Fizika o`qitish metodikasi
1. Pedagogik jarayonning vazifasi nimalardan iborat?
J: bilim berish, tarbiyalash,rivojlantirish
2. Nima uchun fizika texnikaning asosini tashkil qiladi deyiladi?
J: barcha texnik qurilmalarning ishlashini va ulardagi jarayonlarni tushuntiri bergani uchun
3. O`qituvchi darsga tayyorlanishda o`quv materialini qaysi nuqtaviy nazardan tahlil qilishi kerak?
J: ilmiy-metodik nuqtaiy nazardan
4. Amaliy mashg`ulotlarning asosiy maqsadi nimadan iborat?
J: ma’ruzada o`tilgan nazariy materialni to`laqonli o`zlashtirilishini ta’minlash
5. Keys-stadi metodining ma’nosi nima?
J: inglizcha case – to`plam, aniq vaziyat, stadi(study) – ta’lim
6. Fizika o`qitish metodikasi qanday savollarga javob berishi kerak?
J: yoshlarni nima uchun o`qitamiz? Yoshlarga nimani o`qitamiz? Yoshlarni qanday o`qitamiz?
7. Oliy ta’lim tizimida joriy nazorat odatda qaysi mashg`ulotlarda amalga oshiriladi?
J: amaliy va labaratoriya mashg`uloti, seminar
8. Fizika o`qitish metodikasining maqsadi nimadan iborat?
J: uzluksiz ta’lim tizimida fizika o`qitish sifatini oshirishdan
9. Qanday ta’lim vositalarini bilasiz?
J: texnik, yordamchi, o`quv uslubiy
10. Muammoli o`qitish texnologiyasi bosqichlarini belgilang.
J: muammoli vaziyat, muammoli savol, muammoli vazifa, muammo yechimi
11. Oliy ta’lim tizimida o`qitish shakllari to`liq berilgan javobni toping.
J: ma’ruza, seminar, amaliy, labaratoriya mashg`ulotlari, mustaqil ta’lim, amaliyot
12. Pedagogika oliy o`quv yurtlarida o`qitiladigan nazariy fizika kursi qanday bo`limlardan iborat?
J: Klassik mexanika, Elektrodinamika, Kvant mexanika, Statistik fizika, Termodinamika
13. Interfaol ….. ma’nosini anglatadi? Nuqtalar o`rnida qoldirilgan so`zni toping.
J: ta’lim olish uchun o`zaro harakat qilish
14. Fizikadan masalalar ishlash nima uchun kerak?
J: talabalarda fizik hodisalar orasidagi bog`lanishlarni, qonunlarni, nazariyalarni chuqur o`rganishga, mantiqiy fikrlash va bog`lanuvchanlikni rivojlantiradi
15. Fizika o`qitish metodikasi didaktika bilan qanday bog`langan?
J: uzliksiz ta’lim tizimida fizika o`qitish didaktik prinsiplarga asoslangan
16. O`quv eksperimentining turlari?
J: labaratoriya, namoyish eksperimenti
17. Fizika o`qitish metodikasining umumiy masalalari nima?
J: fizikaning barcha bo`limlarini samarali o`qitishga taalluqli masalalar
18. Dars jarayonida yangi bilimlarni berishda asosiy o`rinni nima egallaydi?
J: yangi mavzu bayoni
19. Darslik va o`quv qo`llamalarning farqi nimada?
J: davlat ta’lim standartlari talabalarning bajarilishida
20. Fizik masalalar qanday turlarga bo`linadi?
J: fizik masalalar matn, eksperimental, grafik va tadqiqot turlarga bo`linadi
21. Fizika o`qitish metodikasi nuqtai nazaridan ma’ruzaning maqsadi qanday?
J: o`qitiladigan mavzu talabalarga yangi nazariy bilimlar berishi kerak
22. Qaysi texnologiyalarda o`quvchilarda aqliy faoliyat usullarini shakllantirish funksiyasi yetakchi o`rin egallaydi?
J: muammoli ta’lim texnologiyalari
23. Ma’ruza deganda nimani tushunasiz?
J: o`qitishni tashkil etishning yetakchi shakli
24. Soyaning hosil bo`lishi qaysi qonunni tasdiqlaydi?
J: yorug`likni to`g`ri chiziq bo`yicha tarqalishi qonunini
25. Fizika o`qitish metodikasida muammoli o`qitish qachon samarali bo`ladi?
J: qachonki o`qitish jarayonida muammoli vaziyat yuzaga keltirilsa
26. Pedagog so`zining qaysi tomonlarini boshqarishnio`rganishi kerak?
J: diqqat va muskullarini
27. Didaktikaga muammoli o`qitishni kim kiritgan?
J: M.I.Maxmutov
28. Fizika o`qitishni uyushtirishning qanday shakllarini bilasiz?
J: fizika o`qitishning yakka, guruh, sinf-dars shakllarini
29. Pedagogika oliy o`quv yurtlarida nazariy fizikani izchillik prinsipini qo`llab o`qitishni qanday tushunasiz?
J: o`uv materialini uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlari fizika kursi bilan bog`lash va uni bosqichma-bosqich rivojlanishini ko`rsatishni
30. Nima uchun fizika o`qitish metodikasida muammoli o`qitish metodi mavjud?
J: qo`yilgan masalaning mohiyati va hal qilinishini yaxshi tushunish uchun
31. Izchillikning prinsipining metodologik asosi nimadan iborat?
J: falsafaning izchillik qonuni yoki prinsipidan iborat
32. Oliy o`quv yurtlarida fizika o`qitish nechta asosiy vazifalarni bajarish kerak?
J: 5
33. O`quvchilar bilan o`qituvchilar dars jarayonida qanday munosabatda bo`lishi kerak?
J: o`qituvchi va o`quvchi orasida hamkorlik va ishonch
34. O`quv materialini metodik tahlil qilish nima?
J: o`qitiladigan materialni tarkibiy elementlarga ajratishni
35. Fizika o`qitish metodikasi va fizika o`qitish texnologiyasini farqi bormi
J: umumiy holda farqi yo`q
36. Hisoblash masalalrini yechishning qanday usullari ,avjud?
J: 1. Arifmetik usul 2. Grafik usul
37. “Texnologiya” so`zi haqida tushuncha bering.
J: “tehne” – mahorat, sna’at, “logos” – tushuncha, ta’limot
38. “Deduksiya” qanday ma’noni anglatadi?
J; deduction-surishtirib bilish
39. Fizik praktikumning maqsadi nimadan iborat?
J: talabalar bilimini mustahkamlash va chuqurlashtirishdan iborat
40. Fizika o`qitish metodikasida qo`llaniladigan empiric va nazariy metodlar qayerdan kelgan?
J: falsafaning ilmiy bilish nazariyasidan
41. O`quv materialini ilmiy tahlil qilishni qanday tushunasiz?
J: uni zamonaviy fizika fanining qarashlariga va tushunchalariga mos kelishi yoki kelmasligini