Birinchi guruh omillarga quyidagilar kiradi:
Insonning asab sistemasida yoki boshqa a’zolaridagi doimiy funksional o’zgarishlar, kasallik sifatidagi yoki shunga yaqin bo’lgan holat. Bularning ichida bir qator qattiq patologik o’zgarishlar ajralib turadi, vaxolangki bular ish qobiliyatining to’la yo’qolishiga olib kelmasada, hulq – atvorga ta’sir qiladi va xavf ostida qolishni kuchaytiradi.
Ishchining baxtsiz hodisa xavfi ostida qolishi.
Nerv sistemasi oliy bo’limlarining harakatlanuvchi markazlari bilan sensori o’rtasidagi aloqalarning buzilishi. Bunday o’zgarishlar oqibatida inson sezish organlari bilan qabul qiladigan tashqi ta’sirni aniq va tez faxmlashga loyiq emas, ya’ni ko’pchilik baxtsiz hodisalar sodir bo’lishida funksional buzilishlar bosh rol o’ynaydi
Harakat koordinatalarining kelishishida sodir bo’ladigan nuqsonlar. U yoki bu harakatni bajaruvchi muskullar odam bosh miya po’stlog’ining har xil harakatlanuvchi markazlaridan boshqariladi. Ko’pchilik odamlarda bu markazlarning faoliyati yetarsiz darajada kelishilmasdan kechadi, natijada murakkab kombinatsiyalashgan harakatlardan tashkil topgan usullar va operatsiyalarni bajarishda insonda ayrim uzilishlarni kuzatish mumkin, ya’ni vaqt-vaqti bilan ishchi o’zini yo’qotadi va u ayrim harakatlarni esdan chiqaradi. Bunday holatlarda harakatning kelishilmaganligi kishining diqqat e’tiboridagi va emotsional uyalish holatidagi nuqsonlari bilan qo’shilib ketadi. Koordinatsiyaga ega bo’lmagan harakatdagi odamlarni baxtsiz hodisa xavfi bo’lgan ishlarda iloji boricha ishlatish maqsadga muvofiq emas, ayrim hollarda ularni boshqa ishga o’tkazish lozim
Arzimas tashqi qo’zg’atuvchiga nisbatan o’tkir emotsional reaksiya. Yengiltaklik, oqibatlarni o’ylamaslik, bajarishdagi shoshma- shosharlik, o’ylash jarayonlarining yuzaki xarakteri, fikrlash doirasining yo’qligi ishda xatoning bo’lishiga olib keladi. Bunday ishchilarning xavfsizligi uchun maxsus kuzatuv lozim. Qayerda himoyalanish tez va aniq xarakatlanishlar hisobiga amalga oshiriladigan bo’lsa, bunday joylarga yuqorida qayd qilingan nuqsonlari bor kishilarni jo’natish mumkin bo’lmaydi.
Ichkilikka, chekuvchilikka moyillik (qiziqish). Ishdan qoniqmaslik, unga nisbatan qiziqishning yo’qligi. Odam ish bilan qiziqmasa, qoniqish hosil qilmasa, harakat va usullarni aniq bajarishga psixologik to’g’ri moslashishga va o’z e’tiborini jipslashtirishga noloyiq bo’lganda uning hulqi ishonchsiz xarakterlanadi, e’tibori esa parishon bo’ladi.Shuning uchun mehnat xavfsizligi nuqtayi nazaridan, bir tomondan, inson o’zining qiziqishi va moyilligini qanoatlantiradigan ish turini qabul qilishi kerak. Ikkinchi guruhga kiruvchi psixologik omillarga: ish jarayonining ma’lum davrida paydo bo’ladigan va bir necha soat yoki minutlarda hisoblangan qisqa vaqt ichida odam hulq- atvoriga ta’sir qiladigan omillar kiradi. Bularga tajribasizlik, ehtiyotkorsizlik va charchash kabi omillar kiradi.
Тajribasizlik – ish joyida ishchining butun hulkiga ta’sir qiladi va ish jadalligi, su’rati va bir maqomligi bilan ifodalanadi. Тajribasiz ishchi texnikaning har xil kamchiliklaridan paydo bo’lgan ishdagi uzulishlarga, atrof muhitning yomon ta’siriga moslashishga tez yo’l topaolmaydi, ko’p charchaydi va buning bilan o’z ishining xavfsizligini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |