Fizika 8-sinf Kondensatorlar



Download 98,78 Kb.
bet1/3
Sana14.03.2020
Hajmi98,78 Kb.
#42501
  1   2   3
Bog'liq
8 sinf fizika. kondensatorlar

Fizika 8-sinf

Kondensatorlar

Darsning texnologik xaritasi




Mavzu

Kondensatorlar

Maqsad


O‘quvchilarda kondensatorlarni tuzilishi, turlari va ishlatilishini haqida bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish hamda fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish, tajribalar o‘tkazish va xulosalar chiqarish, fizik bilimlardan amaliyotda foydalanish kompetensiyalari shakllantiriladi.

Vazifalar



O‘quvchilarga kondensatorlarning tuzilishi, turlari va ishlatilishi haqida ma’lumotlar berish. Elektr sig‘imini o‘lchashni o‘rgatish va kondensatorning turmushda va texnikadagi ahamiyatini tushuntirish orqali fanga va texnikaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish.

Jarayonining mazmuni

Elektr sig‘imi, kondensatorlar va ularning turlari, texnikada qo‘llanilishi, kondensatorlarni ketma – ket va parallel ulash, elektr sig‘imini o‘lchashni va hisoblashni o‘rganish.

O‘quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi



Uslub: Tajribalar va xulosalar, "Aqliy hujum", amaliy mashg‘ulot,

guruhlar bilan ishlash.



Vosita: 9-sinf fizika darsligi, 5 ta savoldan iborat test banklari, kompyuter, proyektor, videoglaz, radiopalatalar, namoyish kondensatorlari, elektrofor mashinasi, dielektrik plastinkalar, elektrometrlar, qo‘lda yasalgan RLC – o‘lchagich, slaydlar.

Nazorat: 5 ta savoldan iborat testlar.

Baholash: 5 ballik tizim asosida.


Kutilayotgan natijalar

O‘qituvchi.

Kondensatorlar mavzusini , tajriba va hulosa” orqali yoritish natijasida yuqori samaradorlikka erishadi. Interfaol metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, faolligi, darsga, fanga nisbatan qiziqishini orttiradi.



O‘quvchi.

O‘quvchilar mustaqil o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila oladi. Mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya oladi. Guruhlar bilan ishlashni va o`z ustida ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga va kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o‘zini o‘zi rivojlantirish, matematik savodxonlik kompetensiyalari hamda radiodetallar bilan ishlashni, tabiatni muhofaza qilishni o‘rganish orqali biologiya faniga oid ekologik madaniyat kompetensiyalari shakllantiriladi.


Kelgusi rejalar



O‘qituvchi.

O‘quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo‘llari va pedagogik texnologiyalarni darsga tatbiq etish uchun o‘z ustida ishlash, mavzuni kundalik turmush va fan-texnikada qo‘llanilishi bo‘yicha tajribasini boyitish, fizika xonasi uchun qo‘lda yasalgan asbob uskunalarning

yangi turlarini yaratish.

O‘quvchi.

Kondensatorlarning ishlash prinsipini, turlarini, texnikada qo‘llanilishini chuqur o‘rganib, fizika xonasi uchun kerakli namoyish jihozlarini yasashda fizika o‘qituvchisiga yordamlashib, o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish ustida ishlash.




Mashgulot bosqichlari


Bosqichlar

Mazmuni


Metodlar

Vaqti

1-bosqich: tashkiliy qism

Salomlashish, ozodalik va davomat nazorati

Og‘zaki muloqot


2 minut


2-bosqich:

so’rash, baholash va bo’shliqlarni to’ldirish


Sinfni ikki variantga bo‘lib,

kompyuterga yozilgan 5 ta savoldan iborat 2 variantli testni proyektorda ekranga proyeksiyalab, yoki qog‘oz variantida o‘quvchilarni baholash va bo‘shliqlarni to‘ldirish ustida ishlash



Test olish va olingan testni o‘quvchilarga tekshirtirish usuli


8 minut


3-bosqich: mavzu bayoni



Mavzuni o‘rgatishda tajribalar qilib, xulosalar chiqariladi va ning

to‘g‘riligiga amalda ishonch hosil qilinadi.




Tajribalar va xulosalar, aqliy hujum, videoglazda eski radiopalatalardagi kondensatorlarni va kodoskopda slaydlar namoyishi.

16 minut


4-bosqich:

Amaliy ish


Guruhlarga berilgan amaliy ish orqali o‘quvchilarni bilimini mustahkamlash va

va formulaning to‘g‘riligiga amalda ishonch hosil qilish

Gruhlarda ishlash


8 minut


5 - bosqich

Videoglaz, kompyuter va proyektor yordamida turli xil radiopalatalardagi kondensatorlarning tuzilishi va

joylashuvi namoyishi


Kompyuter, videoglaz va proyektorda namoyish


2 minut


6-bosqich:

Yangi mavzu bo‘yicha bo‘shliqlarni aniqlash va to‘ldirish



5 ta savoldan iborat 2 variantli testni kompyuter va proyektor yordamida yoki qog‘oz variantida beriladi va o‘quvchilarni o‘zlariga tekshirtirib, bo‘shliqlarni aniqlab to‘ldiriladi.


Qisqa muddatli test olish


7 minut


7 – bosqich.

Uyga vazifa berish



Darsda g‘olib bo‘lgan guruh va

O‘quvchilarni rag‘batlantirish va uyga vazifa berish




O‘quvchilarni rag‘batlantirish

2 minut



Mashg‘ulotning borishi

Asosiy atamalar va tushunchalar:

-kondensator;



- elektr sig‘im;

- elektr doimiysi;

- dielektrik singdiruvchalik.
I. Darsning tashkil etilishi:

a) sinfga kirishda o`quvchilar o`qituvchi tayyorlagan emblemalarini olib, o`z joylarini egallaydilar;

b) salomlashib, davomat aniqlanadi;

c) o`quvchilarning darsga hozirligi ko`rib chiqilib, guruhlarga bo`linadi:

I- guruh ,, Doira”

II-guruh ,,To’rtburchak”

III-guruh ,,Uchburchak”


II. Uy vazifasini so‘rash va baholash:

Test kompyuterga yozilgan bo‘lib, ekranga proyektor orqali proyeksiyalanadi. Bunda 2 ta variant ham ekranga sig‘ishi ta’minlanishi shart. ( Kompyuter, proyektor, ekran bo‘lmasa test qog‘ozda ham berilishi mumkin) Test uchun 5 minut vaqt berilib, vaqt tugagach qatorlar bir biri bilan variantlarini almashadi va o‘quvchilar bir birlarinngi testlarini tekshiradi. O‘quvchilar tekshirgan testlarini bir biriga uzatish orqali o‘qituvchiga yetkazishadi va o‘qituvchi test natijalarini o‘qib eshittiradi. ( Bunda vaqt qolsa videoglaz orqali o‘quvchilar testlarini ekranda namoyish qilib, analiz qilishi ham mumkin)


1 – variant.

1. Zaryadlangan jism atrofidagi maydonga ………….. maydon deyiladi?

A) elektr B) magnit C) elektrostatik D) gravitatsion

2. Qo‘zg‘almas zaryad maydoniga ……………. maydon deyiladi?

A) elektr B) magnit C) elektrostatik D) gravitatsion

3. Elektr maydon kuchlanganligi formulasini ko‘rsating?

A) E=F/qo B) E=mgh C) U=IR D) U=A/q

4. 1mN/C necha N/C ga teng?

A) 0,1 N/C B) 1000 N/C C) 0,001 N/C D) 1 N/C

5. 5 C zaryadga 0,5 N kuch ta’sir qilsa, maydon kuchlanganligi qanday?.

A) 0,1 N/C B) 5 N/C C) 0,001 N/C D) 10 N/C


II – variant.

1. Elektr maydon tushunchasini qaysi olim fanga kiritgan?.

A) Faradey B) Amper C) Gilbert D) Ersted

2. Musbat zaryaddan chiqqan kuch chiziqlari qayerda tugaydi?

A) manfiy zaryadda B) neytronda C) atomda D) protonda

3. Nuqtaviy zaryad maydoni kuchlanganligi formulasini ko‘rsating.

A) E=kq/r2 B) E=F/qo C) U=IR D) U=A/q

4. Elektr maydon kuchlanganligi birligini ko‘rsating?

A)1 N/C B)1N C) 1 W D)1C

5. 5 C zaryad kuchlanganligi 0,1 N/C bo‘lsa, unga qanday kuch ta’sir qiladi?



A) 0,5N B) 1N C) 0,1N D) 50N

1 – variant kaliti.


1

2

3

4

5

A

C

A

C

A


2 – variant kaliti.


1

2

3

4

5

A

A

A

A

A


Baholash mezoni:

1 ta to‘g‘ri javob – 1 ball

2 ta to‘g‘ri javob – 2 ball

3 ta to‘g‘ri javob – 3 ball

4 ta to‘g‘ri javob – 4 ball

5 ta to‘g‘ri javob – 5 ball
Bo‘shliqlar ekrandagi test yordamida to‘ldiriladi va o‘tgan darsga yakun yasaladi.

III. Yangi mavzuni tushuntirish.

Reja:

1. Kondensator nima?

2. Kondensatorlarning turlari

3. Kondensatorlarning ulanishi.

4. Kondensatorlarning qo‘llanilishi.
1 – tajriba. Elektrofor mashinasiga birinchi elektrometrni ulanib, zaryadlanadi va unga ikkinchi elektrometrni yaqin joylashtiriladi. Elektrometrlarning sterjenlarini dielektrik lineyka yordamida tutashtirilganda ikkinchi elektrometrga zaryad o‘tmaydi (1-rasm).

1-rasm 2-rasm



Download 98,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish