1. Mehnat xavfsizligi psixologiyasi – psixologik ilmlarning bir sohasidir. U ijtimoiy-tarixiy va aniq ishlab chiqarish sharoitiga, mehnat qurollariga, mehnatga o’qitish usullariga va ishlovchilarning shaxsiy psixologik sifatlariga bog’liq holda har xil turdagi mehnat faoliyatining psixologik afzalliklarini o’rganadi. Shuning uchun mehnat psixologiyasini o’rganishning ob’ekti nafaqat mehnat faoliyati va mehnat xavfsizligi bo’lmasdan, balki mehnatkashlarning shaxsiy afzalliklari, qisman - uning kasbiy qobiliyatlari mehnat faoliyatida amalga oshiriladigan aniq ishlab chiqarish muhiti, mehnatdagi shaxslararo munosabatlar, predmetlar, qurollar, mehnat oziqalari va ishlab chiqarishga o’qitishning usullari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |