Yorug`lik nuri ba’zi kristallardan o`tganda ikkita nurga ajraladi. Bu ikkilanma nur sindirish deb nom olgan hodisa island shpati (Ca CO3-kalsiy karbonat tuzi) uchun 1670 yilda Daniyalik fizik Erazm Bartolomin tomonida kuzatilgan edi. Ikkilanma nur sindirish vaqtida nurlardan biri odatdagi sinish qonuniga bo`ysinadi va tushuvchi nur hamda normal bilan bir tekislikda yotadi. Bu nur (normal) oddiy nur deb ataladi va O bilan belgilanadi. Nurlarning ikkinchisi g`ayrioddiy (anomal) nur deb ataldi uni e harfi bilan belgilanadi va uning uchun nisbat tushish burchagining o`zgarishi bilan o`zgaradi. Hatto yorug`lik normal bo`yicha tushganda ham g`ayrioddiy nur, umuman qaytganda, dastlabki yo`lidan og`adi. Nikol prizmasi deb ataladigan polyarizator juda keng tarqalgan. U island shpati prizmalarini kanada balzami bilan yopishtiriladi. Bunda kanada balzamini sindirish ko`rsatgichi n bo`lib u nnn0 shartni qanotlantirishi kerak. Oddiy nur to`la ichki qaytishga uchraydi, g`ayrioddiy nur esa bemalol o`tib ketadi. Ba’zi kristallarda nurlardan biri ikkinchisiga qaraganda ko`proq yutiladi. Bu hodisa dixroizm deb ataladi. Ko`zga ko`rinadigan nurlarda kuchli dixroizm turmalin kristallida kuzatiladi. Unda oddiy nur 1 mm uzunlikda deyarli butunlay yutiladi.
3.Ikkilanma nur sindirishdagi qutublanish
Sirtlar yuzi katta bo`lgan qutblovchi asboblar polyaroidlar deyiladi. Polyaroid juda kuchli dixroik kristall hisoblangan gerapatitning qalinligi 0,1 mm bo`lgan po`sti nurlardan birini haqiqatda butunlay yutib olib, bunday yupa qatlam qutblovchi vazifasini o`taydi. Zamonaviy polyaroidlar spektrning binafsha va qizil soxalarini qisman qutblangan hola o`tkazadi. Polyaroidlar avtomobil yo`llarida haydovchining ko`zini qarshidan kelayotgan mashina farasini ko`zni qamashtirish ta’siridan muhofaza qilishda ham tatbiq etiladi. Buning uchun avtomobilning oldingi oynasi va faralari polyaroiddan yasaladi
4.Yorug'likning qaytishi va sinishida qutublanish
Agar yorug`lik nurining ikkita dielektrikni ajratib turuvchi chegaraga (masalan, shisha plastinka sirtiga) tushish burchagi nolga teng bo`lmasa, qaytgan va singan nurlar qisman qutblangan bo`ladi. Qaytgan nurda tushish tekisligiga perpendikulyar tebranishlar ko`proq bo`ladi (nuqtalar), singan nurda esa tushish tekisligiga parallel tebranishlar ko`proq bo`ladi . Yorug`likning tushish burchagining tangensi dielektrikning absolyut sindirish ko`rsatkichiga teng bo`lsa qaytgan nur to`liq qutblanadi . tg=n (1) Bu munosabat Bryuster qonuni nomi bilan yuritiladi iB burchak Bryuster burchagi yoki to`la qutblanish burchagi deb ataladi. Yorug`lik Bryuster burchagi ostida tushganda qaytgan va singan nurlar o`zaro perpendikulyar bo`ladi.