Fizik kimyo” fanidan “Elektrolit eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligi” mavzusidagi reja: kirish. Asosiy qism


ASOSIY QISM I.BOB. Elеktr o‘tkazuvchanlik



Download 1,23 Mb.
bet2/6
Sana14.07.2022
Hajmi1,23 Mb.
#795768
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elektrolit eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligi

ASOSIY QISM
I.BOB. Elеktr o‘tkazuvchanlik.
1.1. Elеktr o‘tkazuvchanlik. O‘tkazgichlar.
Elektr kimyo fizik kimyoning asosiy bolimlaridan biri hisoblanadi. Elektrokimyo quyidagi uchta qismdan tashkil topgan. Elektr o‘tkazuvchanlik, elektr yurituvchi kuch va elektrodializ. Elektr o‘tkazuvchanlik elektr tokini o‘tkazish qobiliyatidir.
Elektr tokini o‘tkazuvchilar ikki turga bo‘linadi. 1 va 2 turdagi o‘tkazgichlar.
1- turdagi o‘tkazgichlarga metallar va ularning qotishmalari, grafit, ba’zi qiyin eruvchi oksidlar va boshqa moddallar kirib, ular elektr tokini elektronlarning tartibli harakati tufayli o‘tkazadilar. Bu vaqtda elektrodlarga modda o‘tishi sodir bo‘lmaydi. 2- turdagi o‘tkazgichlarga kislotalar, ishqorlar, tuzlar eritmasi, turli suyuqliklar, ba’zi qattiq tuzlarning suyultirilgan (erigan) holati va kristall holatdagi elektr o‘tkazuvchanlik misol bo‘lib (masalan NaCl, KCl va boshqalar), ulardagi elektr o‘tkazuvchanlik ionlarning tartibli harakati tufayli sodir bo‘ladi (elektr maydonida). Bu turdagi elektr o‘tkazgichlarda elektrodlarda modda almashinuvi sodir bo‘ladi. Ionlarning harakatchanligi qancha katta bo‘lsa, elektr o‘tkazuvchanlik ham shuncha katta bo‘ladi.
Elektr o‘tkazuvchanlik - elektr tokiga bo‘lgan qarshilikka teskari qiymatdir. Shuning uchun elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchash lozim bo‘lsa, elektr tokiga bo‘lgan qarshilik o‘lchanadi. Qarshilikni R harfi bilan ifodalasak, u formula bilan ifodalanadi. Ya’ni o‘tkazgichning qarshiligi uning uzunligi (l) ga to‘g’ri, ko‘ndalang kesimi (S) ga teskari proporsionaldir;  - esa solishtirma qarshilik.
Elektr o‘tkazuvchanlik grekcha (kappa)  harfi bilan belgilanadi. Shunday qilib,
qarshilikni Om, () bilan, elektr o‘tkazuvchanlikni Om-1 (-1) bilan belgilanadi. solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik deb ataladi.

Shunday qilib, solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik - bu uzunligi 1sm, ko‘ndalang kesimi yuzasi 1sm2 bo‘lgan moddaning elektr o‘tkazuvchanligidir.
Demak, suyuqlikni elektr o‘tkazuvchanligini aniqlash lozim bo‘lsa, unga albatta elektrod tushiriladi. Suyuqlikni solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi aniqlanayotgan bo‘lsa, tushirilayotgan elektrodlarning sath yuzasi 1sm2 va ular orasidagi masofa 1sm bo‘lishi kerak. Amalda bunday sharoitni vujudga keltirish ancha qiyin, shuning uchun odatda kuzatilayotgan elektr o‘tkazuvchanlik o‘lchanadi. So‘ngra hisoblash yordamida solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik topiladi.





1-rasm. Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik .
Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligini aniqlash turli shakldagi idishlarda olib boriladi. Elektr tokini yomon o‘tkazadigan eritmalar uchun elektrodlar sathi katta bo‘lib, ular bir-biri bilan yaqin joylashtirilishi kerak. Yaxshi o‘tkazgichlar uchun esa, aksincha, elektrodlar sathi kichik va elektrodlar orasi uzoq bo‘lgan idishlar qo‘llangani ma’qul.

2-rasm.Yomon o‘tkazgichlar va yaxshi o‘tkazgichlar.
Shunday qilib, yuqorida aytilgan solishtirma elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchash uchun idish tayyorlash qiyin. Bunday hollarda har bir idish uchun uning doimiyligi , ya’ni idish doimiyligi yoki sig’imi aniqlab olinadi.

Idishning doimiyligi (sig’imi) quyidagi usulda aniqlanadi: solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi ma’lum bo‘lgan (ko‘pincha KCl, KNO3) eritmasi idishga quyiladi.

bo‘lgani uchun, dastlab shu eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi aniqlanadi va idish doimiyligi hisoblab topiladi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish