4
O‘quv rеjaga tushuntirish xati
Ushbu oq‘uv reja O‘zbekiston Respublikasining «Ta`lim to‘g‘risidagi» qonuni, «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» talablari va Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi
«Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida»gi 390-sonli, 2003-
yil 29-oktabrdagi »Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limiga izchil o`tishni
ta`minlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi 473-sonli, Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 24-iyundagi “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test
markazi faoliyatini takomillashtirish to`g`risida»gi 293-sonli, 2004-yil 9-iyuldagi «2004-2009-
yillarda maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-
tadbirlari to`g`risida»gi 321-sonli qarorlari hamda Sog`liqni saqlash vazirligining ko`rsatmalari
asosida tasdiqlangan. XTV ning 2008 yil 24-maydagi “Umumta`lim maktablari uchun 2008-
2009-o`quv yiliga mo`ljallangan o`quv rejani tasdiqlash to`g`risida” gi 154-sonli buyrug`iga
asosan tuzilgan. O`quv reja tarkiban davlat va maktab kompоnentlaridan iboratdir.
Fizika fanining nazariy asoslarini chuqur o‘rganish va amalda qo‘llay olishni o‘rgatish
maqsadida amaliy mashg’ulotlar ko’paytirildi.
Ixtisoslashgan maktablar va fizika fani chuqur o`qitiladigan sinflar uchun mazkur o‘quv
rejada davlat va maktab ixtiyoridagi soatlardan:
Fizika yo’nalishidagi dars sоatlarini ko’paytirishda asоsan
-V sinfda fizika fani uchun оna tilidan 0,5 sоat, xorijiy tildan 0,5 soat;
-VI sinfda fizika fani uchun оna tilidan 0,5 sоat, xorijiy tildan 0,5 soat, mеhnat ta’limi fanidan 1
sоat;
-VII sinfda fizika fani uchun оna tilidan 0,5 sоat, xorijiy tildan 0,5 soat, mеhnat ta’limi fanidan 1
sоat;
-VIII sinfda fizika fani uchun maktab ixtiyoridan 1 soat, mеhnat ta’limi fanidan 1 sоat;
-IX-sinfda fizika fani uchun оna tilidan 0,5 sоat, xorijiy tildan 0,5 soat, mеhnat ta’limi fanidan 1
sоat;
Mazkur sinflardan olingan soatlar fizika faniga ixtisoslashtirilgan maktablar va chuqurlashtirib
o`qitiladigan maktablarda maxsus fanlarni o`qitishga qo`shib berildi.
VIII-IX sinflardagi “Mehnat” dars soatlari chuqur o‘rganiladigan “Fizika” fanlarining
amaliyotda qo’llanilishi va shu soha bo‘yicha o‘quvchilarni kasb ixtisosligiga yo‘naltirish uchun
beriladi. Maktab ixtiyoridagi soatlar ixtisoslashtirilgan ta’limni tashkil qilish hamda mazkur
tushuntirish xatida belgilangan mashg’ulotlarga ajratiladi:
Maktab ixtiyoridan haftasiga 1 soat olinib, “Fizika” fanlari chuqur o‘qitiladigan sinflar
uchun o‘quvchilarning qiziqishlariga ko‘ra ijodiy qobiliyatlarni o‘stiruvchi guruh
mashg‘ulotlariga ixtisoslashtirilgan ta’limni tashkil qilishga qo‘shib berildi.
Fizika fani ixtisosligiga yo`naltirilgan sinflarda maxsus fanlarni o`qitishda o`quvchilar ikki
guruhga ajratib o`qitiladi. Maktab ixtiyoriga ajratilgan soatlardan ayrim fanlarni chuqurlashtirib
o`qitish maqsadida berilganda sinflarni guruhlarga bo`lib o`tilishi mahalliy moliya organlari
bilan kelishilgan holda hal etiladi. Ona tili, xorijiy til va mehnat fanlaridan olingan dars soatlarini
to`ldirish bo`yicha mavzuiy rejalashtirish va tushuntirish xati hamda fizika fanidan o`quv
dasturlari Respublika ta`lim markazi tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanadi.
Yozgi amaliy mehnat mashg`ulotlari uchun ajratilgan V sinf uchun 4 soatdan 6 kunlik, VI
sinf uchun 4 soatdan 6 kunlik, VII sinf uchun 4 soatdan 10 kunlik, VIII sinf uchun 4 soatdan 16
kunlik vaqt o ‘quvchilarning mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish va kasbga yo ‘naltirish
maqsadida maxsus ishlab chiqilgan, ota-onalar, mahalla qo ‘mitalari raislari bilan kelishilgan,
maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amaliy mashg`ulotlar va tadbirlarni
o`tkazish uchun sarflanadi.
Oquv reja maktab pedagoglari va ota-onalar kengashining qarori va joylardagi xalq
ta`limi boshqarmalarining kelishuvi asosida tanlanadi.
Maktabning o`quv rеja bilan bоg`liq (maktab ihtiyoridagi sоatlarni maktab o`quv rеjasiga kiritish
va h.) faоliyati ХTVning amaldagi me`yoriy hujjatlari bilan amalga оshiriladi.