3. Ishlovchilarning baxtsiz hodisalar xavfi ostida qolishini kuchaytiruvchi omillarni o`rganish
Ishchilarning hatti–harakatini to’g’ri tashkil qilishda, ishlab chiqarishda yaxshi psixologik sharoitlarni yaratishda mehnat psixofiziologiyasi ish xavfsizligi tajribasi, hamda alohida mehnat xavfsizligi psixologiyasi katta ahamiyatga egadir. Bu muammolar haligacha bizning milliy adabiyotlarimizda yoritilmagan. Shuning uchun bu masalalarga to’liq to’xtalib o’tamiz.
Ishlovchilarning baxtsiz hodisalar xavfi ostida qolishini kuchaytiruvchi omillar ikkita katta guruhga bo’linishi mumkin: ishchilarning xavf ostida qolishini barqaror kuchaytiruvchi omillar va ishlovchilarning xavf ostida qolishini vaqtincha kuchaytiruvchi omillar.
Do'stlaringiz bilan baham: |