2.4.QUYOSH ENERGIYASIDAN UYLARNI ISITISHDA VA SOVITISHDA FOYDALANISH
O’rta Osiyoning iqlim sharoitida yoz kunlari juda issiq,qish kunlari sovuq bo’ladi.Shuning uchun yoz faslida xonalarni salqin qilish va qish vaqtida isitish zarur bo’lib qoladi.Binolarni isitish va sovitish ishlarida quyosh energiyasidan foydalanish xalq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega.Chunki binolarni isitishga ko’plab qazilma yonilg’ilar sarf bo’lmoqda.Quyosh energiyasidan foydalanib,qazilma yonilg’ilarni tejash mumkin.[10.11]
Quyosh energiyasidan foydalanib, uylarni isitish va sovutishda turli xil qurilmalar ishlatiladi.Bu qurilmalardan quyosh suv isitgichlarida foydalanishni qarab chiqaylik.
Uy tomining janubga qaragan nishob tomoniga gorizantga burchak ostida o’rnatilgan ``issiq yashik`` tipidagi quyosh suv isitgichi quyosh energiyasini issiqlikka aylantirishga xizmat qiladi.Quyosh nurlari``issiq yashik``ning oynali tomonidan qurilmaning ichiga o’tib, uning qora rangga buyalgan qozonida yutiladi va qozonning ichiga oqib kirayotgan temperaturasi bo’lgan suvni isita boshlaydi.Bu suv uyning shipiga va devorlariga o’rnatilgan trubalardan oqib o’tishida xonalarni isitadi.Suv isitgichdagi issiq suvning temperaturasi gat eng bo’ladi.( -rasm)
Agar xonani isitish lozim bo’lmay qolsa,isigan suv uyning padvaliga o’rnatilgan bak-akkumulyatorda yig’ila boradi.Yig’ilgan issiq suvdan havo bulut bo’lgan kuni yoki kechasi foydalanish mumkin.Nihoyat quyosh energiyasi suvni isitish uchun yetarli bo’lmay qolganda yonilg’i bilan ishlaydigan qurilma ishga tushiriladi.
Yoz vaqtida qurilma kunduz kuni issiq suv bilan ta’minlash va boshqa turli ehtiyojlar uchun ishlatiladi.Kechasi qurilmaning oyna bilan qoplangan sirtidan yupqa qatlam qilib suv oqiziladi. Natijada suv bug’lanayotganda sovib, temperaturasi gacha pasayadi vasovuq suv uchun mo’ljallangan bak-akkumulyatorlarda to’planadi.Sovigan suv nasos yordamida binolarni sovitish sistemasiga yuboriladi.Sovitish sistemasi sifatida uyning shipi va devorlariga o’rnatilgan trubalardan foydalaniladi.Akkumulyatsiyalangan sovuq suvni kunduzi nasos yordamida yuqoriga chiqarib,qishda xonalarni isitish,yozda sovitishda foydalaniladi.
Tajribalar ko’rsatadiki,qurilmaning sirtidan yil davomida issiqlik olish mumkin.Bu esa 400kg ko’mirni yoqqandagi ajralib chiqqan issiqlik miqdoriga tengdir.
Quyosh nuri energiyasi yordamida isitish,issiqlik suv bilan ta’minlash va havoni sovitishning yuqorida bayon qilingan sistemasini bolalar bog’chalarida,maktablarda,unchalik katta bo’lmagan binolarda qo’llash mumkin.
O’zbekistonda quyosh energiyasi yordamida uylarni isitish va sovitishni amalgam oshirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini O’zbekiston Fanlar akademiyasining Fizika-texnika institutida G’.Umarov, R.Avezov va boshqa olimlar muvoffaqiyatli olib bormoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |