Fitratning adabiy merosi


Jadidchilik harakatining vujudga kelishi



Download 28,66 Kb.
bet2/5
Sana25.02.2022
Hajmi28,66 Kb.
#463607
1   2   3   4   5
Bog'liq
FITRATNING ADABIY MEROSI

Jadidchilik harakatining vujudga kelishi.

Mustaqillik sharofati bilan milliy tariximizga bo‘lgan e’tibor kuchaydi.Ayniqsa,istiqlol tufali qaror topgan,hurfikrlik sharoitida haqqoniy tariximizni tiklash va uni holisona tahlil etish davr talabiga aylangan,bugungi kunda oshkoralik yuzini ko‘rishga va tuxmat tamg‘alaridan xalos bo‘lishga musharraf bo‘lgan yaqin o‘tmishimiz XIX asr oxiri va Xxasrdagi milliy taraqqiyparvarlik harakati bo‘lgan –jadidchilik haqida to‘xtalib o‘tsak.


Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek “Fidoiy jadidlarimiz hayoti biz uchun o‘rnak, yoshlarni istiqlol,vatanparvarlik,millatparvarlik ruhida o‘rganish zarur.
Mustaqillik yillarida jadidchilik bo‘yicha juda ko‘plab tadqiqotlar olib borildi.Tarixchi,faylasuf,adabiyotshunos tadqiqotchilar jadidchilik harakati va uning namoyondalari faoliyati haqida ko‘plab kitoblar, monografiyalar va ilmiy ishlar yaratdilar.Bularning qatorida Ozod Sharafiddinov,Begali Qosimov,Naim Karimov,Dilorom Aliyeva,Hamidulla Boltaboyev va boshqalar nomini keltirib o‘tish zarur.
Jadidchilik harakati vujudga kelishi,uning ijtimoiy-siyosiy mohiyati to‘grisida to‘xtalib o‘tsak.Jadidchilik ma’rifatarvarlikdan qudratli siyosiy harakatga qadar bo‘lgan murakkab-rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi.Jumladan,XIXasr oxiri XX asr boshlaridagi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot, chor imperiyasi yuritgan mustamlakachilik siyosati,xalqning og‘ir iqtisodiy ahvoli,jahonning taraqqiy etgan mamlaktlaridan iqtisodiy jihatdan ortda qolishi,madaniy qoloqlik,ijtimoiy ongdagi turg‘unlik-jadidlarni jahon taraqqiyoti tajribasidan foydalanib,tezlikda bu holatdan chiqish yo‘llarini izlab topishga chorladi.
Turkiston o‘lkasi bu davrda chor imperiyasining asosiy xom ashyo yetkazib beruvchi bazasiga aylantirib,o‘zining barcha tabiiy boyliklar,xususan, paxta va ipak bilan metropoliyani ta’minlab turgan.
Jadidlar o‘zlarini “milliy taraqqiyparvarlar” deb atagan.Ular o‘z davrining oliy ma’lumotli kishilari edi.Ularning ko‘pchiligi talaba yoshlar edi.Ular Evropa, Rossiya, Osiyoning boshqa mamlakatlarida bo‘ladilar va taxsil ko‘radilar.
“Jadid “termini,”usuli –jadid “(yangi usul) tushunchasidan iborat bo‘lib,g‘arb namunasidagi yangicha usuldagi o‘qitishga asoslangan edi.Jadidchilik ma’rifatparvarlik g‘oyasidan rivojlanib borgan.Shu bilan birgalikda,jadidlar eski ijtimoiy va siyosiy tizim taraqqiyotining ilg‘or shaklni o‘zgartirishga intilganlar.Yana ular o‘zlarining asosiy vazifasi sifatida yangi tizimdagi ta’limni yaratishni ko‘rdilar va bor kuchlarini shu islohatni amalga oshirishga sarfladilar.Turkiston jadidlarini birlashtirishda “Jadidlarning rahbari” deb tan olngan Mahmudxo‘ja Behbudiyning xizmati beqiyos bo‘ldi.
Insoniyat tarixida daho san’atkorlar bo‘lganki ular o‘z hayotini,ijodini,fikru zakovatini xalqining buungi turmushini yaxshilashga,ertangi kunini charagon qilishga bagishlaganlar.Darhaqiqat,bir qancha millatparvar adiblar qatagon tufayli ma’naviyatimiz tarixidan yulib olinganligiga qaramay,ular merosini o‘rganishi,asarlarida ko‘tarilgan ma’naviy –axloqiy muammolarni tadqiq qilish bugungi Istiqlol sharoitida ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.Zero,ular ijodining mohiyati jamiyat va millatni millat qilishga xizmat qilgan.Mahmudxo‘ja Behbudiy,Abdulla Qodiriy,Abdulhamid Cho‘lpon kabi fidoiy adiblar qatorida Abdurauf Fitrat ham o‘z elining aqliga va qalb ko‘ziga aylangan.

Fitratning hayot va ijod yo'li



Fitrat XX asr ozbek adabiyoti,fani va madaniyatining yirik vakili.U qomusiy bilimga ega olim,adabiyot nazariyachisi, o‘tkir tilshunos, betakror dramaturg va shoir,jangovar publisist,noshir va jurnalist,talantli davlat va jamoat arbobi edi. o‘z tarjimai holida yozishicha,1884 yilda Buxoroda tug‘ildi.(S.Ayniy uni 1886yilda dunyoga kelgan deydi,hozirgi darsliklarda esa va ilmiy tadqiqotlarda ham shu sanani takrorlashadi).Fitrat –Abduraufning taxallusi bo‘lib, ”tug‘ma iste’dod” ma’nosini beradi.Otasi Abdurahimboy savdo bilan shug‘illangani bois chet ellarga chiqar,dunyo ahvolidan boxabar,o‘qimishli va taniqli odam edi.Onasi Bibijon,adabiyotshunos,Fitrat oilaning to‘ng‘ich farzandi edi.U boshlang‘ich tarbiyani diniy maktabda,so‘ngmashxur ”Mirarab”madrasasida oldi.Fors va o‘zbek tillarining mukammal bilimdoni bo‘lmish Fitrat arab tilini ham chuqur egallab,shaharda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealarga,ayniqsa,jadidchilik harakatlariga qiziqib qaradi.O‘zining aytishicha,avval jadidlar harakatiga qarshilik qildi,keyin uning mohiyatini anglab yetgach,bu harakatga qo‘shildi,hatto ashaddiy targ‘ibotchilaridanbiriga aylandi.Jadidlar maslahati bilan bir gruh yoshlar,jumladan,Fitrat Istambulga o‘qishga yuborildi. 1906—1908 yillarda esa Markaziy Rossiyaning Moskva, Peterberg singari shaharlarida bo‘lgan. Shundan keyin Fitrat o‘qishni davom ettirish istagida Turkiyaga borib, 1909—1913 yillarda Istanbulda yashagan. Fitrat o‘sha vaqtda Turkiyada kuchaygan ”Yosh turklar harakati” ta’sirida Turkiyadagi buxorolik yoshlar yordamvda "Buxoro ta’limi maorif jamiyati"ni tuzadi. Jamiyat Buxoro va Turkiston maorifining olg‘a siljishiga doir muhim ishlarni amalga oshiradi.Fitrat Turkiyada tahsil olish, ma’ruzalar o‘qish bilan birga samarali ijod ham qilgan. 1909 yil Istanbulda uning fors tilida yozgan "Munozara", "Sayha" ("Na’ra") she’riy majmuasi, 1912 yil esa "Sayyohi hindi" ("Bayonoti sayyoqi hindi") asarlari nashr etilgan. Keyinchalik Fitratning millatchi, turkparast va islomparast yozuvchi sifatida qoralanishiga sababchi bo‘lgan bu asarlar XXasr boshlarida Turkistondagi milliy uyg‘onish harakatining norasmiy dasturi bo‘lib xizmat qilgan. Ayniqsa, "Munozara" va "Sayyohi xindi" asarlari yoshlar dunyoqarashining keskin o‘zgarishi va ularning jadidlar safiga kelib qo‘shilishiga sababchi bo‘lgan.Fitrat vataniga qaytgach, Buxoroning turli tumanlarida o‘qituvchilik qilib, jadidchilik g‘oyalarini keng targ‘ib etdi. Yosh buxoroliklar harakatining mafkurachisi va g‘oyaviy rahbarlaridan biriga aylandi. 1915-yildan esa Yosh buxoroliklar harakatining so‘l qanotiga boshchilik qildi. 1917-yil Fevral voqealaridan keyin jadidlarning Buxoro amirligidagi ahvoli murakkablashgach, Fitrat Samarqandga ko‘chib borib, "Xurriyat" gazetasida muxarrir bo‘lib ishladi (1917—1918). Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Firtat shu yillarda "Ittifoqqi taraqqiy" tashkiloti Eski Buxoro bo‘limining raisi ham bo‘lgan. Kolesoye voqeasi (1918-yil mart)dan keyin esa Toshkentga ko‘chib kelgan. 1919—1920-yillarda Afg‘onistonning Toshkentdagi vakolatxonasida tarjimonlik qilgan, "Chig‘atoy gurungi" ma’rifiy-adabiy uyushmasini, shuningdek, "Tong" jurnalini tashkil etib, yosh ziyolilar avlodini millatparvarlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga kirishgan. "Tong" jurnalining shiori bo‘lgan: "Miya o‘zgarmaguncha boshqa o‘zgarishlar negiz tutmas!" so‘zlari Fitratning shu yillarda olib borgan faoliyatining maqsad-mohiyatini to‘la ifodalaydi.BXSR tashkil topishi bilan Fitrat 1921 yilda maorif, 1922 yilda xorijiy tashqi ishlar noziri, xalq xo‘jaligi kengashi raisi, MIQ va Xalq nozirlari sho‘rosi raisining o‘rinbosari va boshqa lavozimlarda xizmat qildi. U shu davrda BXSR mablag‘i hisobiga 70 nafar turkistonlik istiqbolli yoshlarning Germaniyaga borib o‘qishi, Buxoroda Sharq musiqa maktabining tashkil etilishi, fan va madaniyat tarixiga doyr xalq qo‘lida sochilib yotgan noyob qo‘lyozmalarni to‘plashda tashabbuskor bo‘ldi. Fitratning sa’yyi harakati bilan Buxoro jumhuriyatida turk (o‘zbek) tili davlat tili deb e’lon qilindi; davlat teatri tashkil etilib, bu teatrda ishlash uchun Toshkentdan M. Uyg‘ur va Cho‘lpon, vaqf ishlarini boshqarish uchun esa M. Abdurashidxonov taklif etildi (1921). Ammo 1923 yil iyunda Moskvadan Ya.E. Rudzutak boshchiligida kelgan komissiya Ftratni ishdan olib, uni Rossiyaga "chaqirib olingan", deb e’lon qildi va Fitrat 1923—1926 yillarda Moskvaga borib, Sharqshunoslik institutida ishladi. 1926 yilning oxiri — 1927 yilning boshlarida vataniga qaytgan Fitrat 1937 yilda xibsga olinguniga qadar Samarqanddagi Oliy pedagogika instituti hamda Toshkentdagi Til va adabiyot instituda ilmiy faoliyat olib bordi.
Adabiyotshunoslik o‘z ichiga avvalo adabiyot tarixi va nazariyasi,adabiy tanqid va metodologiyasi maqsadlarini qamrab olar ekan,1-o‘zbek professori Abdurauf Fitratningilmiy faoliyatida har 3 davr jamlanganligini ko‘ramiz .
Agar Fitrat 1909—1916-yillarni tashkil etgan 1-davrda jadid ma’rifatparvari sifatida ijod qilgan bo‘lsa, 1917 yil Fevral inqilobidan keyin Moskvaga surgun qilinguniga qadar bo‘lgan 2-davrda hurriyat va mustaqillik g‘oyalari bilan to‘yingan asarlar yozadi (1917—1923). Sovet maxfiy xizmatining doimiy nazorati ostida yashagan F. ijodining 3-davri (1923—19 37)da asosan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadi.

Fitrat lirikasi

Fitratning adabiy merosi boy va rangbarang . U yozuvchi sifatida badiiy ijodning barcha turlarida qalam tebratibgina qolmay, o‘zbek adabiyotining yangi janr va turlar bilan boyishi, she’r tuzilishining isloh etilishi, realizmning teranlashishi, davr, jamiyat va xalq hayoti bilan bog‘liq muhim ijtimoiy muammolarning o‘zbek adabiyotida badiiy talqin etilishiga ulkan hissa qo‘shdi.


Download 28,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish