I.BOB.ATOM VA MOLEKULALARNING NURLANISHI. SPEKTRlL QONUNIYATLAR 1.1.CHiziq-chiziqspektrlar Yakkalangan atomlarning, masalan, siyraklashtirilgan bir atomli gazning yoki metall bugʻlari (Hg, Na) atomlarining nurlanishi juda soddadir. Bunday atomlarning tarkibiga kirgan elektronlar atomning ichidagi kuchlar taʼsirida boʻlib, uzoqda joylashgan atomlarning gʻalayonlovchi taʼsirini sezmaydi. Bunday gazlarning spektrlari turli uzunliklariga mos keladigan turli intensivlikka ega boʻlgan diskret spektral chiziqlar qa toridan iborat boʻladi. Koʻp atomli molekulalardan tarkib topgan gazlarni tekshirganda spektrning ancha murakkab ekanligini koʻrish mumkin. Masalan, vodorod (H²) ning spektrida bir-biridan ancha uzoqda aloxida joylashgan chizidlardan tashqari, zich joylashgan juda koʻp chiziqlar (vodorodning koʻp chiziqli yoki polosali deb ataladigan spektri) boʻladi .Tekshirish polosali spektr vodorod molekulalarini xarakter- laydi, diskret chiziqlardan tarkib topgan oldingi spektr vodorodning atomlariga tegishli bulib, atomlar razryad trubkasida razryad tahsirida gaz molekulalarining dissotsiatsiyasi natijasida paydo boʻladi. Turli atomlarning spektrlari bir-biridan xaddan tashqari koʻp farq qiladi, masalan, temir spektrida bir necha ming chiziq boʻladi. SHunga qaramay, atomlarning bunday chiziq- larga boy spektrlarini molekulalarning koʻp chiziqlari maʼlum usulda guruxlangan polosali spektrlaridan oson ajrata olish mumkin. 1.2.Suyuqlik va qattiq jismlarning fotolyuminestsentschyasi.Lyuminestsentsiyaning spektral tarkibi.Stoks,qoidasi Bugʻlarning yuqorida koʻrilgan fluorestsentsiya hodisasi XX asr-ning boshidagina oʻrgana boshlandi. Bu hodisa bor nazariyasi barpo qilingandan keyin taltsin etildi. Suyutslik va qattiq jismlarning fotolyuminestsentsiya hodisalari yorqinroq va kuzatish yengilroq boʻlgani uchun uch yuz yildan beri maʼlum. Lekin suyuq va qattiq moddalar molekulalari oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirlar juda murakkab boʻlgani uchun hozirgi vaqitgacha, xususan, sovet fyziklarining ishlari tufayli olingan qator muhim natijalarga qaramay kondensatsiyalangan sistemalardagi lyuminestsentsiya hodisalarini izohlashda toʻliq nazariy ravshanlikkaerishilmagan.Fotolyuminestsentsiya tsodisasini turli usullar bilan kuzatishmumkin. Koʻpchilik moddalarda (boʻyoqlarning, masalan, fluorestseinning eritmalarida) sochilgan kunduzgi yoruglikda yoki quyosh nurlarining dastasida oʻziga xos yoruglanishni koʻrish mumkin. Kamroq yoruglanadigan boshqa jismlar uchun qurilmadan foydalanish qulay boʻladi. Manbadan, masalan, Elektr yoyidan chiqayotgan yoruglik linza yordamida yigʻilib tekshirilayotgan moddaga, masalan. buyoq, xinin, kerosin va vohokazolarning eritmasi soling'an kolbaga tushiriladi. Kolbaning yon tomonidan qarab turgan koʻz yoruglik dastasining qorongi fondagi izini oq polosa koʻrinishida emas, balki tekshirilayotgan moddaga qarab biror rangga: fluorestsein uchun yashil, rodamin uchun qirmizi.rang, xinin uchun koʻkimtir va boshqa ranglarga boʻyalgan dasta sifatida koʻradi. Paydo boʻlgan yoruglanishning rangi lyuminestsentsiyaga xos belgi boʻladi: bu rang tushayotgan (uygotuvchi) yoruglikning rangidan farq qilishi natijasida lyuminestsentsiyani kuzatish yengillashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |