Fizika” fani bo’yicha



Download 12,13 Mb.
bet121/190
Sana28.06.2021
Hajmi12,13 Mb.
#103866
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   190
Bog'liq
Fizika” fani bo’yicha

3.To’lqin funksiya.

Kvant mexanikasining asosiy g’oyalari va prinsiplari haqida.

XIX asrning boshlarida fizika fanining ko’p sohalarida to’plangan eksperemental faktlarni, ayniqsa elektronlarining to’lqin xususiyatlariga, atom spektorlariga bog’liq bo’lgan natijalarning to’planib qolishi klassik mexanikaning elektronlar xossalarini tushintirib bera olmasliklarini ko’rsatdi. Shu sababli mikrozarrachalarni o’rganishga butunlay boshqacha yondoshish lozim bo’lib qoldi, bu zaruruyat kvant mexanikasining paydo bo’lishiga olib keldi.

Shredinger tenglamasi. Kvant mexanikasida klassik mexanikaga qarama-qarshi o’laroq, zarrachalarning to’lqin xususiyatlari hisobga olinadi. Klassik mexanikada jismlarning koordinatalari va ularning tezligini ma’lum vaqt ichida o’zgarishi aniq hisobga olinadi. Kvant mexanikasida esa zarrachalar to’lqin xususiyatiga ega bo’lganliklari uchun zarrachalarni fazoning ma’lum nuqtasida bo’lishini aniq koordinatalari emas, balki shu nuqta atrofidagi sohada ma’lum vaqt ichida topilish ehtimoli beriladi xolos. Kvant mexanikasida xarakatlanuvchi ob’ektning holati to’lqin funksiyasi bilan xarakterlanadi. Bu funksiya koordinata va vaqtga bog’liq bo’lib, ψ(x,y,z,t) simvoli yordamida yoziladi. Bu funksiya kvant mexanikasini yaratgan avstraliya fizigi E. Shredinger nomi bilan yuritiladi. Shredinger ψ funksiyaning aniqlashning umumiy usulini yaratdi va potensial maydonda xarakatlanuvchi mikrozarrachalar uchun tuzilgan masalalarni hal qilish yo’llarni ko’rsatdi. Shredinger tenglamasi o’rnini muhimligi jihatidan fizikada N’yutonning 2 qonuni bilan bir qatorda turadi. Kvant mexanikasi qonunlari murakkab matematik formulalar orqali ifodalanadi. Shredinger tenglamasi esa :

-(h2/2m)·Δψ+uψ=i·h(dψ/dt ) (4)

ko’rinishga ega. Bu formulada i mavhum birlik son (i=√-1) h=h/2π- Plank doimiysi, Δ– Laplas operatori, u- zarrachalarning potensial energiyasi, m- zarrachalarning massasi. Bu tenglamaning echilishi ψ– funksiyani ya’ni zarrachaning potensial maydondagi holatini aniqlaydi.

Geyzenberg aniqmasligi munosabati haqida. Avvalo shuni qayd qilish kerakki, ψ– funksiya kompleks xarakterga ega bo’lganligi sababli uni ob’ektiv fizik reallik deb hisoblab bo’lmaydi. Klassik mexanikada esa to’lqin tarqalaishini ob’ektiv fizik reallik, ya’ni real muhitning xarakati deb qaraladi. Shu sababli kvant mexanikasida ψ– funksiya modilining kvadrati (/ψ/2) haqiqiy son bo’lib, fizik mohiyatga ega deb qaraladi. Shu mulohazalarga asosan ψ– funksiya bilan xarakterlanuvchi zarrachaning ΔV– hajmda bo’lish ehtimoli

Δw = |ψ| 2· Δ V (5)

Ko’rinishda ifodalanadi. Shuni qayd qilish kerakki, agar elektronlar va boshqa mikrozarrachalar atom, molekula va qattiq jismlarda qaralsa, ularning energiyasi diskret (uzlukli) qiymatga ega bo’ladi. bu xulosa kvant mexanikasi kursida Shredinger tenglamasini echish yordamida isbot qilinadi.

Fazoda hajmi yetarli darajada kichik bo’lgan shunday dV=dxdydz hajm ajratib olamizki, bu hajm miqyosida ψ funksiya qiymatini bir xil deb hisoblash mumkin bo’lsin. Bu hajmda zarrachalarning bo’lish ehtimoligi dW3 hajmiga proporsional bo’lib, ψ funksiya modulining kvadratiga bog’liq:

dW3 = |ψ | 2 dV (6)

bundan to’lqin funksiyaning fizik ma’nosi kelib chiqadi:

|ψ| 2 = dW3 /dV (7)

to’lqin funksiya modulining kvadrati ehtimollik zichligiga ya’ni zarrachalarning hajm birligida bo’lish ehtimolligining shu hajmga bo’lgan nisbatiga tengdir.

Ifodani ma’lum bir V hajm bo’yicha integrallab, zarrachaning shu hajmda bo’lish ehtimolligini topamiz:

W3 = ∫ |ψ| 2 dV. (8)


Download 12,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish