Fitratning adabiy merosi



Download 28,66 Kb.
bet3/5
Sana25.02.2022
Hajmi28,66 Kb.
#463607
1   2   3   4   5
Bog'liq
FITRATNING ADABIY MEROSI

She’riy ijodi. Fitrat zullisonayr yozuvchi bo‘lib, adabiy faoliyatining dastlabki davrida asosan fors tilida ijod qilgan ("Sayha"). Fitratning bizga yetib kelgan o‘zbek tilidagi she’rlari 1917 yil va undan keyingi davrga oid. Ma’lumki, Fevral inqilobidan keyin Turkiston xalqlarining mustaqillikka erishishlari uchun birdan bir tarixiy imkoniyat tug‘ilgan. F. shu davrda xalqni mustamlakachilik kishanlarini parchalab, istiqlol uchun kurashga da’vat etuvchi she’rlar yozishga kirishgan. Ammo an’anaviy aruz vazni, uning nazarida, bunday zamonaviy g‘oyani ifodalash, xalqni oyoqqa qalqtirish va safarbar etish kuchiga ega emas edi. Shuning uchun ham Fitrat turk va tatar she’riyatlarida shakllangan, o‘zbek xalq og‘zaki she’riyatida ayrim unsurlari bo‘lgan sochmani milliy adabiyotimizga olib kirdi. Shoir "Yurt qayg‘usi" deb nomlangan bir she’r va 4 ta sochma yozib, ularda hurriyat uchun kurash g‘oyasini baralla kuyladi. Fitrat mazkur sochmalarida Turkistonni xurlangan va xorlangan Ona obrazida tasvirlab, bu jabrdiyda Onani zulm asoratidan xalos etish uchun Amir Temur singari jaxongirlar ruhiga murojaat etdi, xalqni erk va hurriyat uchun kurash maydoniga da’vat etdi. U shu yillarda "Mirrix yulduziga", "Sharq", "Shoir" singari she’rlarini yaratib, ularda Turkistonni endi "qizil" mustamlakaga aylantira boshlagan bolsheviklarga va ular barpo etayotgan tuzumga nafrat tuyg‘usini ifodaladi. Fitrat barmoq vaznida yozilgan shu she’rlari bilan xalq og‘zaki she’riyatining mulki bo‘lgan barmoqni isloh etib, Cho‘lpon bilan birga uni yozma adabiyotga olib kirdi va unga yangi hayot bag‘ishladi. "O‘zbek yosh shoirlari" (1922) she’riy majmuasining tuzuvchisi va asosiy muallifi. Afsuski, Fitrat bu she’rlaridan keyin she’riyat sohasida qariyb ijod qilmadi.Fitratning ”Uchqun ”degan to‘plamining chiqqanligi to‘g‘risida xabar bosilgan (1923)lekin u topilmagan.

Fitratning mashxur sh’erlaridan biri”Mirrix yulduziga”deb nomlanadi.Bu sh’r uning boshiga ko‘p kulfatlar soldi,uni millatchi deb ayblashda yana bir qo‘shimcha dastak bo‘lib xizmat qiladi.She’rda Fitrat yulduz bahonasida Ollohga murojat etiib,bolsheviklarning bosqinchi rus askarlarining vahshiyliklarini fosh etadi va yurtdoshlarini ularga qarshi ozodlik kurashiga da’vat etadi:


Bormi senda bizim kabi insonlar?
Ikki yuzli ishbuzarlar,shaytonlar,
O‘rtoq qonin qonmay ichgan zuluklar,
Qardosh etin qo‘ymay yegan qoplonlar.
Bormi senda o‘qsuz yo‘qsulning qonin
Gurunglashib,chogir kabi ichkanlar?
Bormi senda butun dunyo tuzugin
O‘z qopchig‘in to‘ldirgani buzganlar?

Fitrat she’riyatining milliy uyg‘onish va inqilobiyruhdagi haqqqoniy mardona yo‘nalishda ekanligidan alolat beradi.Fitratning ”Sayyoh hindi”(”Hind sayyohining qissasi”)nasriy asari 1912yilda bosildi.Asarda jahon xalqlari,ilgor mamlakatlar fuqarosi ko‘zi bilan Buxoro,umuman Turkistonning davlat tuzumiga, tartib –qoidasiga,maorifiga nazar tashlab,ulardagi ibratli jihatlarni qo‘llab –quvatlab illatlarini esa beayov fosh etadi. Asarni Buxoroni,umuman Turkistonni erk yo‘liga olib chiqish dasturi deyish mumkin.”Umaro ” bobida Fitrat amaldorlar ”hukronlik otiga minib,bechorayu badbaxt xalqning mol, jon ,arz,nomus va sharafini shafqatsizlarcha poymol etdilar”,”hammaga ma’lumki,har bir millatning taraqqiyoti uchun ilm asosiy sababdir”deydi.





Download 28,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish