2.5.PAST TEMPERATURALI QUYOSH
ENERGITIK QURILMALARI
Ma’lumki ``issiq yashik`` tipidagi quyosh qurilmalarining foydali ish koeffitsienti 40-50% gat eng va kun davomida sirtidan olinadigan foydali issiqlik energiyasi 3000 kkal gacha yetishi mumkin.Agar bu qurilmalarda ishchi jism (issiqlik oluvchi) sifatida yengil bug’lanadigan moddalar (Freon,ammiak,etil spirtlari) dan foydalanilsa, ularning temperaturasini gacha oshirishganda hosil bo’ladigan bug’larning boshlang’ich bosimi 15-20 atm ga yetadi.Bunday bosimdagi ishchi jism (gaz)dan unchalik katta bo’lmagan bug’ trubinalarini va porshenli nasoslarni harakatga keltirish mumkin.
Bunday energitik qurilmalarda past temperaturada ishlaydigan quyosh qurilmalari (``issiq yashik``) ishlatilgani uchun ularni past temperaturali quyosh energitik qurilmalari deb yuritiladi.
Past temperaturali quyosh energitik qurilmalaridan birining prinspial qurilmasi 20-rasmda keltirilgan.Quyosh nurlarining ``issiq yashik`` tipidagi qurilma 1 ning ichiga o’tgan qismi ishchi jismni bug’lantiradi. Ishchi jismning bug’lanishi natijasida hosil bo’ladigan bug’lar bir tomonlama ishlaydigan,bug’ni teskari tomonga o’tkazmaydigan maxsus ventildan o’tgach bug’ yig’gich 2 da to’planadi. Bug’ bosimi 15-20 atm ga yetgach, uni bug’ trubinasi 3 ga yuboriladi. Bug’ trubinasining vali aylanishi natijasida unga birkitilgan uzgaruvchan tok generatori 4 ham ishga tushadi. Bug’ trubinasi valini aylantirish jarayonida bug’ ish bajarib, soviydi va kondensatorda suyuladi. Nasos 6 suyuq ishchi moddani truba bo’ylab yana generatorga haydaydi. Quyosh nurlari ``issiq yashik`` tipidagi qurilma yuziga tushib turganida yuqoridagi protsess davom etaveradi. Bunday tipdagi qurilmalarning umumiy foydali ish koeffitsienti 10-15 % gacha yetishi mumkin.
Xulosa.
Quyoshning nuriy energiyasi energiyaning boshqa turlariga, issiqlik energiyasiga aylanadi.
Quyoshning energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishda ishlatiladigan eng sodda qurilma ``issiq yashik`` tipidagi qurilmalardir.
Quyosh energiyasi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Mening B.M.Ishimda quyoshning nuriy energiyasini to`plamasdan ishlaydigan “Issiq yashik” tipidagi quyosh qurilmalari hozirgi vaqtda eng ko`p tarqalgan qurilmalardir. Bunday qurilmalar past haroratli quyosh qurilmalaridir.
B.M.Ishimda shu qurilmalarning turlari, tuzilishi,ishlash prinsiplari amaliy va nazariy holda keltirilgan.
Bu qurilmalar:
Quyosh suv isitgichlari.
Quyosh suv chuchutgichlari.
Quyosh tiplitsa va parniklari.
Quyosh quritgichlari.
Quyosh sovutgichlari.
Bu qurilmalar qishloq xo`jaligining madaniy hayotini va turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Kollej, litsey va qishloq maktablarida quyosh energiyasiga oid malumotlar bilan ham tanishtirib boorish muhim ahamiyatga egadir. Fizika faning o`qitishda o`quvchilarni hozirgi zamon geliotexnikasining yutuqlari bilan tanishtirib boorish o`quvchilarni ishlashga, o`qitishni ilmiy saviyasini oshirishga fizika fanini o`qitishni qishloq xo`jaligi bilan bo`g`lanishning hamda fizika bilan boshqa fanlar orasidagi bog`lanishni kuchayishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |