Fitrat tilshunos sifatida



Download 56,04 Mb.
Sana10.07.2022
Hajmi56,04 Mb.
#768032
Bog'liq
Fitrat tilshunos sifatida

Fitrat tilshunos sifatida

610(21)-101-guruh talabasi Fayzullayev Hasan

Nasr

  • Fitrat nasrda ham samarali ijod qilgan. XX asrning 10-yillarida sahna asari sifatida namoyish etilgan „Munozara“ Fitratning nasrdagi ilk asaridir. „Munozara“ ham „Sayyohi hindi“ ham Fitrat publitsistikasining yorqin namunalaridandir. Fitrat keyinchalik ham ijtimoiy, huquqiy, maʼnaviy hamda estetik qarashlarini ifodalashda publitsistikadan samarali foydalandi. Faqat 20-yillarning oʻrtalariga kelibgina u „sof“ nasriy asarlarni yarata boshladi („Qiyomat“, „Meʼroj“, „Oq mozor“, „Zayd va Zaynab“, „Zahroning imoni“ va boshqalar). „Munozara“ va „Sayyohi hindi“ asarlarida koʻtarilgan milliy qoloqlik, diniy fanatizm mavzusi 20-yillar uchun ham dolzarb ahamiyatga ega edi. Fitrat bu hikoyalarida diniy syujetlardan din taʼsiriga qarshi kurashda foydalandi. Bu asarlar, ayniqsa, 1930-yilda qayta ishlangan „Qiyomat“ xayoliy hikoyasi oʻzbek adabiyotida fantastikaning tugʻilishi va shakllanishida milliy manba boʻlib xizmat qildi.

Dramaturgiya

Fitrat dramaturgiyasi ham oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. U 1916-yildan boshlab teatr uchun koʻplab asarlar yaratdi. Ammo uning nafaqat 1916-1918-yillarda yozgan „Begijon“, „Qon“, „Abo Muslim“, „Temur sagʻanasi“, „Oʻgʻizxon“ singari pyesalari, hatto 1934-yilda yozgan „Toʻlqin“ opera librettosi ham bizgacha yetib kelmagan. Maʼlumki, Fitratning 5 pardali „Begijon“ pyesasida dehqonlarning xon zulmiga qarshi koʻtargan isyonlari tasvir etilgan. „Temur sagʻanasi“ pyesasida esa muallifning „Yurt qaygʻusi (Temur oldinda)“ sochmasidagi istiqlol uchun kurash gʻoyasi oʻzining badiiy tajassumini topgan. Fitrat oʻsha-yillarda yozgan boshqa sahna asarlarida ham tarixiy oʻtmishga murojaat etganiga qaramay, bolsheviklarning Turkistonda olib borgan gʻayrimilliy siyosatiga faol munosabat bildirib, zulm va zoʻravonlikka asoslangan „yangi tuzum“ni keskin qoralagan.

Ma’lumotlar

  • Fitrat ijodining shu davrdagi yetakchi motivi — bolshevizmga qarshi kurash gʻoyasi „Chin sevish“ (1920) va „Hind ixtilolchilari“ (1923) pyesalarida ayniqsa yorqin ifodalangan. Dramaturg Turkistonda Shoʻro hokimiyati-yillarida sodir boʻlayotgan fojeali voqealarni Britaniyaning mustamlakasi boʻlgan Hindistonga koʻchirib, ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashayotgan hind istiqlolchilari siymosida, maʼlum maʼnoda, oʻz vatandoshlari obrazini yaratdi. Javoharlal Neruning eʼtirof etishicha, Fitratning bu asarlari hind xalqining mustamlakachilikka qarshi olib borgan kurashiga kuch va madad bergan.

Ma’lumotlar

  • Fitrat Moskvadalik paytida „Abulfayzxon“, „Shaytonning Tangriga isyoni“ (1924), ona yurtiga qaytgach esa „Arslon“, „Shoʻrishi Vose“ („Vose qoʻzgʻoloni“, 1927), „Toʻlqin“ (1934) pyesalarini yozdi. Bu asarlari orasida „Abulfayzxon“ oʻzining shekspirona epik koʻlami bilan ajralib turadi. Unda Fitrat Shekspir pyesalariga xos qabartma tip va xarakterlarni yaratdi. Zulmga asoslangan saltanat tojining otadan bolaga oʻtib kelishi natijasida paydo boʻluvchi qonli oqibatlarni haqqoniy tasvirladi. Mazkur pyesa asosida Ashtarxoniylar sulolasining soʻnggi vakili boʻlmish Abulfayzxon saltanatining tanazzuli (XVIII asr) natijasida Buxoroda Mangʻit amirlarining saltanat tepasiga kelishlari bilan bogʻliq tarixiy voqealar yotadi.

Ma’lumotlar

  • Fitratning olis tarixiy voqeaga nazar solishdan maqsadi: „Podsholik qon bilan sugʻorilgan bir ogʻochdir, qon oqib turmagan yerda bu daraxtning qurib qolishi aniqdir“ degan falsafa bilan yashagan va oʻzi ham shu gʻayriinsoniy falsafaning qurboni boʻlgan Abulfayzxon singari qonxoʻr podsholarni tarix qaʼridan olib chiqib, xalqqa koʻrsatishdir. Fitrat bu asari bilan bolsheviklar tuzumi XX asrning Abulfayzxoni — Stalinni yaratishi va uning bepoyon mamlakatni qonga botirishini bashorat etdi. Shu maʼnoda mazkur tragediya Fitrat zakosi bilan yaratigan xalqni ogohlantiruvchi asardir. Fitrat bu asari bilan oʻzbek adabiyotida tragediya janriga asos solib, mazkur janrning asosiy tamoyillarini belgilab berdi.

Ijtimoiy publitsistika

  • Ijtimoiy, huquqiy, diniy va maʼrifiy asarlari orqali ham Fitrat ilm-fan, maʼrifatning turli sohalarida teran iz qoldirdi. U 19141916-yillardayoq „Rahbari najot“ („Najot yoʻli“), „Oila“, „Mavludi Sharif yoki Mur’oti xayr ul Bashar“, 19171920-yillarda „Oʻqu“ („Oʻquv“), „Sharq siyosati“, „Yigʻla, Islom“, 1925-yilda „Muxtasar Islom tarixi“ singari asarlarni eʼlon qildi. Fitrat mazkur asarlarida, bir tomondan, shu-yillarda roʻy bergan siyosiy, ijtimoiy masalalarga munosabatini ifodalagan boʻlsa, ikkinchi tomondan, musulmon olami uchun oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan yoki muayyan tarixiy davrda saqlanib qoladigan maʼnaviy va maʼrifiy qadriyatlarni tushuntirib berdi. Fitrat bu asarlarida millatning nafaqat siyosiy-ijtimoiy, balki diniy maʼrifiy masalalarda ham yetarli darajada bilimga ega boʻlmaganini eʼtiborga olib, har bir musulmon bilishi lozim boʻlgan bir qator masalalarga yorqinlik bagʻishladi. Fors tilida yozilgan „Rahbari najot“ risolasida tafsir, hadis, fiqh, kalom ilmlari, shuningdek, lisoniy, falsafiy, dunyoviy ilmlar toʻgʻrisida aniq tasavvur berdi, avlod, badan, fikr, axloq tarbitasiga oid falsafiy, etik qarashlarini olgʻa surdi. Fitratning „Oila“ risolasida esa oilaning jamiyat va inson hayotidagi rolini oshirishga, oila aʼzolarining huquqiy meʼyorlarini belgilashga qaratilgan fikr va mulohazalari yanada rivojlantirildi.
  • Fitrat huquqiy davlat qurish va uning rivojini taʼminlash maqsadida 1918-yilda Yosh buxoroliklar partiyasining 13 bobdan iborat dasturini yozib berdi. Bu dasturda olimning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlari oʻzining chuqur ifodasini topdi.

Download 56,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish