Foydalanilgan adabiyotlar
H.U.Usmonov, H.R.Rustamov, H.R.Rahimov. “Fizikaviy ximiya”. Toshkеnt: “O`qituvchi”, 1974, 488 b.
А.Г. Стромберг, Д.П. Семченко. «Физическая химия». М.: «Высшая школа», 2001, 510 с.
X.I. Akbarov, R.S. Tillaеv «Fizik kimyodan amaliy mashg`ulotlar».
К.П.Мишенко, А.А.Равдел, А.М.Пономарева «Практические работы по физической химии». Л.: «Химия», 1982. Ruscha nashridan tarjima. Toshkеnt: «O`zbеkiston»,
Ф.Даниэльс, Р. Олберти “Физическая химия”. М.: “Мир”, 1978, 645 с.
М.В.Товбин “Физическая химия”.Киев: “Высшая школа”, 1975, 488 с.
Свешников А.Г., Боголюбов А.Н., Кравцов В.В. Лекции по математической физике.-М.: МГУ, 1993.
Solohitdinov MATEMATIKA Matematik fizika tenglamalari.T.: O’zbekiston, 2002.
www.ziyonet.uz
www.wikipedia.org
www.google.com
www.kitob.uz
Умумий ўрта, ўрта махсус ва касб-ҳунар коллежларида физикани ўқитиш усуллари
Маъруза режаси:
Умумий ўрта таълимда физика ўқитиш усуллари
Академик лицейларда ва касб-ҳунар коллежларида физика ўқитиш усуллари
Fizika fani−eksperimental fan. Fizikani o’qish, o’rganish, o’zlashtirish jarayonida o’quvchilar birmuncha qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Bu vaqtda o’quvchilarda o’z bilimiga ishonchsizlik paydo bo’lib, oqibatda fandan zerikish kabi salbiy holat yuzaga kelishi mumkin.
Bugungi zamon fizika o’qituvchisi esa o’quvchilarga fizika fanidan zaruriy bilimlarni beribgina qolmay, ularda fanga qiziqish uyg’ota olishlari kerak-ki, natijada bu sohada yaxshi mutaxassis, yetuk kadrlar yetishib chiqsin. O’qituvchi o’tgan har bir dars boshqa darsdan farq qilishi kerak. Darsni yangi pedagogik texnologiyalar, axborot vositalari, ko’rgazma qurollari asosida tashkil qilsak, bu dars qiziqarli, sifatli chiqadi va ta’lim samaradorligi kafolatlanadi.
Akademik litseylarda “Elektromagnit induksiya hodisasi” mavzusini o’qitish usullari deb nomlangan kurs ishini yoritib berishda akademik litseylarda “Elektromagnit induksiya hodisasi” mavzusining berilishi, “Elektromagnit induksiya hodisasi” mavzusini yoritishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari, “Elektromagnit induksiya hodisasi” mavzusini o’qitishda namoyish tajribalaridan foydalanish usullari kabi rejalardan foydalanamiz. 1831-yilda ingliz fizigi M. Faradey magnit maydon yordamida elektr toki vujudga kelishini tajriba yordamida ko’rsatdi. Bu hodisaga elektromagnit induksiya hodisasi, vujudga kelgan tok esa induksion tok deyiladi. Elektromagnit induksiya hodisasining kashf qilinishi ulkan ahamiyat kasb etib, magnit maydon yordamida elektr toki hosil qilish mumkinligini isbotladi. Bu bilan elektr va magnit hodisalari o’rtasida o’zaro bog’lanish mavjudligi ko’rsatilib, elektromagnit maydon nazariyasi yaratilishiga turtki bo’ldi.
“Elektromagnit induksiya hodisasi” mavzusini akademik litseylarda o’qitilishini ko’rib chiqar ekanmiz, shuni aytib o’tishimiz mumkinki, akademik litseylarda bu mavzuga ikki soat vaqt ajratilgan bo’lib, mavzuni o’quvchilarga tushuntirib berishda har bir o’qituvchi turli pedagogik texnologiyalardan foydalanadi. Yuqorida aytib o’tilgan rejalar asosida mavzuni tushuntirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishni ham ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |