Bog'liq —fizika ta’lim yo‘nalishi bitiruvchisi ergasheva latofatning bak
II BOB. PAST HARORATLI GELIOQURILMALARDA ISHLAYDIGAN MATERIALLAR VA ULARNING XOSSALARI. 2.1.TEPLITSA VA PARNIKLARDA ISHLATILADIGAN POLIMER PLYONKALARNING FIZIKAVIY XOSSALARI Biz yuqorida quyosh teplitsalari,parniklari va isitiladigan teplitsalarda oynaning ishlatilishini aytgan edik. Oynaning o’lchamlari tashqi faktoflarning ta’sirida deyarli o’zgarmaydi. Oyna bir necha yil davomida ishlatilganida ham o’zining tiniqligini o’zgartirmaydi. Oynaning sirtiga qarab ko’rinadigan nurlarga tiniqligi 70% dan 90% gacha o’zgaradi. Shu bilan birga oynaning bazi kamchiliklari ham mavjud:oyna ancha og’ir elastikmas,o’simliklarning o’sishi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan 0.3 mk dan qisqa to’lqin uzunlikdagi ultrabinafsha nurlarni o’tkazmaydi. Shuning uchun ham oynaning o’rniga yengil,elastik,yorug’likni yaxshi o’tkazadigan polimer plyonkalarini ishlatish toboro keng yoyilib bormoqda. Hozirgi vaqtda polimer plyonkalardan quyidagi maqsadlarda foydalanilmoqda.
1)tuproqni; 2)sabzavot mahsulotlari va o’g’itlarni saqlashda; 3)yopiq yerda yorug’likni o’tkazadigan material sifatida teplitsalarda,parniklarda va vaqtincha yopilgan joylarda ishlatiladi.
Ma’lumki,tuproq qatlamlari quyosh nurlarining tushuvi natijasida isiydi.Tuproqning yuziga har xil rangdagi qatlamalarni yopish yo’li bilan tuproqning ustki qatlamlari temperaturasini yetarlicha keng miqyosda o’zgartirish mumkin.Agranomiya praktikasida qo’llaniladigan bu tadbirlarni mulchalash deb yuritiladigan qoplamalar sifatida maydalangan bur, torf va ko’mir kukinlari,quruq barglar,qipiq,gung,hamda turli rangdagi polimer plyonkalardan foydalaniladi. Keyingi yillarda mulchalash uchun toboro ko’proq polimer plyonkalar ishlatilmoqda. Tuproqning temperaturasini oshirish uchun tuproq ustiga qora rangli plyonka yopish kerak. Sobiq Ittifoqning turli rayonlarida o’tkazilgan tajribalarda mulchalash uchun asosan tiniq va qora rangli politelin plyonkalar tobora ko’proq qo’llanilmoqda. Mulchalash tadbiri ayniqsa pomidor va bodiring o’stirishda ko’p qo’llanilmoqda. Bunda ekin ekiladigan qatorlarga plyonkani tuproqqa zich trgib turadigan qilib yopilganidan so’ng plyonkada urug’ yoki ko’chat ekiladigan joylarda teshiklar quyiladi.Aholini yangi pomidor qulupnoy va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlashda bu mahsulotlarning toza bo’lishiga ezilib qolmasligiga alohida etibor beriladi.Xuddi shunga o’xshash maqsadlarda keyingi yillarda polimer plyonka xaltachalardan foydalanilmoqda ,shuningdek polimer plyonka sabzavot mahsulotkarini uzoq muddat saqlash uchun ham ishlatiladi.Bning uchun polimer plyonkadan yashiklarning ichini qoplanadigan material sifatida foydalaniladi.O’zbekiston sharoitida polimer plyonkalardan bahorgi teplitsalar,quyosh parniklari va tonnel(yoysimon) tipdagi pana qilingan joylarniyopish uchun foydalanilmoqda [8].Respublikamizning ko’pgina kalxoz va sabxozlarida plyonkani sinoatlaridanerta bahorda karam ko’chati,salat va boshqa ko’katlar olishda,mart-aprel oylarida pomidor bodring o’stirishda muvoffaqiyatli ravishda qo’llanilmoqda.Biz yopiq joydagi sabzavotchilikda ishlatiladigan polietilen va poliamid plyonkalarining bazi fizikaviy xossalariga to’xtalaylik.Etilen gazini yuqori bosimda ishlash asosida tayyorlangan polietilen plyonkasi hiraroq oq rangli bo’lib,suvni va suv bug’larini butunlay o’tkazmaydi,ammo kislarod va karbanat angidiritniyaxshi o’tkazadi.Plyonkaning qalinligi 50-200 mk bo’lib,100 mk qalinlikdagi plyonkaning og’rligi 80 g ga teng.Og’irligi 1 kg bo’lgan qalinligi 50 mk gat eng,polietilen plyonkaning yuzi ga, 100mk qalinlikdagisini esa gat eng. polietilen plyonkaning og’rligi yuzi bo’lgan teplitsa oynasinikidan 70 marta kam.Temperatura ta’sirida polietilen plyonkaning o’lchami kam o’zgarganidan,uni nishobi gorizant bilan burchak hosil qiladigan inshoatlarda ishlatish mumkin.Yangi polietilen plyonkasi sovuqqa juda chidamli bo’lib, temperaturada ham o’zining elastikligini yuqotmaydi. Ammo amalda 1.5-2 oy ishlatiladigan keyin quyoshning ultrabinafsha nurlari va temperatura tasirida sovuqqa chidamliligi kamayib ketadi.
Poliamid plyonka kogralaktam asosida tayyorlanadi.Uuzilishga qarshiligi jihatidan polietilen plyonkasiga qaraganda puxtaroqdir.Bunday plyonka temperaturagacha chiday oladi.Temperatura o’zgarishi esa unga kuchli tasir qiladi,aniqrog’I temperature oshganda poliamid plyonkaning o’lchami qisqaradi,temperatura pasayganida esa o’lchami oshadi.Havo temperaturasi pasayganda va yog’ingarchilikda poliamid plyonkaning o’lchami ortadi.Shu tufayli bu plyonka bilan yopilganinshoatlar yuzida’’chuqur joylar’’hosil bo’lib qoladi.Shuning uchun ham poliamid plyonkalarni tuproq nishobli konstruksiyalar uchun ishlatiladi.Qalinligi 50-90 mk va kengligi 100-130 sm bo’lgan bunday plyonkaning ning og’irligi 60-80 g gat eng.Poliamid plyonkaning asosiy kamchiligi uning tez ishdan chiqishidir,yani quyoshning ultrabinafsha nurlari yuqori temperatura va havodagi kislarot tasirida tez iskirishidir.Bunday plyonkalarni 2-2.5 oy ishlatgandan keyin,uzulishga qarshiligi juda kamayib,mavsum davomida butunlay ishdan chiqadi.PK-4 plyonkasi suv bug’larini va havoni o’tkazmaydi.5-jadvalda polimer plyonkalar va oynaning quyosh nurlanishi spektrining turli qismlari uchun tiniqlik qiymatlari berilgan.
Jadvaldan ko’ramizki,poliamid plyonkasi o’zining xossalari optik bo’yicha spektrning ko’rinadigan va qisqa to’lqin uzunlikdagi infraqizil qismini oyna va polietilen plyonkaga nisbatan yaxshi o’tkazadi,ammo 5-15 mk chegaradagi infraqizil qismini oyna va polietilen plyonkaga nisbatan yaxshi o’tkazadi.Ammo 5-15 mk chegaradagi infraqizil nurlarni o’tkazishda esa oynadan keyin turadi.Boshqacha aytganda,poliamid plyonka bilan himoyalangan joyda tuproq va o’simliklar chiqargan nurlanishning 30 protsentini plyonka o’tkazib yuboradi.Shuning uchun poliamid plyonka bilan qoplangan joydagi havoning temperaturasi kechasi aynan shunday,amma oyna bilan qoplangan joyda havo temperaturasidan past bo’ladi.Demak poliamid plyonka issiqlikni oynaga qaraganda ko’proq yuqotar ekan.[9.10]
Polietilen plyonka quyosh spektrining ko’rinadigan va infraqizil qismida poliamid plyonkaga qaraganda past ko’rsatgichlarga ega.Polietilen plyonka 5-15 mk to’lqin uzunlikdagi infraqizil nurlarni yaxshi o’tkazadi.Shuning uchun polietilen plyonka bilan yopilgan joyda havoning temperaturasi kechasi pasayib ketadi,shu sababli bu plyonka kechasi temperaturada ham o’simliklarni sovuq urishidan saqlab qololmaydi.Poliamid plyonka bilan yopilgan joyda yorug’lik va issiqlik rejimi polietilen plyonka ostida o’simlikning o’sishi va rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratiladi.Ammo amalda polietilen plyonkadan ko’oroq foydalaniladi,chunki ularni ishlab chiqarish yaxshi o’zlashtirilgan.Umuman aytganda polimer plyonkalar ostida yetishtirilgan sabzavot mahsulotlari tarkibidagi vitamin C miqdori,oyna ostida yetishtirilgan sabzavot mahsulotlari tarkibidagi C vitamini miqdoridan ko’p bo’ladi.Plyonkalar ostida karam ko’chatlari,bodrining va pomidor yetishtirish bo’yicha o’tkazilgan tajribalar ijobiy natijalar bermoqda.Masalan,plyonkalar ostida yetishtirilgan karam ko’chatlarining hosildorligi oyna bilan yopilgan parniklarda yetishtirilgan 17-18% ko’p bo’lgan.Hozirgi vaqtda olimlarimiz ishlatish muddati uzoq,arzon, optic ko’rsatgichlari yaxshi plyonkalarni yaratish ustida ilmiy tekshirishlar olib bormoqdalar.Masalan,sanoatda polivinilxlorid plyonkasini tayyorlashga kirishildi.
Polivinilxlorid plyonkani ishlatish muddati ancha katta bo’lib,teplitsalarda 3-yilgacha foydalanish mumkin,shu bilan birga elastic va juda tiniq.Bu plyonka infraqizil nurlarni o’tkazmaydi,shuning uchun ham bunday plyonka bilan yopilgan teplitsa va parniklarda havoning temperaturasi huddi oyna bilan qoplangandek bo’ladi.