“fizika” fanidan mustaqil ish



Download 429,21 Kb.
bet2/3
Sana13.06.2022
Hajmi429,21 Kb.
#666129
1   2   3
Bog'liq
Rahmonov Mirvohid fizika fanidan mustaqil ishi

U, I L, I C, I g


15.7-rasmda yana chastotali quyidagi tavsiflar keltirilgan.


IL(ω) =U(ω)/ωL va Ic(ω) =U(ω)
Xususiy holda, qachonki ω=0 ga ega bo‘lsaU=0 ga ega bo‘lamiz.
Chunki o‘zgarmas tokda induktiv g‘altakdagi tok nolga teng va mos ravishda barcha tok g‘altak orqali o‘tishi sodir bo‘ladi va ω= ∞ da U=0 bo‘ladi, chunki mazkur holatda kondensatorning qarshiligi nolgacha pasayadi.Hamda mos ravishda barcha tok kondensator orqali o‘tishi sodir bo‘ladi.
Yana ω=ω0 holda shunday bir oniy holatga erishiladiki, bunda Ic=IL bo‘ladi va g‘altak hamda sig‘imdagi toklar o‘zaro kompensatsiyalanadi. Shunda barcha I tok g o‘tkazuvchanlikkaega bo‘lgan qismdan o‘tadi.
Qachonki r,L,C lar ketma-ket yoki paralel ulanganida quyidagi o‘tkaza olish oraligi, konturning buzilishi, nisbiy buzilishi va umumlashgan buzilish kabi tushunchalar kiritiladi.
3.Oʻzgaruvchan tok — tok kuchi (kuch lanish) va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan davriy ravishda oʻzgaradigan elektr toki; keng maʼnoda — vaqt boʻyicha oʻzgaradigan har qanday elektr toki. Oʻzgaruvchan tokni oʻzgartirish, mas, uzoq masofaga uzatish, toʻgʻrilash, chastotasini oʻzgartirish kabi amallarning bajarilishi nisbatan oddiyligi uning afzalligi hisoblanadi. Asosiy koʻrsatkichlari: chastotasi va tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati. Sanoatda foydalaniladigan oʻzgaruvchan elektr tarmoqlarida tok kuchi va kuchlanish garmonik tarzda 50 Gs chastota bilan oʻzgaradi. Zanjir uchlaridagi oʻzgaruvchan kuchlanishni elektr styalardagi generatorlar vujudga keltiradi. Tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati deganda maʼlum vaqt ichida oʻtkazgichdan Oʻzgaruvchan tok oʻtganda ajraladigan issiqlik miqdoriga teng issiqlik ajratadigan tok kuchi tushuniladi. Tok kuchi va kuchlanishning taʼsir etuvchi qiymatlari Oʻzgaruvchan tok zanjiriga ulangan ampermetr va voltmetr bilan oʻlchanadi. O’zagaruvchan tokning yo’nalishi va kuchi o’zgarib turadi. Umuman olganda, o’zgaruvchan tok deyilganda tok kuchining va kuchlanishning bir davrdagi o’rtacha qiymati nolga teng bo’ladigan davriy tok tushuniladi. Konturda qaror topgan majburiy elektromagnit tebranishlarni zanjirda oqayotgan elektr toki sifatida qarash mumkin. O’zgaruvchan elektr toki grmonik qonunga muvofiq o’zgaradi. O’zgaruvchan EYUK bir marta to’la tebranishi uchun sarflanadigan vaqtga o’zgaruvchan tokning davri T deyiladi.
Bir sekunddagi to’la tebranishlar soniga o’zgaruvchan tokning chastotasi (v) deyiladi.

