Fizika ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun Halimova Shahnoza Ikrom qizi



Download 2,69 Mb.
bet3/31
Sana02.01.2022
Hajmi2,69 Mb.
#312094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Mеxanika masalalarini yеchishda saqlanish qonunlarining qo’llanishi

KIRISH


Ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishi uchun sharoit yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish kerak.

Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo’lmish ilmu-fan, ma’rifat, ta’lim-tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan.

Albatta ta’lim-tarbiya ong mahsuli. Lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning ravnaqini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o’zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo’lmaydi. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi, farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog’liq.

Ta’limni tarbiyadan, tarbiyadan ta’limni ajratib bo’lmaydi-bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. Bu haqda fikr yuritganda Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so’zlarini eslash mumkin

Oxirgi yillarda ta’limni tarbiya sohasida amalga oshirilgan ko’lami va mohiyatiga ko’ra ulkan ishlarimiz biz ko’zlagan ezgu niyatlarimizga erishish hech kimdan kam bo’lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo’lida mustahkam zamin yaratdi.

“Diplomga ega bo’lish-bu hali tom ma’nodagi ziyoli emas, ziyoli odam tafakkuri saviyasi pok yuragi, ichki madaniyati bilan mutlaqo bo’lakcha inson bo’ladi”. “Har qaysi inson noyob qobiliyat va iste’dodni avvalo o’zi uchun, oilasining, millatining, xalqining, davlatining farovonligi, baxt-saodati, manfaati uchun to’liq baxshida etadi, bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqiyotga erishadiki, uning jur’at va samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas”.

Islom Abdug’anievich Karimov: “Biz o’z iste’dodli fidoiy bobolarimiz farzandlarimizga bilim va kasb cho’qqilarini zabt etishi uchun qanot berishimiz kerak. Ma’rifatga intilish kerak. Ma’rifatga intilish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biridir”

Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Маълумки, физика ўқитишда назарий ва амалий методлар мавжуд. Амалий методлар ичида физикадан масалалар ечишнинг аҳамияти салмоқлидир. Масала ечиш жараёнида ўқувчиларга билим бериш билан бирга ўқувчилар қобилиятларини ривожлантириш, ўқувчиларга тарбия бериш каби муҳим масалалар ҳал қилинади.

Физикадан масалалар ечиш жараёнида ўқувчиларнинг мантиқий фикрлашлари кенгаяди, ижодий қобилиятлари ривожланади. Физик ҳодисаларнинг туб моҳиятини кенгроқ тушунадилар, физикадаги қонунларнинг амалда қўлланилишини чуқурроқ англайдилар. Кўпгина физик ўлчов асбобларининг вазифаси, тузилиши, ишлаш принциплари билан танишадилар, улар билан ишлаш кўникма ва малакаларига эга бўладилар. Шунингдек, масалалар ўқувчиларда меҳнатсеварлик, журъатлилик, ирода ва характерни тарбиялайди.

Кўпгина методика дабиётларнинг таҳлилига кўра, мантиқий хулосалар, математик амаллар ва физикадаги қонунлар ҳамда методларга асосланган ҳолда ёки эксперимент ёрдамида ечиладиган муаммо, одатда физик масала дейилади. Физик масалада қўйилган муаммони ҳал этиш, масала ечишдан иборатдир.


Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish