Fizika o‘qitishning ahamiyati va uning



Download 45,5 Kb.
Sana28.01.2023
Hajmi45,5 Kb.
#904645
Bog'liq
Fizika o‘qitishning ahamiyati va uning


3.O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish. Mustaqil ishlarning turlari.
0‘quvchilarning mustaqil ishlari deganda o‘qituvchi topshirig'ini maxsus ajratilgan vaqt ichida o'quvchilar bajarishlari tushuniladi. Bu vaqtda o‘qituvchi kuzatib, rahbarlik qilib turadi.
Fizika o‘qitish jarayonida o'quvchilar tomonidan quyidagicha mustaqil ishlarni bajarishlari mumkin:

  • masala yechishda turli ish shakllari;

  • laboratoriya amaliy ishlar;

  • qidiruv elementiga ega bo‘lgan frontal tajribalar;

  • tarqatma materiallar bilan ishlash;

  • kinematik sxemalar bilan ishlash;

  • o‘rtoqlarining javoblari va chiqishlarini taqriz qilish, axborot va referatlar tayyorlash; tajribalarni kuzatish va undan xulosalar chiqarish;

  • asboblar va ko'rgazmalar tayyorlash va hokazo.

Mustaqil ish qanday bo‘lishidan qat’i nazar rahbarlik rolini o‘qituvchi bajaradi. U mustaqil ishning hajmi va mazmunini, darsdagi o‘rnini, uslubini aniqlaydi, vazifa tuzadi, o‘quvchilarga yo‘llanma beradi, o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgatadi. Mustaqil ishlar o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos tushishi, ular bajara oladigan va qiziqarli bo'lishi lozim.
Agar o‘qituvchi o‘quv jarayoniga muntazam ravishda turli ko‘rinishdagi mustaqil ishlarni kiritib borsa, o‘quvchilarda mustaqil ishlash ko‘nikma va malakasi shakllanib boradi.

Darslik (kitob) bilan mustaqil ishlash.
Darslik o‘quvchilar tomonidan fan asoslarini egallashlaridagi asosiy vositadir.
O‘rta maktabda o‘qish davrida o‘quvchilar kitob bilan ishlaganda quyidagi ko‘nikma va malakaga ega bo‘lib chiqishlari lozim:

  1. hodisalarning asosiy belgilarini, qonunlarning mohiyatini ajrata olishlari;

  2. rasm, chizma va grafiklardan foydalana olishlari;

  1. o'qiganlarining rejalarini tuza olishlari;

  1. o‘qiganlarini o‘z tillari bilan mantiqan ketm'a-ket va boshqa materiallar bilan to‘ldirilgan holda bayon qila olishlari;

  2. mustaqil ravishda formulaning matematik kelib chiqishini tushuna olishlari;

  3. mundarija, nom va ism ko‘rsatkichlaridan foydalana olishlari;

  4. katalog bilan ishlay olishlari va bibliografiya tuza olishlari lozim.

Kitob bilan va yordamchi adabiyotlar bilan ishlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichning vazifasi o‘quvchilarda kitob bilan ishlashning boshlang‘ich ko‘nikma va malakasini hosil qilishdan iborat. Bunda o‘quvchilarga sodda matnlar berilib o‘quvchilar uni o‘qib, o‘qituvchi oldindan qo‘ygan savollarga javob topadilar.
Ikkinchi bosqichda murakkabroq masala qo‘yilib, o‘quvchilar oldindan tayyorlab qo‘yilgan, bir turdagi ko‘pgina matnlarga oid bo‘lgan umumlashtiruvchi rejalar asosida matn dagi asosiy fikrlarni ajratadilar. Hodisa, fizik kattalik va qonunlarning umumlashgan rejalari quyidagichadir.
Maktablarda ko‘p hollarda quyidagicha kechalar o‘tkaziladi: qiziqarli fizika kechasi; fizika va texnikaning ayrim muammolariga bag'ishlangan kechalar, u yoki bu olimning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan kechalar, ijodiy mushoiralar va hokazo.
XULOSA

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki avvalo o’quvchilarni mustaqil ishlari deganda o’qituvchi topshirig’ini maxsus ajratilgan vaqt mobaynida o’quvchilar bajarishlari tushuniladi.
O’quvchilarni fizikadan o’quv va ilmiy ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlarga o’rgatish orqali o’quvchilarni fizika faniga qiziqishlarini oshirish.
-Qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlashga o’rgatish.
-O’quvchilarni mustaqil ishlar bilan ishlashlari orqali izlanishga undash.
-Masala yechishda turli ish shakllaridan foydalanish.
-Sxemalar bilan ishlash.
-Labaratoriyalar bilan ko’proq mustaqil ishlash.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. BARKAMOL AVLOD O’ZBEKISTON TARAQQIYOTINING


POYDEVORI. TOSHKENT. “SHARQ” 1998.
2. SADRIDDINOV N. “FIZIKA O’QITISHNING USLUBI ASOSLARI”
TOSHKENT.“O’ZBEKISTON” 2006.
3. V.G.RAZUMOVSKIY “O’QUVCHILARNI IJODIY QOBILIYATI
O’STIRISH” TOSHKENT. “O’QITUVCHI” 1978.
4. “FIZIKA O’QITISH METODIKASI ASOSLARI”. A.V. PYORISHKIN,
V.G. RAZUMOVSKIY, V.A. FABRIKANT TAXRIRI OSTIDA.
TOSHKENT .”O’QITUVCHI” 1990.
5. AZIZXO’JAYEVA N.N. “PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA PEDAGOGIK
MAHORAT” TOSHKENT. “O’ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI
ADABIYOT JAMG’ARMASI NASHRIYOTI” 2006.
6. БЕСПАЛКО В.П. “СЛАГАЕМЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ТЕХНОЛОГИИ”МОСКВА. “ПЕДАГОГИКА” 1989.


Download 45,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish