2.3. QUYOSH SOVITGICHLARI.
O’rta Osiyo respublikalarining iqlim sharoiti yoz oylari ancha issiq bo’lib,kunduz kunlari havoning temperaturasi ba’zan gacha ko’tarilishi hammaga ma’lum.Bunday ob-havo sharoitida oziq-ovqat mahsulotlarini buzilib qolishdan saqlash qiyinlashadi.Shuning uchun ham suniy ravishda sovuq hosil qilishga imkon beradigan qurilmalardan foydalanish zarur.Bunday qurilmalardan issiq ob-havo sharoitida binolar ichidagi havo temperaturasini pasaytirishda foydalanish ayniqsa katta ahamiyatga ega.
Respublikamiz olimlari olib borayotgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar quyosh energiyasi hisobiga ishlaydigan sovitgich qurilma quyosh sovitgichini qurish mumkinligini ko’rsatmoqda.Quvvati unchalik katta bo’lmagan quyosh sovutgichlari elektrlashtirilmagan joylarda (masalan yaylovlarda) chorvadorlarning kundalik ishlatishlari uchun go’st,yog’,sutlarni hamda ichimlik suvlarni saqlashda ayniqsa foydali qurilmalar bo’la oladi.
8-rasm. Quyosh sovutgichi tuzilishining sxemasi.
O’zbekiston respublikasi fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti va Buxoro pedagogika instituti tomonidan tayyorlangan va sinab ko’rilgan,kundalik turmush uchun mo’ljallangan quyosh sovutgichining tuzilishi va ishlash prinspi bilan tanishaylik.Quyosh sovutgichining tuzilishi (8-rasmda) sxematik ravishda ko’rsatilgan bo’lib,uning asosiy qismlari:generator-adsorber, kondensator, ressiver, bug’latgichlar o’zaro ketma-ket ulangan. Quyosh sovitgichining asosiy qismi “issiq yashik’’ tipidagi qurilma generator bo’lib, uning ichida o’zaro parallel trubalar (diametrik 50 mm) kollektorga payvand qilingan .
Trubalarni kukun holidagi kalsiy xlorid bilan to’ldirladi . Ammiak kalsiy xloridning butun hajmi bo’yicha yuritiladi.
Quyosh radiaktsiyasining “issiq yashik’’tipidagi qurilmaning ikki qavatli oynasida o’tgan qismi, generatorning qora sirtini qizdiradi va natijada trubalar ichidagi kalsiy xlorid gacha isiydi, undagi yutilgan ammiak bug’lana boshlaydi. Hosil bo’ladigan 18-20 atm bosim ostida ammiak bug’lari kondensatordan o’tib sovushi sababli suyiladi. Suyuq ammiak esa mahsus idish ressiverga oqib tushadi va unda kun davomida yig’ilib boradi.(generator yuziga quyosh nuri tushayotgan vaqda).
Quyosh botganda sovitgich generatori soviganligidan generatoda ammikning bug’lanishi to’xtaydi va bosim kamayadi. Shu vaqtdan boshlab ressiverdagi suyuq ammiak ustidagi bosim kamayganligidan ammiak sovitish shkafining ustki qismida joylashgan bug’latgichga o’tib bug’lanadi va uning devorlarini sovitadi. Ammiak bug’lari esa generatodagi kalsiy xlorid tomonidan yutiladi va bu pratsess ressiverda yig’ilgan ammiak tomon bo’lguncha davom qiladi. Shundan so’ng quyosh radiyatsiyasi sovitgich generatori yuziga tushishida yuqorida bayon qilingan protsess yana takrorlanadi.
Yuqorida biz tavsivlab o’tgan quyosh sovitgichda tajriba tarzini o’tkazilgan sinovlarda quyosh sovitgichining sirtidan bir kunda 4 kg muz hosil bo’ladi. Sinash vaqtida sovitgich shkafi ichidagi minimal temperatura gacha yetgan. Bu qurilma qo’zgaluvchan qismlarga ega emas, shu bilan birga elektr energiyasi istemol qilmasligi kabi afzalliklarga ega. Bundan tashqari kandensatorni havo bilan sovitiladi
Shuni aytib o’tish kerakki,hozirgi vaqtda sutka davomida ishlayveradigan quyosh sovitgichlarini ham qurish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |