Fizika fanida Mustaqil ish 2 Mirzayev Jaloliddin 315 20 guruh talabasi
Fizika fanida Mustaqil ish 2
Mirzayev Jaloliddin 315_20 guruh talabasi
Mavzu:Tirqish orqali Fraungofer difraksiyasi
Reja: 1.Yorug'lik Difraksiyasi 2.Tirqish orqali Fraungofer difraksiyasi 3.Ikkilanma nur sindirishdagi qutublanish 4.Yorug'likning qaytishi va sinishida qutublanish 5.Xulosa 6.Foydalanilgan adabiyotlar
1.Yorug'lik Difraksiyasi
Yorug`lik to`lqinlarining to`siqlarni aylanib o`tib geometrik soya sohasiga burilish hodisasi yorug`lik difraksiyasi deyiladi. Тo`lqin uzunligi to`siq o`lchami bilan o`lchovdosh kattaliklar bo`lganda, ya’ni da kuchli difraksiya kuzatiladi. Тo`lqinlar difraksiyasi hodisasi Gyuygens prinsip yordamida tushuntirilishi mumkin. Gyuygens prinsipiga binoan to`lqin harakat yetib borgan har bir nuqta ikkilamchi to`lqinlar uchun markaz bo`lib xizmat qiladi, bu to`lqinlarning o`rab olgan egri chiziq keyingi momentdagi to`lqin frontining vaziyatini beradi.
1.Yorug'lik Difraksiyasi
Frenel Gyuygens prinsipini ikkilamchi to`lqinlar interferensiyasi haqidagi tushuncha bilan to`ldirdi. Biror S manbadan tarqalayotgan yorug`likning to`lqin sirtining har bir elementi ikkilamchi sferik to`lqinning manbai bo`lib u to`lqinning amplitudasi r masofa ortgan sari 1/ r qonun bo`yicha kamayib boradi. Demak to`lqin sirtining har bir ds elementidan R nuqtaga quyidagi to`lqin keladi: Difraksiya hodisasi ikki xil bo`ladi. Agar yorug`lik manbai va kuzatish nuqtasi R nuqtaga boruvchi nurlar deyarli parallel dastani hosil qilsa, Fraungofer difraksiyasi yoki parallel nurlardagi difraksiya kuzatiladi. Aks holda Frenel difraksiyasi kuzatiladi.
2.Tirqish orqali Fraungofer difraksiyasi
Тirqishdan hosil bo`ladigan Fraungofer difraksiyasi.Kengligi a ga teng bo`lgan BC tirqishga parallel nurlar dastasi tushayotgan bo`lsin. Тirqish uzunligi 1 a. Тirqish orasiga nurlarni bosh fakal tekislikda to`plovchi L linza o`rnatilgan. Тirqishga yetib keluvchi to`lqin frontining har bir nuqtasi barcha tomonga tarqaluvchi tebranishlarning manbaidir. Dastlabki yo`nalishdan burchakka burilib ketuvchi nurlar L linzaning fakaltekisligidagi ekranning F nuqtasiga yig`iladilar. F nuqtadagi interferensiyaning kattaligi BMF va CNF nurlar orasidagi optik yo`l farqi va yorug`lik to`lqinining uzunligi ga bog`liq CD/BC=sin CD= BC=a U holda =asin to`lqin sirtning ochiq qismini bir xil kenglikdagi 2k ta zonaga ajratish mumkin. Agar zonalar soni juft bo`lsa, asin =2k(1/2) k=0,1,2,3 bo`lib difraksiya minimumlari kuzatiladi (qorong`i soha). Agar zonalar soni toq bo`lsa asin= (2k+1)/2 k=0,1,2,3....... difraksiya maksimumlari kuzatiladi (yorug` soxa).