O'zgaruvchan tok parametrlari. O’zgaruvchan elektr yurituvchi kuch ta’sirida berk konturda hosil bo’ladigan tok o’zgaruvchan tok deyiladi va uning tok kuchi tarmoqlarga ajralmagan o’tkazgichning turli kesimlarida turlicha bo’ladi. Bunday cheklash ahamiyatga ega bo’lmasligi uchun, tok kuchi hamda zaryadlarning taqsimlanishi tekshirilayotgan sistemaning bir – biridan eng uzoqda yotgan qismlari o’rtasidagi masofani bosib o’tishiga ketadigan vaqt ichida kam o’zgarishi kerak. Ushbu shartni qanoatlantiradigan toklar kvazistatsionar toklar deyiladi. Bunday toklar hamma vaqt Om va Kirxgoff qoidalariga bo’ysunadilar.
O’zgaruvchan tokning asosiy parametrlaridan biri – davri bo’lib, tokning qiymati bir marta to’liq tebranib o’zining avvalgi qiymatiga qaytishi uchun ketgan vaqtdir. U birlik vaqt ichidagi tebranishlar soni – chastota bilan quyidagicha bog’lanishga ega:

O’zgaruvchan tok ega bo’lishi mumkin bo’lgan maksimal oniy qiymat bu uning amplitudasi Im dir. Garmonik qonun bo’yicha o’zgarayotgan tokning har ikkala yo’nalishdagi amplitudalari o’zaro teng bo’ladi. Tok kuchi va kuchlanishning amplituda qiymatlari o’rtasida
munosabat mavjud.
O’zgaruvchan tokning yana bir asosiy parametri – tok fazasi hisoblanadi. Bunda tokning amplitudasi davriy ravishda o’zgarib turadi, shu sababli, o’zgaruvchan tokning effektiv qiymati (fazasi) tushunchasi kiritilgan. O’zgaruvchan tok generatoriga ulangan tashqi zanjir faqat R qarshilikka ega bo’lib, sig’imi va induktivligi juda kichik bo’lsa, qarshilik uchlaridagi kuchlanish Om qonuni asosida quyidagicha o’zgaradi:

B undan shunday xulosa qilish mumkin: agar zanjirda faqat qarshilik bo’lsa, kuchlanish ham tok kabi sinusoidal qonun bo’yicha o’zgaradi va kuchlanish tebranishlari orasidagi fazalar farqi nolga teng bo’ladi.
O'zgaruvchan tok uchun Om qonuni. Qarshilik, sig’im va induktivlik ketma-ket ulangan zanjirdan o’zgaruvchan tok oqayotgan bo’lsin. Ular ketma –ket ulanganligi uchun, umumiy kuchlanish ularning har biridagi kuchlanishlarning yig’indisiga teng bo’ladi. Bu kuchlanishlarning har biri sinusoida qonuni bo’yicha o’zgaradi.
Kuchlanishlarni qo’shishda garmonik tebranishlar vektor diagrammalaridan foydalanib, quyidagiga ega bo’lamiz:

Bu tenglamada kuchlanish amplitudasi tok amplitudasiga proporsionalli-
gidan, o’zgaruvchan tok uchun Om qonuni deb ataladi.
Natijaviy tebranishning boshlang’ich fazasini ko’rsatuvchi burchak
tangensini quyidagi formula yordamida aniqlaymiz:

O'zgaruvchan tok zanjiridagi sig’im va induktivlik. S klemmalarga o’zgaruvchan elektr yurituvchi kuch ulangan bo’lsin.
Zanjir ketma – ket ulangan C sig’im, L o’zinduk-siya va R qarshilikdan tashkil topgan. Konturning L o’zinduksiyaga ega bo’lgan qismida o’zinduksia elektr yurituvchi kuch paydo bo’ladi:
; konturdagi to’liq elektr yurituvchi kuch
ga teng.
Kondensator qoplamalaridagi potensiallar ayirmasi, undagi zaryad miqdori tenglamalridan foydalanilsa va ularni vaqt bo’yicha differensiallansa quyidagi differensial tenglama hosil bo’ladi:

Bu tenglamani bir – biriga ketma – ket ulangan sig’im, o’zinduksiya va qarshilikka ega bo’lgan zanjirdagi tok qanoatlantirishi zarur. Ushbu tenglamaning yechimini davri elektr yurituvchi kuchning davriga teng bo’lgan davriy funksiya sifatida izlab, quyidagilarga ega bo’lamiz:
;


B u tengliklar biz izlayotgan yechimni beradi: zanjirdagi tokning davri unga ulangan elektr yurituvchi kuchning davriga tengdir; bu tokning amplitudasi topiladi. Tokning fazasi elektr yurituvchi kuchning fazasiga nisbatan qandaydir burchakka siljigan bo’ladi.
O’zgaruvchan tok. Kuchlanish va toklarning rezonansi. Konturda majburiy tebranishlar sodir bo’layotgan vaqtdagi tok kuchi va kuchlanishning amplituda qiymati bu majburiy tebranishlarni yuzaga keltiradigan elektr yurituvchi kuchning chastitasiga bog’liq.
Majbur etuvchi kuch chastotasining biror – bir aniq qiymatida majburiy tebranishlar amplitudasining keskin oshib ketishi, ya’ni maksimal qiymatga erishishi, rezonans deb ataladi. Rezonans yuzaga kelgandagi majbur etuvchi kuch chastotasi rezonans chastota, amplitudasi esa rezonans amplituda deyiladi va quyidagicha aniqlanadi:

(bu yerda - so’nish koeffitsiyenti);

Tebranish konturida majbur etuvchi elektr yurituvchi kuchning biror bir chastotasida kondensator qoplamlaridagi kuchlanishning maksimal qiymatga erishishi kuchlanish rezonansi deb ataladi. Bu vaqtda rezonans chastota konturning parametrlari R,L,C bilan quyidagicha bog’liq:

Tok kuchining amplitudasi maksimumga erishishini ta’minlash uchun (**) tenglamaning maxraji minimumga intilishi lozim. Bu esa shart bajarilgandagina amalga oshadi. Shularni hisobga olib, quyidagi xulosaga kelamiz:
Tebranish konturida tok rezonansi yuzaga kelishi uchun majbur etuvchi elektr yurituvchi kuchning chastotasi konturning xususiy chastotasiga teng bo’lishi kerak.

Qarshilikning har xil qiymatlarida tok kuchi amplituda qiymatining konturning chastotasiga bog’lanishi keltirilgan.
Induktivlik va sig‘imga ega bo‘lmagan aktiv qarshilikni biror zanjirda sodir bo‘ladigan xodisani kurib chikaylik
Agar zanjirning o‘zgarmas tokdagi qarshiligi …R1.. ga teng bo‘lsa, shu zanjirdan o‘zgaruvchan tok utganda uning qarshiligi ortadi va qiymati biror R ga teng bo‘ladi. Tajriba o‘zgaruvchan tok chastotasi ortishi bilan zanjirning qarshiligi ortishini ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘tkazgichning o‘zgarmas tokdagi omik qarshilik deb ataluvchi qarshiligidan fark qilishi uchun o‘sha o‘tkazgichning o‘zgaruvchan tokdagi qarshiligi aktiv qarshilik deb ataladi. Modomiki o‘tkazgichning aktiv qarshiligi tokning chastotasi ortishi bilan ko‘paysa unda asosan sirt effekti tufayli hosil buluvchi bu xodisa yukori chastotalarda ayniksa ayniksa muxim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bu toklar o‘tkazgichning sirtida birlamchi tok yo‘nalishida o‘tkazgichning ukida esa birlamchi tokka teskari yunalishda utadi.
Natijada o‘tkazgichning ichida tok zaiflashadi sirtida esa kuchayadi . Aktiv qarshilikdan o‘zgaruvchan tok utganda o‘tkazgich ukining yakinida tokning zichligi deyarli nolga teng bo‘ladi hamma tok o‘tkazgichning sirtida utadi.
Zanjir kismlariga quyidagi sinusoidal kuchlanish berilgan deb faraz qilaylik:

u = Um sin ( t +)


Zanjirdagi tok kuchi qanday o‘zga rishini kurib chiqamiz


Tokning oniy qiymatini Om qonuniga kura aniqlash mumkin :

i = u / R = Um / R sin ( (t +()


yoki

i = Im sin ( t +)


ifodalarni o‘zaro solishtirib zanjirdagi tok kuchi va kuchlanish faza jihatidan bir- biriga mos keladi deyish mumkin.


Tok kuchining amplitudasi kuchlanishning amplitudasi bilan quyidagicha boglangan:

Im = Um / R




Ifodaning ung va chap tomonlarini (2.. ga bulib yezsak aktiv qarshilik uchun Om qonuni kursatuvchi formulaga ega bulamiz



I = U / R

O’zgaruvchan tok quvvati
Elektr energiyasi boshqa turdagi energiyalarga qaraganda hech shubhasiz katta afzalliklarga ega. Uni simlar orqali deyarli energiya isrof qilmasdan uzoq masofalarga uzatish mumkin, iste’molchilar o‘rtasida taqsimlash qulay. Eng muhimi, bu engergiyani oddiygina qurilmalar yordamida energiyaning boshqa turlariga: mexanik energiyaga, ichki energiyaga (jismlarning isishi), yorug‘lik energiyasiga va shu kabi energiyalarga aylantirish mumkin.
O‘zgaruvchan tokning o‘zgarmas tokka nisbatan shunday afzalligi borki, uning kuchi va kuchlanishini deyarli energiya yo‘qotmasdan juda keng chegaralarda o‘zgartirish (transformatsiyalash) mumkin. Ko‘pgina elektrotexnik va radiotexnik qurilmalar uchun o‘zgaruvchan tokni ana shunday o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Lekin elektr energiyasini uzoqqa uzatishda kuchlanish va tokni transformatsiyalash ayniqsa zarurdir.
Elektr tokini generatorlar ishlab chiqaradi. Generator biror turdagi energiyani elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilmadir.
Hozirgi vaqtda o‘zgaruvchan tokning elektromexanik induksion generatorlari eng muhim o‘rin tutadi. Bu generatorlarda mexanik energiya elektr energiyasiga aylantiriladi. Ularning ishlash prinsiplari elektromagnit induksiyasiga asoslangan. Bunday generatorlarning tuzilishi uncha murakkab emas. Shu bilan birga ular yetarli darajada yuqori kuchlanishda kuchli tok hosil qilish imkonini beradi.
Elektr ta’minoti sistemasiga energiya manbalari, kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi podstansiyalar, elektr uzatish va taqsimlash liniyalari, elektr tarmoqlari va boshqa yordamchi qurilmalar kiradi.
Elektr energiyasini asosan, elektr stansiyalarida o‘rnatilgan uch fazali generatorlar ishlab chiqaradi.
Texnikada va amaliyotda o‘zgaruvchan tok ko‘p ishlatiladi, chunki o‘zgaruvchan tokni ishlab chiqarish va ishlatish qulay. Kengroq ma’noda aytganda, yo‘nalishi va miqdori jihatidan o‘zgaradigan har qanday tok o‘zgaruvchan tok deb ataladi. Ammo elektrotexnikada, ko‘pincha, davriy o‘zaruvchi toklar o‘zgaruvchan tok deb ataladi. O‘zgaruvchan tok, ya’ni davriy deb ataladi, chunki vaqt o‘tishi bilan tokning o‘zgarishi takrorlanadi. Tokning o‘tish vaqti o‘zgaruvchan tokni davri deyiladi. Ular ichida eng oddiysi va qulayi sinusoidal toklardir. O‘zgaruvchan tok, ya’ni sinusoidal deb ataladi, chunki tokning o‘zgarishi vaqtga nisbatan sinus qonuniga muvofiq ro‘y beradi.
Ii O‘zgaruvchan tokning bitta to‘la o‘zgarishi sikl deb aytiladi. Bitta siklning davom etish vaqti davr deyiladi. Bir sekund ichida bo‘lgan sikllar soniga o‘zgaruvchan tok chastotasi deyiladi.
Barcha elektrostansiyalarda hosil bo‘lgan o‘zgaruvchan tokning chastotasi f=50 Gs ga teng. Masalan, agar f=50 Gs teng bo‘lsa, u paytda bir sekund ichida EYUKni yoki tokning o‘zgarishini 50-ta to‘la sikllari ro‘y beradi.


O‘zgaruvchan tok yana siklik yoki davriy chastotasi ω bilan harakterlanadi. ω,f va T orasida bog‘lanishlar quyidagi formulalar bilan berilgan:
ω=2πf(1)(2)
O‘zgaruvchan tok o‘zining oniy qiymatlari bilan, ya’ni tok kuchining, kuchlanishni va EYUKni oniy qiymatlari bilan harakterlanadi. Tok kuchi vaqt bo‘yicha sinusoidal o‘zgaradi:
i=JmSin(ωt+α0)(3)
Tokning ixtiyoriy paytdagi bu qiymatiga o‘zgaruvchan tokning oniy qiymati deyiladi. Tokning Jm eng katta qiymatiga o‘zgaruvchan tokning amplituda qiymati deyiladi.

O‘zgaruvchan tok manbaining EYUKsi ε yoki tashqi zanjir qismidagi kuchlanishi u ham, tok kuchi singari sinusoidal qonuniyatga bo‘ysinadi:
ε = Εm Sin(ωt+α0) (4)
u = Um Sin(ωt+α0) (5)
(3), (4), (5) formulalardan ko‘rinadiki, EYUKning faza o‘zgarishi bilan tok kuchi, kuchlanishning faza o‘zgarishi bir xildir.O‘zgaruvchan tokni o‘lchashi uchun uning o‘rtacha issiqlik ta’sirini o‘zgarmas tokning issiqlik ta’siri bilan taqqoslashiga asoslangan.O‘zgarmas tok t=T vaqt ichida R qarshilikka ega bo‘lib Q1 issiqlik ajratadi.
Q1 = J2 RT (6)
O‘zgaruvchan tok ham shu vaqt ichida,R,qarshilikdagi,Q2 issiqlik,ajratadi:t=Tvaqt ichida o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklar bir xil issiqlik miqdorini ajratadilar va shuning uchun:
Q1 = Q2 (8)
cos2ωtdt = 0, chunki cos 2ωt funksiyasining T bir davr ichidagi qiymati nolga teng. Shuning uchun tok kuchi effektiv yoki ta’siriy qiymati quyidagiga teng bo‘ladi:
Shunday qilib, sinusoidal o‘zgaruvchan tok uchun tok kuchining effektiv qiymati amplituda qiymatidan 2 marta kichik bo‘ladi.
Xuddi shuningdek, EYUK va kuchlanishning effektiv qiymatlari ham amplituda qiymatlaridan 2 marta kichik bo‘ladi.
O‘tkazgichda birday vaqt ichida o‘zgaruvchan tok ajratgan issiqlikka teng issiqlik ajrata oluvchi o‘zgarmas tokning tok kuchi Jeff ga o‘zgaruvchan tokning ta’sir yoki effektiv qiymati deyiladi.
Amalda o‘zgaruvchan toklar tok kuchi, EYUK va kuchlanishning faqat effektiv qiymatlari bilan harakterlanadi. Masalan, odatdagi tok tarmog‘i 220 V li effektiv kuchlanishdan iborat bo‘lib, uning amplitudasi, ya’ni kuchlanishning eng maksimal qiymati 310 V ga teng bo‘ladi. O‘zgaruvchan tok zanjirlari o‘zgarmas tok zanjirlaridan farq qiladilar, chunki o‘zgaruvchan tok zanjirida tok kuchini, kuchlanishni va EYUK ni vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi ro‘y beradi. O‘zgaruvchan tok zanjirlari quyidagi zanjirlardan tashkil topgan:
1. Aktiv qarshilikli (rezistorli) o‘zgaruvchan tok zanjiri.
Elektr energiyani befoydali yuqotishiga olib keladigan qarshilik aktiv yoki rezistorli deyiladi va quyidagi formuladan hisoblanadi:
Shuningdek, agar o‘zgaruvchan tok zanjirida R, XL, Xc qarshiliklar ketma-ket ulangan bo‘ladi. Agar o‘zgaruvchan tok zanjiriga ketma-ket ulangan induktivlik va sig‘im qarshiliklar bir xil, ya’ni XL=Xc bo‘lsa, u paytda to‘la reaktiv qarshilik, ya’ni X=XL-Xc nolga teng bo‘ladi, shuning uchun tok kuchi va kuchlanishning vektorlari orasida faza siljishi ro‘y bermaydi .
Ushbu ro‘y beradigan hodisa kuchlanish rezonansi deyiladi, chunki g‘altakdagi kuchlanishning qiymati UL va kondensatordagi kuchlanishning qiymati Uc tarmog‘idagi kuchlanishning qiymatidan ancha katta qiymatlarga ega bo‘ladilar.
Agar zanjirda kuchlanish rezonansi hodisasi ro‘y bersa, u paytda zanjirda energiya faqat aktiv qarshilikning issiqlik ta’siriga sarflanadi, lekin g‘altak va kondensator oralig‘ida energiya almashishi ro‘y beradi. Buning natijasida, agar kondensatorning elektr energiyasi kamaysa, g‘altakning magnit energiyasi oshadi, va teskari.
Rezonans sharti UmL=Umc dan zanjirga ulangan o‘zgaruvchan tok manbaining rezonans siklik chastotasi ωrez teng bo‘ladi:
O‘zgaruvchan tok zanjirida ajralgan quvvat tok kuchi va kuchlanishlarning ta’sir (effektiv) qiymatlariga hamda tok bilan kuchlanish orasidagi fazaning siljishiga bog‘liq bo‘ladi.
bunda φ- faza siljishi bo‘lib, cos φ – quvvat koeffitsiyenti deyiladi.
o‘zgaruvchan tok zanjirida ajralgan quvvat cos φ ga bog‘liq bo‘lib, bunda ikki xil bo‘lishi mumkin:
1. Agar zanjirda faqat aktiv qarshilik R, ya’ni XL = 0 va Xc = 0 bo‘lsa, φ = 0 yoki cos φ = 1 bo‘ladi va quvvat maksimal qiymatga erishadi. Zanjirda ajralgan maksimal quvvatga to‘la quvvati deyilib, u esa S harfi bilan belgilanadi:
S = Uef · Jef 
S to‘la quvvat voltamper (B · A) larda o‘lchanadi
[S] = 1 B · A
2. Agar zanjirda aktiv qarshilik bo‘lmasa, ya’ni R = 0, u holda
ga yoki cos φ = 0 bo‘lgani uchun formuladan
P = Jef · Uef · cos φ = 0
Binobarin, faqat reaktiv qarshilikli o‘zgaruvchan tok zanjirida ajralgan quvvat nolga teng. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin: o‘zgaruvchan tok davrining birinchi yarmida tok manbadan zanjirga o‘tgan energiya davrining ikkinchi yarmida tok manbaiga qaytarilar ekan. Natijada energiya sarf bo‘lmaydi.
O‘zgaruvchan tokni uzatish liniyalarida quvvat koeffitsiyenti muhim ahamiyatga ega chnki u zanjirda energiyani yo‘qotishini harakterlaydi. Elektr uzatish liniyalarini loyihalashda quvvat koeffitsiyentini yuksaltirishga harakat qilish kerak.
Bizning zamonamizda elektr energiyasi ishlab chiqarish va undan foydalanish darajasi jamiyatda ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib qoldi. Bunda energiyaning eng universal va foydalanish uchun eng qulay turi bo‘lgan elektr energiyasi yetakchi o‘rin tutadi.
Texnikaning barcha asosiy sohalarida chuqur sifat o‘zgarishlari sodir bo‘lmoqda. Masalan, energetikadagi o‘zgarishi organik yoqilg‘i bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalardan atom elektr stansiyalariga o‘tish bilan bog‘langan. Materialshunoslik sohasida bunday o‘zgarishlar odatdagidan tashqari, biroq amaliyot uchun juda muhim xossalarga ega bo‘lgan sun’iy materiallar industriyasini yaratish bilan bog‘liqdir. Transport, qurilish, aloqa hozirgi zamon texnikasining prinsipial jihatdan yangi, yanada unumliroq va takomillashgan sohalari bo‘lib bormoqda.
Sanoat va qishloq xo‘jaligi tobora kompleks avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishga aylanib bormoqda. Kompleks avtomatlashtirish turli-tuman elektron boshqarish va nazorat-o‘lchov qurilmalariga tayanadi, bularsiz avtomatlashtirishni tasavvur qilish mumkin emas. Bu qurilmalarning ilmiy asoslari, shuningdek, ularning amalda ishlatilishi radioelektronika, qattiq jism fizikasi, atom yadrosi fizikasi va hozirgi zamon fizikasining boshqa qator bo‘limlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Energetikadagi o‘zgarishlarga atom energiyasining paydo bo‘lishi sabab bo‘ldi. Atom yoqilg‘isida saqlanadigan energiya zahiralari hali sarflanmagan odatdagi yoqilg‘i energiya zahiralaridan ko‘p marta katta bo‘ladi. Shuning uchun energetik maqsadda atom yoqilg‘isidan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Termoyadro elektr stansiyalari kelgusida insoniyatni energiya manbalari haqidagi tashvishdan umrbod xalos qiladi.

Download 429,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish