2.3. Namoyish tajribalarini tayyorlash va ko’rsatishda didaktik talablar. Namoyish tajribalarini tayyorlashda muammoli vaziyatlar
Tajribalarga qo'yiladigan umumiy didaktik talablar quyidagidir: ko'rgazmali bo'lishi, shu jumladan kishi organlarining ajrata olish qobiliyatlariga mos kelishi; xavfsizligj ta'minlanishi, ishonchli bo'lishi, sodda bo'lishi, takrorlashf va tushuntirilishi oson bo'lishi, vaqt jihatdan chegaralangan va zamonaviy bo'lishi lozim.
Sinfda har bir o'quvchi asboblaming tuzilma elementlarini qurishga imkon beradigan ko'rgazmalilikni ta'minlash; maqsadida quyidagilar zarur:
- tajriba stoli yuqoriroq o’rnatilishi, o'quvchilar diqqatini jalb qiladigan hamma ortiqcha narsalar undan olit qo'yilishi;
- yetarli o'lchamlarga ega bo'lgan maxsus o'quv asboblari qo'llanishi, alohida-alohida o’rnatilishi va asosiy qism lari yorqin rangda, shakllari dona-dona, strelka ko'rsatkichla katta bo'lishi. Tajriba vaqtida asboblami shunday joylashtiris kerakki, ular bir-birini to'sib qo'ymasin;
- oq-qora yoki xira qoplamlari bo'lgan maxsus ekranlar qo'llanishi;
- ko'tarib-tushuriladigan stolchalardan, shtativlardaj asboblami vertikal tekislikda o’rnatish uchun turli xil baland likdagi kursilardan foydalanish;
- asbobningtuzilishi, shuningdek ko'rsatilayotgan hodis» ning tushunilishini yaxshiroq ta'minlash maqsadida detal lar, jarayonlami ekranda tasvirlashning qo'llanilishi;
- elektr asboblarini ulovchi simlar rangli va ulaming tartibli, ketma-ket joylashishini ta'minlash.
Tajribani bajarish jadalligi o'quvchilaming tajriba materialini qabul qilish jadalliligiga mos kelishi kerak. Hodisa tez sodir bo'ladigan bo'lsa, tajriba qaytadan takrorlanadi. Eksperimentniri eng muhim tomoni Uning o'z vaqtida qo'yilishidir. Tajribai namoyish qilish tabiiy holda o'qituvchining hikoya yoki suhbati bilan birga olib borilishi kerak.
2.O'qituvchi va o'quvchilar tomonidan bajariladigan rasm chizma va sxemalar ko'rgazmalilikning asosiy qismlaridan biri bo'lib, u ko'pgina ta'lim va tarbiyaviy masalalami hal qiladi
Rasm so'z kabi real hodisa va predmetlaming umumlashgan obrazidir, u fizik hodisa va qonunlarini o'rganish, o'quvchilaming fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va estetik tarbiya vositasidir.
O'qituvchi va o'quvchilar fizika darslarida quyidagilami bajara olishlari lozim:
- asbob va qurilmalaming sodda rasmlarini chiza olishlari;
- obyektlaming ortogonal proyeksiyalarini bajara olishlari;
- asboblaming shartli belgilari bilan sxemalar chiza olishlari;
- grafik diagrammalar chiza olishlari;
- vaqtni tejash uchun qo'lda chizishni yaxshi bilishlari. Chizmani bajarishni yengillashtirish uchun doskaning bir chetiga katakchalar chizib qo'yish maqsadga muvofiqdir. Chizishni tushuntirish bilan birga olib borish yaxshi natija beradi. Chizish jadalligi shunday bo'lsinki, uni o'quvchilar tushungan holda daftarlariga chizib borishga ulgursinlar. Murakkab chizmalami tajribasi kam, yosh O'qituvchi darsdan oldin doskaga chizib qo'yishi mumkin.
Grafik ko'rgazmali qurollar (plakatlar) o'quvchilami murakkab asboblaming tuzilishi, texnik qurilma va mashinalaming tashqi ko'rinishi va ishlashi bilan tanishtirishga xizmat qiladi. Ular devorga osib qo'yadigan va tarqatma bo'lishi mumkin. Plakat va jadvallami bo'limlar bo'yicha saqlash qulaydir. Solishtirma issiqlik sig'imi, solishtirma qarshilik kabi jadvallami fizika xonasiga osib qo'yilsa yanada yaxshi bo'ladi.
O’quvchilami turli texnik qurilmalar, transport turlari,aloqa, fan va texnika yutuqlari bilan tanishtirishda montajdan foydalaniladi. «Fizika va hayot», «Kosmik parvoz» kabi mantajlami qiziqarli qilib tayyorlash mumkin.
Fziika darslarida tez-tez solishtirma va chiziqli diagrammalardan foydalaniladi. Solishtirma diagrammalari orqali moddalaming solishtirma issiqlik sig'imi, mexanizmlaminj FIK ni tasvirlash mumkin. Kattaliklar orasidagi funksiona bog'lanishlami grafik ravishda tahlil qilishda chiziqli diagram malardan foydalaniladi.
Grafik -kattaliklar orasidagi funksional bog'lanishlami tasvirlashdagi muhim ko'rgazmalardan biridir. Grafik bilai ishlash o'quvchilaming funksional fikrlash qobiliyatlarin rivojlantiradi, grafik savodxonligini orttiradi, hodisa va jarayonlar orasidagi miqdoriy bog'lanishlami chuqurroq tushu; nishga yordam beradi.
Fizika o’qitish jarayonida fundamental ahamiyatga ega bo’lgan fanlarning o’qitilishiga alohida e’tibor qaratish lozim. Bunday fundamental fanlardan biri fizika kursidir. Fizika kursi o’quvchilarni fanning turli sohalari bo’yicha nazariy tayyorlash asoslarini ta’minlash bilan birga ularni hozirgi axborotlar oqimi barq urib o’sayotgan davrda ishlashga ham tayyorlaydi. Bundan kelib chiqib, fizikadan doimiy takomillashtirib turiladigan barcha o’quv mashg’ulotlarini (ma’ruza, laboratoriya ishlari, masalalar echish) o’tkazish metodikasiga yuqori talablar qo’yiladi. Ayniqsa bu, ilmiy-texnik taraqqiyot bilan bog’liq ravishda jihozlari o’zgarib turadigan laboratoriya praktikumi mazmuniga tegishlidir.
Laboratoriya praktikumi o’quvchilarning quyidagi nazariy-eksperimental ma’lumotlarni egallashlarini nazarda tutadi: fizik hodisalarning asoslari va ularning qonuniyatlari bilan tanishtiradi, zamonaviy fizik o’lchash asboblari bilan ishlash ko’nikma va malakalarini hosil qiladi, fizik o’lchash metodlari va eksperiment natijalarini qayta ishlash usullari bilan tanishtiradi. Bundan tashqari, fizika ta’limining ma’ruza va boshqa shakllari bilan chambarchas bog’liq ravishda umumlashtirish, mustahkamlash, rivojlantirish va nazariyaning asosiy holatlarini chuqur o’zlashtirishni ta’minlash vazifalarini bajaradi.
Fizik praktikum bir qator o’quv-tarbiyaviy masalalarni hal qiladi:
- o’quvchilarni bilish metodologiyasi bilan amaliy va nazariy tanishtiradi (nazariya va eksperimentning birligi, o’lchash nazariyasi, absolyut eksperimentni rejalashtirish va uni o’tkazishni o’rgatadi, o’quvchilarning tadqiqiy ko’nikmalarini rivojlantiradi;
- fizika kursining katta bo’limlari bo’yicha o’quvchining bilimlarini umumlashtiradi va sistemaga soladi;
- o’quvchilarning fizika laboratoriyasidagi faoliyatini maksimal individuallashtiradi, mustaqil ishlash ko’nikmalarini shakllantiradi;
- o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi (konstruktorlash, texnik qurilmalarni yig’ish, ularning ishlash tamoyilini o’rganish, asboblarni darajalash va b.).
Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilariga umumta’lim fizikasi Davlat ta’lim standarti (DTS) ga mos keluvchi minimal bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlariga erishish uchun o’quvchilarni ularning qobiliyatlariga yarasha quyi bosqich ta’lim tizimidagi DTS ga mos ravishda izchil davom ettiradigan bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlariga imkoniyat yaratish talab etiladi. O’quv jarayonini takomillashtirish, nafaqat o’quvchilar ko’z o’ngida, o’qituvchilar foydalanadigan tadqiqot metodlarining mohiyatini ochib berish, balki ular ongida o’zlari egallagan nazariy va amaliy bilimlarni boshqalarga, ya’ni o’quvchilarga tushuntirish va o’rgata olish malakalarini tarbiyalovchi metodlarni o’zlashtirishlarini ham nazarda tutadi.
Hozirgi sharoitda pedagogika oliy ta’lim muassasalarining texnika, tabiiy-matematika, jumladan fizika, yo’nalishlarida tahsil olayotgan o’quvchilarga fizik praktikumdan mashg’ulotlar tashkil etishda bir muncha qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Olib borilgan kuzatishlar, shuni ko’rsatdiki, buning asosiy sabablaridan biri, laboratoriya mashg’ulotlari o’tkazilayotgan bunday guruhlarda fizika va matematikadan tayyorgarligi va boshlang’ich eksperimental ko’nikmalarining shakllanganlik darajalari turlicha bo’lgan o’quvchilarning tahsil olayotganliklarida ekanligini ko’rsatmoqda. Bundan tashqari guruhlarda eksperimental ishlarga layoqatli va, aksincha, eksperimental ishlarga nisbatan moyilligi bo’lmagan o’quvchilar hamma vaqt ham topiladi.
Shunga qaramasdan, pedagogika oliy ta’lim muassasalari fizika-matematika fakultetining bitiruvchilari, fizikadan eksperimentni o’tkaza olish ko’nikmalarini egallashlari albatta zarur. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida har bir o’qituvchi, o’quvchilarga faqat fan asoslarini o’rgatish bilangina chegaralanib qolmasdan, ularning politexnik saviyalarini kuchaytirishi, olgan bilimlarini turmushga tatbiq qila bilish va ularning amaliy faoliyatlari uchun keng sharoit yaratib berishlari lozim. O’qitishni politexnikalashtirishda fizika fani muhim o’rin egallaydi. Fizika kursining «Elektrodinamika» bo’limi, xususan elektr toki mavzui bu sohada muhim o’rin tutadi, chunki turmushda va texnikada elektr asboblardan keng foydalanilmoqda.
O’quvchilar fizika kursining har bir mavzusiga oid asosiy qonun-qoidalar haqida talab darajasidagi bilimlarga ega bo’lishi uchun, o’qituvchi dars materiallarini og’zaki bayon etish bilan bir qatorda shu mavzuga doir tajribalarni o’tkazishi, o’rganilayotgan hodisani ular ko’z oldilariga keltirishlariga va bu borada tafakkur faoliyatini rivojlantirishga erishishlari zarur.
Laboratoriya ishlarining har biri o’ziga xos xarakterga ega bo’lib, ma’lum bir maqsadni ko’zda tutadi. Shuning uchun laboratoriya ishlari o’tilgan yoki yangi bayon etiladigan mavzuga doir fizik hodisa va jarayonlarning mohiyatini aniq anglab olishga imkon berishi hamda nazariy bilimlarni amalda tasdiqlashi lozim. Fizika kursida shunday mavzular ham borki, ularga doir tajribalar o’tkazishda yakka asbob emas, balki bir qancha asbob va detallardan tashkil topgan qurilmalardan foydalanishga to’g’ri keladi. «Elektrodinamika» bo’limiga tegishli ko’pgina mavzular (ayniqsa, elektr toki) bo’yicha o’tkaziladigan tajribalarning deyarli hammasi ana shular jumlasidandir.
Fizikadan laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishdagi ko’p yillik tajriba natijalarimiz quyidagi xulosaga olib keldi: o’quvchilarning fizikadan laboratoriya praktikumiga «kirish»dagi tayyorgarlik darajasi turlicha, mulohazalari tarqoq bo’lib, «chiqish»da esa, hamma bu masalada ma’lum «umumiy maxrajga keltiriladi».
Laboratoriya ishlarini fizik praktikum tarzida bajarishning foydali ekanligi bir qator tadqiqotlarda o’z tasdig’ini topgan. Unda laboratoriya ishlarini bajarish, o’quvchilarning individual moyilligi, qiziqishlarini hisobga olish va ularning ijodiy qobiliyatlarining rivojlanishi uchun katta imkoniyat yaratadi.
Fizik praktikum ko’rinishidagi laboratoriya ishlari, tanlangan ishlarga tegishli kurs, qism o’rganilgandan keyin qo’yiladi. Unda o’quvchilar ikki kishidan bo’lib, oldindan olingan topshiriq bo’yicha butunlay mustaqil ishlaydilar. Bunda ular maxsus qo’llanmalardan foydalanadilar. Praktikum ishlari nisbatan murakkab, ularni bajarish uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar, ayrim hollarda, ilmiy-tekshirish laboratoriyalarida va ishlab chiqarishda ishlatiladigan texnik asboblar bo’ladi.
Fizik praktikum - fizikaga oid bilimlarni mustahkamlash, kasbiy va eksperimental tayyorgarlik sifatini oshirishdagi eng istiqbolli metoddir. Uning o’z oldiga qo’ygan eng asosiy maqsadlaridan biri – muayyan o’lchash metodini va o’lchash natijalarini to’g’ri tahlil va talqin qilishga o’rgatish orqali bo’lajak fizika o’qituvchilarining eksperimental ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Fizik praktikumning umumiy masalalari sifatida quyidagilarni ta’kidlash lozim: fizika o’qitishdagi umumiy masalalarning optimal bajarilishiga yordam berish (fikrlashni rivojlantirish, bilish qobiliyatlarini shakllantirish va boshqalar); fizikadan bilimlar tizimliligini ta’minlash, mavzular, bo’limlar va predmetlararo bog’lanishlarni o’rnatish; fizika kursining eng muhim masalalari bo’yicha bilimlarni umumlashtirish va mustahkamlash (chuqurlashtirish); politexnik ta’limni amalga oshirishga yordam berish (o’quvchilarni ba’zi bir texnik asboblar bilan tanishtirish, texnikada uchraydigan fizik kattaliklarni aniqlash metodlarini o’rgatish va boshqalar).
Fizika kursidan praktikum o’tkazishda esa, quyidagi maqsadlar nazarda tutiladi:
a) o’quvchilarga fizikaning asosiy qonunlarini va fizik hodisalarni chuqurroq o’zlashtirishlariga yordamlashish;
b) o’quvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlariga ijodiy yondashishga, eksperimental metodni to’g’ri tanlay bilishga, fizik kattaliklarning qiymatlarini o’lchashga va ularni nazariya bilan taqqoslashga, xulosalar chiqarishga o’rgatish;
v) zamonaviy asbob-uskunalar, hamda fizik o’lchash natijalarini matematik jihatdan ishlab chiqish metodlari bilan tanishtirish.
Bu umumiy maqsad, fizika praktikumida o’quvchilarning bilim darajasiga qarab, har bir konkret holda turlicha yo’llar bilan amalga oshiriladi.Namoyish tajribalarining sifati o’qituvchining eksperimental mahoratiga va namoyishni bekamu-ko’st tayyorlaganiga bog’liq. Ma’ruzada bir yoki ko’pi bilan ikki minut davomida namoyish qilinadigan tajribani tayyorlash uchun tajribali o’qituvchi ham ba’zan soatlab ishlashga to’g’ri keladi. Ma’lumki A.S Popov qobiliyatli o’qituvchi bo’lgan va u ma’ruzalarida namoyish tajribalaridan keng foydalanar edi. Akademik M. A. Shatelen Popovning namoyish tajribalarini tayyorlash haqida quyidagicha yozadi: ‘’U ma’ruzaviy namoyishlarga alohida ahamiyat berar edi, u bu namoyishlarning o’zi loyihalarida, ularni amalga oshirish yo’llarini o’zlari o’ylab topar edi va ma’ruzadan oldin assisentlar bilan birga soatlab namoyish tajribalarini tayyorlar edi. Namoyish muvaffaqiyatli chiqar edi va ularning ko’pchiligi boshqa oliy yurtlarining kafedralariga joriy qilinardi. Ayrim namoyish tajribalari , masalan katta induktivlikka ega bo’lgan zanjirda oqayotgan tokning sekin oshib borishini namoyish qilish tajribasi, ‘’Popov tajribalari deb ataladigan klassik tajribalar bo’lib qoldi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’qituvchi tajribani birinchi marta qo’yish va namoyish qilish uchun ko’p vaqt sarf etiladi. Tajriba mayda – chuydalargacha yaxshi ishlab chiqqach, takrorlab chiqish uchun ko’p vaqt sarf etiladi. O’qituvchilarning ish tajribasi shuni ko’rsatdiki, fizika kabinetida namoyish tajribalarining tafsiloti yoziladigan maxsus jurnal tutilishi kerak. Jurnalda har bir namoyish tajribasining takroran namoyish qilish uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlar yozilib qo’yilishi kerak. Tajribani qo’yishda ko’zga tashlanmaydigan, biroq uning yaxshi chiqishiga katta ta’sir ko’rsatadigan tomonlarga alohida e’tibor berish kerak bo’ladi. Har bir namoyish tajribasida o’ziga xos maxfiy tomonlari bo’lib ular jurnalga albatta qayd etilishi kerak. Yosh o’qituvchilar ma’ruzaga tayyorlanish jarayonida darsga namoyish qilinadigan tajribalarni takror-takror bajarib ko’rsatsa albatta ularga foydali bo’ladi. Shunday tayyorgarlik ko’rish ularda qimmatli malakani shakllantiradi va darsda namoyish tajribalarning muvaffaqiyatli chiqishini kafolatlaydi.
Xulosa
Xulosam shundan iboratki, fizika namoyish eksperimentlaridan muammoli foydalanishning turlicha usullari:
Fizika fani eksperimental fan bo’lganligi uchun u namoyish eksperimenti va laboratoriya mashg’ulotlari asosida o’rganiladi. Ma’lumki, umumiy o’rta ta’lim maktablarining fizika o’qituvchilari shu kungacha namoyish eksperimenti, laboratoriya ishlarini sinflarda an’anaviy usullarda tashkil qilib kelinmoqda. Lekin hozirgi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan bir vaqtda laboratoriya mashg’ulotlarini ham zamonaviy usullarda tashkil etishga zarurat tug’ilmoqda. Shuning uchun ham real fizik laboratoriya mashg’ulotlarini zamonaviy darajada kompyuterda modellashtirish, ya’ni fizikadan virtual laboratoriyalarni yaratish fizika ta’limida dolzarb masalalarning biridir. Bu kabi muammolarni bartaraf qilish maqsadida keyingi yillarda real fizik laboratoriya ishlarini kompyuterda modellashtirish, ya’ni fizikadan virtual laboratoriyalarni yaratish bo’yicha bir qancha ilmiy ishlar olib borilayotganining guvohi bo’lishimiz mumkin. Eksperimental tadqiqotlarni samarali o’tkazish uchun eksperiment metodologiyasi ishlab chiqiladi.
U quyidagi asosiy bosqichlarni o’z ichiga oladi: Eksperimentni reja pragrammasini ishlab chiqish;
O’lchamlarni baholash va eksperiment o’tkazish vositalarini tanlash; Eksperiment natijasida olingan ma’lumotlarni ishlab chiqishi va tahlil qilishi; Eksperimentning natijalari namoyish etishning ko’rgazma shakliga keltirilishi lozim toki ularni qiyoslash va tashkil qilish lozim.Eksperiment metodikasi ishlab chiqilgandan so’ng eksperimental tadqiqot hajmi va mehnat talabligi aniqlanadi. Ular nazariy ishlanmalar chuqurligi va qabul qilingan o’lchash vositalari tavsifiga bog’liq. Tadqiqotning nazariy qismi qanchalik aniq bo’lsa, eksperiment hajmi va mehnat talabligi shuncha kam bo’ladi. Tabiiyki, hajm va mehnat talablik eksperiment turiga bog’liq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi. O’zbekiston, 2014-74 b.
Каримов И.А. Она юртимиз вахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш - энг олий саодатдир. –Т.: Маънавият, 2016.
Каримов И.А. Баркамол авлод-Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. –Т.: Шарқ, 1997-69 б.
Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. –Т.: Ўзбекистон,1998-689 б.
Бекмуродов М., Қуронбоев К. Ўзбекистан таълим тизими. Қиёсий тахлил -Т.: «Маърифат» газетаси, 2015 йил, 8-август №63 (8816).
Глазунов А., Нурминский Т. “Умумий ўрта таълимда физика ўқитиш методикаси” -Т.: Ўқитувчи, 1996-342.б.
Mirzaxmedov B., G’ofurov N., Ibragimov B., Sagatova G. Fizika o’qitish metodikasi. Toshkent, TDPU, 2007.
6.N.Sadriddinov,Z.Jamalova ,,Fizika o’qitish uslubi asoslari’’ Toshkent-,,O’zbekiston’’-2006.
7.O’.Tolipov.M.Usmonboyeva ,,Pedagogik texnologiya:nazariya va amaliyot’’ O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ,,Fan’’nashriyoti-2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |