g’risida; N.M.Mitrafanov fizikadan qo`lda yasalgan asboblar va ular bilan tajribalar o`tkazish to`g’risida; V.P.Valintinavichus, V.R.Ramanouskas, M.I.Rozenberg, V.S.Kobakidze o`rta maktab fizika o`qitish metodikasi haqida; B.M.Mirzaxmedov turli tipdagi o`rta o`quv yurtlarida fizikaning tatbiqiy mazmuni muammosi to`g’risida; e.O.Turdiqulov tabiiy-ilmiy fanlarni o`qitishda ekologik ta`lim berish (ekologik ta`limning fizik aspektlari) haqida; P.A.Allaberenov umumta`lim maktab fizika kursining amaliy yo`nalishini joriy qilishning metodik asoslari to`g’risida; M.Joraev ehtimoliy-statistik g’oya va tushunchalarni shakllantirishning metodologik va didaktik asoslari (oliy va umumiy o`rta maktabda fizika o`qitish misolida) haqida; D.Babaev uzluksiz ta`lim jarayonida fizika o`qituvchilarining kasbiy shakllanishi to`g’risida; ilmiy izdanishdarida o`rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |