1Jadval. Qizdirish kuchlanishining uch har xil qiymati Ui , U2 va U3 lar uchun anod toki IA ning anod kuchlanishi UA dan bog’liqligi. -Qizdirish kuchlanishi chiqishining(a) manfiy qutbini va tok manbaidagi 500 V chiqish (b)ni xavfsiz ulash kabellari bilan ulang va bundan tashqari ularni taqsimlash shitining “yer” razetkasiga ulang.
-Qizdirish kuchlanishi chiqishning manfiy qutbini universal shtativning F4 razetkasiga va musbat qutbini F3 rozetkasiga ulash uchun xavfsiz ulash kabellaridan foydalaning.
-IA anod tokini o’lchash uchun anod ulash kabelini ampermetrning minus klemmasiga ulang va ampermetrning plyus klemmasini 500 V chiqishning musbat qutbiga ulang.
-UA anod kuchlanishini o’lchash uchun voltmetrni 500 V chiqishga ulang.
-Mos keluvchi o’lchash diapazonini tanlang (maslan, ampermetrda mA va voltmetrda 500 V).
-Tok manbaini va ampermetrni kuting. Diodning qizdirish simi birdaniga qizil bo’lib yonishi kerak.
-Agar zarurat tug’ilsa diodni tekshirib ko’rish uchun oling va universal shtativ P diod o’rtasidagi kontaktlar yaxshi ulanganligini tekshirib ko’ring.
TAJRIBALARNI O’TKAZISH Eslatma: Vakuumli diodga qizdirish kuchlanishi ulanganda yoki kuchlanishning qiymati o’zgarganda qizdirgich yangi temperaturaga bir necha sekund ichida erishadi. Shuning uchun qizdirgich ulangandan tajribalarni boshlash mumkin.
-Aylanma potensiometr yordamida 5.0 V qizdirish kuchlanishini o’rnating.
-UA anod kuchlanishini aylanma potensiometr (b) yordamida 0 V dan boshlab orttira borib bir qancha kuchlanishlar uchun anod toki IA ni yozib oling (o’lchash misollariga qarang).
-Kuchlanishning 5.5 V va 6.0 V qiymatlari uchun ham tajribalarni takrorlang.
Hisoblashlar va natijalar. Xatoliklarni baholash. 4-rasmda qizdirish kuchlanishining uch har xil qiymati U1 , U2 va U3 lar uchun anod toki IA ning anod kuchlanishi UA dan bog’liqligi keltirilgan. Hajmiy zaryadlarning chegaralash sohasi va topyinish sohasi C aniq ajralib turibdi. Qizdirish kuchlanishining kattaroq bo’lishi topyinish tokining kattaroq bo’lishiga olib keladi. Bu esa topyinish tokining katoddan ajralib chiqayotgan elektronlar soniga tog’ri proportsional bo’lish faktini tasdiqlaydi. Lengmyur-Chayld tenglamasini tekshirib ko’rish uchun anod toki (I A3/2) ning anod kuchlanishi (UA)ga bog’liqligi 5-rasmda chizilgan. (1) tenglamaga asosan chiziqli bo’lishi kutilayotgan bog’lanish grafikdan aniq ko’rinadi va bu qonunning to’g’riligini tasdiqlaydi.
O’zlashtirish uchun savollar Vakumda elektr toki o’tishini tushintiring
Termoelektron emissiya deganda nimani tushinasiz?
Vakuumli diod uchun VAX tushintiring.
To’yinish tiki deganda nimani tushinasiz?
Anod tokini oshirish uchun nima qilish kerak?
LABORATORIYA ISHI № 8
XAFSIZLIK TEXNIKASI. OPTIKA VA KVANT FIZIKASI LABORATORIYASI BILAN TANISHISH
1. Fizikaviy kattaliklarni o’lchash. Biror-bir kattalikni o’lchash deganda bu kattalikning birlik sifatida qabul qilingan bir jinsli etalon kattalik bilan solishtirilib, undan necha marta katta yoki kichikligini bilish tushuniladi. Fizikaviy kattaliklarni absolyut aniq o’lchab bo’lmaydi. Fizikaviy kattaliklarni o’lchash jarayonida o’lchov asboblarining tuzilishiga hamda kuzatuvchining sezgi organlarining sezgirligiga bog’liq ravishda o’lchash natijalari ma’lum xatoliklar bilan aniqlanadi. Topilgan natijalar o’lchanayotgan kattaliklarning taqribiy qiymatini beradi. O’lchashda ro’y beradigan xatoliklar ikki guruxga bo’linadi: sistemali va tasodifiy xatoliklar. a) Sistemali xatoliklar. Bunday xatoliklar odatda tajriba o’tkazilguncha aniqlanishi mumkin bo’lgan xatoliklardir. Ular asosan ishlatiladigan asboblarning ayrim kamchiliklari tufayli yuz beradi va ayni bir kattalikni takroriy o’lchashlar jarayonida ularning qiymatlari doimo bir xil bo’ladi. Masalan, masshtabli chizg’ich shkala bo’limlarining bir xil emasligi, kapillyar naycha diametrining uning turli qismlarida turlicha bo’lishi, elektr o’lchov asboblari strelkalarining nol qiymatidan siljib qolganligi va x.k.lar sistemali xatoliklarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Sistemali xatoliklardan ko’p xollarda ularni o’lchov asbobi ko’rsatishiga tuzatma sifatida hisobga olish yo’li bilan yoki o’lchov asboblarini etalon o’lchov asboblari bilan solishtirish natijasida qutilish mumkin.